Namangan IIB | Rasmiy kanal
8.44K subscribers
33.9K photos
5.67K videos
1 file
13.8K links
Биз ижтимоий тармоқларда.
Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz
Youtube: https://www.youtube.com/c/NamanganIIBIRasmiy
Download Telegram
Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan mahallalar faoliyati o‘rganilmoqda

Bugun polkovnik Shuxrat Aliyev Namangan shahridagi “Obi-hayot” va Davlatobod tumanidagi “Elobod” mahallalarida bo‘lib, mahalla hamda huquq-tartibot maskani xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi va ularning taklif hamda muammolarini tingladi.

Shuningdek, ushbu hududlarda mahalla xodimlari tomonidan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, yetarlicha manzilli ishlar tashkil etilmaganligi va jamoat joylarini videokuzatuv orqali nazoratga olinmaganligi natijasida og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilganligi keskin tanqid qilindi.

O‘rganishlar davomida kelgusida mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida mahalla hamda huquq-tartibot maskani xodimlarining masʼuliyatini yanada oshirish yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Probatsiya oyligi doirasidagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda

IIVning tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 23-iyul kunidan 23-avgust kuniga qadar respublika miqyosida Probatsiya oyligi doirasida "Hamkor" profilaktik tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Xususan Chust tuman IIB xodimlari tomonidan Probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlar ishtirokida tuman bandlikka ko‘maklashish va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mehnat yarmarkasi tashkil etilib, ishga kirish istagini bildirgan yoshlarga tavsiyalar berilib ularni bandligi taʼminlanmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Hududlarda "Probatsiya oyligi" doirasidagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining farmoyishiga asosan Davlatobod tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida “Hamkor” maxsus profilaktik tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan tumani IIB JXX Probatsiya guruhi xodimlari tomonidan nazorat ostidagi shaxslarning ish va yashash joylari sohaviy xizmatlar va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda manzilli ravishda o‘rganilib, sud tomonidan tayinlangan cheklov qoidalariga amal qilishlari tushuntirilib, ularning bandligini taʼminlash, muammolarini aniqlash va ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati tahlil qilindi

Bugun polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimidagi barcha shaxsiy tarkib ishtirok etib, tizim tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda xizmat intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Yig‘ilishda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Mansurbek Gaziyevga kelgusida viloyat hududida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Uychi tumani IIB shaxsiy tarkibining o‘tgan davr mobaynidagi faoliyatini muhokama qildi

Polkovnik Shuxrat Aliyev huzurida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida tuman sektor rahbarlari, boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda tuman IIBning barcha shaxsiy tarkib ishtirok etib, unda jinoyatchilik ahvoli va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Yig‘ilishda o‘z xizmat vazifasiga kirishgan podpolkovnik Umidjon Eshanovga kelgusida jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali olib borish hamda boshqa masalalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube