Adliya xabarlari
954 subscribers
20.1K photos
1.94K videos
19 files
7.88K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Muvofiqlashtirish natijasida birlashadigan tashkilotlar qaysi binoda joylashadi? Bunga imkoniyat mavjudmi?

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bir_murojaat_izidan

Pop tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan 72 nafar xodimning manfaatlari qonuniy himoya qilindi

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Namangan viloyat adliya boshqarmasi tominidan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi yangi tahrirdagi qonun mazmun-mohiyati yuzasidan o'tkazilgan seminar tafsilotlari.
#Adliya_sayyor qabul

🔷 Sayyor qabul qonun ustuvorligini taminlashga xizmat qiladi

Joriy yilning 31 mart kuni Mingbuloq tuman pedagogika kolleji binosida Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari U.Ismatillayev hamda tuman adliya bo’limi boshlig’i S.Abdunazarov tomonidan aholi murojjatlari sayyor tartibda qabul qilindi.

📎 Qabulda 40 dan ortiq fuqarolar murojaati tinglanib ularning 25 nafariga joyida tushuntirish berildi, 15 ta murojaat esa tuman adliya bo'limi ish yurituviga olindi. Shuningdek, ayrim murojaatlarni tegishliligi bo'yicha idoralarga yo’naltirishga ko’maklashildi.

👉 Masalan, fuqaro Y.Olimova 2020-yil tumandagi 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabidan tug'ruq ta'tiliga chiqqan bo'lishiga qaramay hozirgi kunda tug'ruq ta'tilini tugatib ishga qaytmoqchi. Biroq, ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilinmayotganligidan norozi. U qabulga ishga tiklashda amaliy yordam so'rab kelgan. Murojaat shu joyning o’zida ish yurituviga olindi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
#Adliya_sayyor qabul
Murojaatlar yechimi – inson qadri uchun xizmat qilmoqda

✍️ Joriy yilning 31-mart kuni Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi X.Sabirov hamda tuman Adliya boʻlimi boshligʻi N.Rustamova tomonidan Norin tuman davlat xizmatlari markazi binosida sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda 40 ga yaqin fuqarolar uy-joy, meros, pensiya, ish haqi va boshqa masalalar yuzasidan murojaat qilib, ularga murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan 14 ta murojaatlar tuman adliya boʻlimi ish yurituviga qabul qilindi.

⚡️ Shuningdek, Uychi tumanidan kelgan fuqaro L.Sharipovaning otasining tugʻilganligi va vafotiga doir hujjatlar Sirdaryo viloyatida boʻlganligi sababli, notarial harakatlarni bajara olmayotganligi haqidagi murojaati joyida hal etilib, tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan koʻrsatilgan hujjatlarni eksterritorial tartibda olinishi taʻminlandi.

Shu bilan birga, tumandagi ikki nafar bemor va nogironligi bor oilalar holidan xabar olinib, 83 yoshga kirgan Toʻlqinjon otaga eshitish moslamasi va 1-gurux nogironi T.E.ga bepul dori-darmonlar taqdim etildi.
Qabul davomida, fuqaro J.Sharipovning murojaatiga asosan, tugʻilganlik haqidagi guvoxnoma va biometrik pasporti topshirildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

📹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi boshlig'i Naima Yadigarova tomonidan O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi to'g'risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berildi.
_______________

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлия_хабари

⚡️ Рамазон ойининг бошланиши 2 апрелга тўғри келади

“Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга кўра, Рамазон ойи миллий анъана ва қадриятларга мос ва муносиб тарзда ўтказилади.

Маълумот учун, Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг ахборотига кўра 2022 йил муборак Рамазон ойининг бошланиши 2 апрель кунига тўғри келади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Адлия_хабари

🌙 Namanganda yangi masjid foydalanishga topshirildi

Bugun Toʻraqoʻrgʻon tumanida “Kamolxon Eshon Buva” jome masjidi Namangan viloyat adliya boshqarmasidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, guvohnoma topshirildi. Bu esa tuman fuqarolariga Muborak Ramazon oyining kirib kelishi oldidan munosib tuhfa boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Maʼlum qilinishicha, masjid zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qurib bitkazilgan boʻlib, unda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. Masjid 1500 ming nafar odamga moʻljallangan boʻlib, hudud aholisi va mahalliy homiylar mablagʻlari evaziga qurib bitkazilgan.

Maʼlumot oʻrnida, 2022-yil 1-aprel holatida, viloyatda jami 194 ta diniy tashkilotlar mavjud boʻlib, shundan 190 tasi masjidlar, 3 tasi cherkovlar va 1 tasi Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi hisoblanadi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
______________________________________________
Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
☝️USTOZ va SHOGIRT
an'anasi yo'lga qo'yildi!


Namangan viloyati yuridik texnikumining Yuridik klinikasi tomonidan "Yuridik klinika faoliyatini yanada rivojlantirish" maqsadida trening o'tkazildi.

👩‍💼🧑‍💼Texnikumning 1-bosqichida ta'lim olayotgan yoshlar uchun samimiy suhbat asosida tashkil etilgan mazkur amaliy mashg'ulotda 2-kursning faol talabalari Yuridik klinikadagi o'z faoliyatlari bilan bir qatorda bu yerda qo'lga kiritgan yutuqlari haqida ishtirokchilarga batafsil so'zlab berdilar.
Bundan tashqari
, murojaatlar bilan ishlashni o'rganish borasida klinikaning 1-kurs a'zolariga doimiy ko'mak berishlarini bildirdilar.

Endilikda pedagoglar nazorati ostida 2-kurs talabalari bilan 1-kurs o'quvchilari o'rtasida "Ustoz va shogirt" an'anasi yo'lga qo'yildi. Mavzuga oid amaliy mashg'ulotlar esa shu kunning o'zida boshlandi.

🤝Trening davom etadi...

📥 Murojaat uchun 👇👇👇
@Yuridik_klinkbot