Adliya xabarlari
6.06K subscribers
20.4K photos
1.96K videos
19 files
7.99K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Tugʻilganlik haqida takroriy guvohnoma olish uchun FHDY organiga kimlar murojaat qilsa boʻladi?

📌Tugʻilganlik haqida takroriy guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxsning oʻziga, uning ota-onalariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qogʻozlari asosida boshqa shaxslarga beriladi.

🔅Takroriy guvohnoma olishni xohlovchi shaxs dalolatnoma yozuvlarini qayd etgan FHDY organiga bevosita yoki oʻzi doimiy yashayotgan yoki vaqtincha turgan joydagi FHDY organi orqali murojaat qilishi mumkin.
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Apostil qanday hujjatlarga qo‘yilmaydi?

❗️Javob:

Hukumatning 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti 5-bandiga asosan, apostil:

🔸chet elda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;

🔸tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga;

🔸O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qo‘yilmaydi.