Adliya xabarlari
6.04K subscribers
20.7K photos
1.99K videos
19 files
8.07K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
🔰 Namangan viloyat sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati raisi  A. Safoyev bilan uchrashuv bòlib òtdi.

Dastlab, texnikum direktorining o'quv ishlari bo'yicha 1-o'rinbosari I.Asqarov so'z olib 1-kurs o'quvchilarini "Korrupsiyaga qarshi kurash-zamon talabi" mavzusida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda faol ishtirok etishga chaqirdi.

📌 Shundan so'ng Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati raisi A. Safoyev tomonidan korrupsiya qonun ustuvorligiga, demokratiya va inson huquqlariga, samarali davlat boshqaruviga tahdid solishi, tenglik va ijtimoiy adolat prinsipini buzishi, demokratik institutlar faoliyati va jamiyatning ahloqiy normalarini izdan chiqarishi haqida yig'ilganlarga tuchuncha berildi.

❗️O'zaro savol va javoblar asosida o'tkazilgan bugungi tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda yakunlandi.


@yurkl
@yuridik_klinik
#adliya_maʼnaviyat_soati

MAʼNAVIYAT SOATI: Z.M.BOBURNING 539 YILLIGI

🔹Bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasida xodimlarning maʼnaviy dunyoqarashini oshirishi maqsadida "Maʼnaviyat soati" tashkil etildi.

🗣Tadbirda buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayot va ijod yo‘li, davlat arbobi va ijodkor sifatida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida batafsil mahlumot berish uchun tarix fanlari nomzodi Baxtiyor Isoqov taklif etildi.

✍🏻Tadbirda boshqarma xodimlari o‘zlari uchun maʼnaviy ozuqa olib, Z.M.Bobur haqida qiziqarli faktlar va dunyo olimlarining bobomiz haqida bildirgan samimiy fikrlari haqida oldilar.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
🗞"Yangiqo'rg'on hayoti" gazetasining navbatdagi sonida Yangiqo'rg'on tuman adliya bo'limi yetakchi maslahatchisi D.Ne'matovning "Aholining huquqiy ongini oshirishda ijtimoiy tarmoqlarning o'rni" nomli maqolasi chop etildi.
#adliya_hudud

TARG‘IBOT TADBIRLARI HUQUQIY ONGNI OSHIRISHDA MUHIM OMIL

🏢Buguna Namangan tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi xodimlarining so‘nggi qabul qilingan qonunchilik hujjatlaridan boxabar qilish qilish hamda ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹Tadbirda ishtirokchilarga qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklarni yetkazish bilan birga, korrupsiya qarshi kurashish hamda unga murosassiz muhitni shaklantirish hamda xodimlarning mehnat huquqlari borasida tushunchalar berildi.

⁉️Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
#bir_murojaat_izidan

Adliya aralashgach ...

Maʼlumki, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biridir.

Shunga ko‘ra, adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklari taʼminlashda qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, adliya organlari vakolat doirasida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha ishlar amalga oshirib, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari taʼminlab kelmoqdalar.

Bugun Namangan viloyat televideniyasi bilan hamkorlikda Namangan viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan hal etilgan murojaatlar yuzasidan "Bir murojaat izidan" rukni ostida maxsus reportaj tasvirga olindi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
#adliya_xabari

NNTlar bilan davra suhbati

Bugun Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasining Namangan shahar bo‘limi majlislar zalida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2021-yilda ajratilgan grant mablag‘larining manzilli sarflanishini, shuningdek, loyihalar samaradorligini taʼminlashdagi muhim jihatlari mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Namangan viloyat adliya boshqarmasining yetakchi maslahatchisi Sh.Boboxonov “Grant loyihalari doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida adliya organini xabardor qilish tartibi to‘g‘risida” mavzusida maʼruza qildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya