Namangan IIB | Rasmiy kanal
8.35K subscribers
38.2K photos
6.22K videos
1 file
15.1K links
Биз ижтимоий тармоқларда.
Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz
Youtube: https://www.youtube.com/@namanganiibuz
Download Telegram
Kosonsoyda sektor rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Kosonsoy tumanidagi 5-sonli umumtaʼlim maktabida sektor rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida sektor rahbarlari bugungi kunda tumanda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar hamda yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.

Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari ham tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash va hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashlariga ko‘mak berish maqsadida zaruriy choralar belgilandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan viloyati IIBning hududiy bo‘limlarida xizmat olib borayotgan xodimlardan psixologik testlar olinmoqda

Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘i ijrosini taʼminlash hamda xodimlarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati psixologlari tomonidan soha xizmatlari hamda hududiy bo‘limlarda xizmat olib borayotgan xodimlardan psixologik testlar olindi.

Jumladan, Namangan shahar va Davlatobod tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarga tayangan holda xizmat jamoalarida sog‘lom maʼnaviy-ruhiy muhitni yaxshilash va boshqa salbiy ruhiy holatlarning oldini olishga qaratilgan psixologik suhbatlar o‘tkazilib, olingan test natijalari bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Yo'l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi

Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan viloyat IIB tasarrufidagi "Moychechak" MTT tarbiyalanuvchilari bilan targ'ibot uchrashuvi o'tkazildi.
Uchrashuv davomida bolajonlarga yo'llarda harakatlanish tartib-qoidalari, piyoda va haydovchilarning yo'ldagi majburiyatlari to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Ushbu ma'lumotlarni bolajonlar to'laqonli va oson o'zlashtirishlari uchun turli o'yinlar hamda sahna ko'rinishlari yordamida qoidalar qaytadan tushuntirildi.

Joylarda targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati


Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube