Namangan IIB | Rasmiy kanal
8.44K subscribers
34K photos
5.68K videos
1 file
13.8K links
Биз ижтимоий тармоқларда.
Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz
Youtube: https://www.youtube.com/c/NamanganIIBIRasmiy
Download Telegram
Yo'l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi

Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan viloyat IIB tasarrufidagi "Moychechak" MTT tarbiyalanuvchilari bilan targ'ibot uchrashuvi o'tkazildi.
Uchrashuv davomida bolajonlarga yo'llarda harakatlanish tartib-qoidalari, piyoda va haydovchilarning yo'ldagi majburiyatlari to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Ushbu ma'lumotlarni bolajonlar to'laqonli va oson o'zlashtirishlari uchun turli o'yinlar hamda sahna ko'rinishlari yordamida qoidalar qaytadan tushuntirildi.

Joylarda targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati


Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Chust tumani 3-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli “Yangi Bog‘ishamol” mahallasida bo‘lib o‘tdi

Chust tumani 3-sektor rahbari “Yangi Bog‘ishamol” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. Muloqot davomida mahalla fuqarolari o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalarga yechim so‘rashdi. Masalan, elektr taʼminotini yaxshilash, bandlik, suyultirilgan gaz ballon olish va boshqa shu kabi masalalarda murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaatlar belgilangan tartibda mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Norin tumani 3-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli “Norinkapa” mahallasida bo‘ldi

Norin tumani 3-sektor rahbari “Norinkapa” mahallasi fuqarolarining muammolarini o‘rganish, ularni tizimli hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida aholi tomorqalarini sug‘orishdagi muammolarni hal etish, asosiy yo‘lda transport vositalarini tezligini cheklovchi yo‘l belgilari o‘rnatish, moddiy yordam ajratish, suyultirilgan gaz ballonlarni vaqtida yetkazib berish va boshqa masalalardagi murojaatlar bayon qilindi.

Mazkur masalalar belgilangan tartibda hal etish uchun mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
"Probatsiya oyligi" munosabati bilan "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi

Pop tumani markazida joylashgan "Barkamol avlod" majmuasida tuman IIB, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tashabbusi bilan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Tadbirda bitiruvchilar, Probatsiya hisobidagi va ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etib unda 30 dan ortiq korxona va tashkilotlar 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkada ishlash istagini bildirgan 63 nafar fuqarolar ishga joylashish uchun yo‘llanmaga ega bo‘lib, 15 nafar fuqarolar qisqa muddatli kasb-hunar kurslariga yo‘naltirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube