Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY
9.21K subscribers
13.4K photos
4.13K videos
40 files
5.24K links
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Fotoreportaj
#taqdirlash_marosimi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tgan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari gʻoliblari va ularning ustozlarini taqdirlash marosimida maktab bo'ylab ekskursiya ham tashkil etildi.

📍 Jarayonlar hamda taqdirlash marosimining eng esda qolarli lahzalaridan fotoreportaj.
___________
👉 Tadbir haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1828

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 8-noyabr!

Havas, xursandchlik va e’tiroflar kuni sifatida ko‘plab insonlarning yodida qoldi.

122 medal!

Bu tarixiy rekord! Qancha faxrlansak oz, xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 122 medalni qo‘lga kiritishdi.

9 mlrd so‘m!

Bu viloyat, respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz va ularning ustozlarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan ajratilgan summa.
Xususan, eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
– oltin medal sohibiga – 187,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 168,75 mln soʻm;
– kumush medal sohibiga – 112,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 93,75 mln soʻm;
– bronza medal sohibiga – 75 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 56,25 mln soʻm berildi.

Bu hali hammasi emas!

Ushbu medal egalari davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinadi, ustozlariga esa kelgusi oʻquv yili uchun 200 foizgacha ustama belgilanadi va toʻgʻridan toʻgʻri oliy malaka toifasi taqdim qilinadi. Nufuzli xalqaro olimpiada gʻoliblari keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib gʻolib boʻlgan fanidan dars bergan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.

Bu katta natija!

O‘quvchilarimiz nafaqat ota-onasi va ustozlari, balki Prezidentimiz ishonchini ham oqladi. Bugungi raqamlar ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlarning shirin mevasi bo‘ldi, desam adashmagan bo‘laman.

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namangan shahridagi Prezident maktabining sobiq bitiruvchisi, Qozog’iston, Indoneziya hamda Misrda bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadalar ishtirokchisi, kumush va bronza medallari sovrindori Husanboy Mansuraliyev onasining faxrga to‘la so‘zlari

Ta’kidlash joizki, 2023-2024-oʻquv yilida Oʻzbekiston maktab oʻquvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida jami 122 medal qoʻlga kiritildi. Bu natija hozirga qadar erishilgan eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ota_onalar_fikri

Farzandlari nufuzli xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan ota-onalarning faxrga to‘la so‘zlariga quloq tutdik.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlarini Sun’iy intellektga bepul o’qitib, yuqori daromadli ish bilan ta’minlaymiz!

Prezidentimiz tashabbuslari bilan xalqaro fan olimpiadalari g'oliblariga pul mukofotlari beriladi. Endi ularga yana qo’shimcha imkoniyat ochadigan Future AI talents dasturini yo’lga qo’ymoqdamiz.

🏅 Siz xalqaro, mintaqaviy yoki milliy darajadagi aniq fanlar bo‘yicha olimpiadalarda, masalan, Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) yoki shunga o‘xshash tanlovlarda sovrindor bo‘lganmisiz? Unda siz Sun’iy intellektga bog’liq kurslarda bepul o’qib, kelajakda Sun’iy intellekt sohasida kuchli iqtidor egasi sifatida yuqori daromadli ishga ega bo’lishingiz mumkin.

📥 Boshlash uchun quyidagi formani to‘ldiring va siz bilan bog’lanamiz!
https://forms.gle/LdbjPyUZruKhaaQw5

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklariga ushbu loyihani qo’llashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz.

PS. Kurslar MAAB Academy tomonidan BEPUL tashkil etiladi. Shu kabi qiziqishi bo’lgan boshqa ta'lim markazlari bilan ham hamkorlikka tayyormiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BOSHQARMA BOSHLIG’I NAMANGAN TUMANIDAGI TA’LIM MUASSASALARIDA BO‘LDI

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov tumandagi 39 – umumta’lim maktabida 5 mlrd 298 mln so‘m evaziga investitsiya dasturi doirasida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Ikki qavatdan iborat qo‘shimcha o‘quv binosida o‘quvchilarga barcha qulayliklarni yaratish, o‘n kun muddat ichida foydalanishga topshirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Shuningdek, 22 – umumta’lim maktabida kuz – qish mavsumida qozonxonalarning shay holga keltirilgani, yetarli miqdorda ko‘mir yoqilg’isi jamg‘arilgani, uni saqlash omboriga belgilangan me’yor talablar asosida joylashtirilgani ko‘zdan kechirildi. Kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklandi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
TA’LIM MUASSASALARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BORASIDAGI KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILMOQDA

Shu kunlarda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni puxta tashkillash, sovuq kunlarda o‘quvchilar qiynalmasligi uchun barcha sharoitlar yaratilganligi holati bo‘yicha tumanlardagi ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Jumladan, Yangiqo‘ rg’on tumanidagi 23-, 45-umumta’lim maktablari hamda 19-, 48 – davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ko‘zdan kechirildi. 45 – maktabda tashkil etilgan kameralashtirish jarayonini tumandagi barcha ilm maskanlarida joriy etish taklifi bildirildi. Shuningdek, 48 – davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi eskirgan isitish qozonini tez fursatlarda yangisiga almashtirish yuzasidan mas’ullarga vazifalar yuklandi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati