Adliya xabarlari
6.04K subscribers
20.8K photos
1.99K videos
19 files
8.11K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#dolzarb_ikki_oy

🌸 Ayollar uchun sayyor qabul: Uychi tumani

Avval xabar berilganidek Namangan viloyatining har bir hududida “Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy” doirasida sayyor qabullar oʻtkazib borilmoqda. Qabulda ayollar uchun huquqiy-psixologik koʻmak berish maqsadida sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari va psixologlar ishtirokida shakllangan Ishchi guruh tomonidan ularning muammolari tinglamoqda.

Navbatdagi qabul joriy yilning 23-fevral kuni Uychi tumanida oʻtkazildi. Qabul avvalida xotin-qizlarning qonunchilikda belgilangan huquqlari va vakolatlari, “Ayollar daftari” uning shakllantirish va undan chiqarish tartibi va boshqa qator masalalar yuzasidan seminar oʻtkazildi.

Qabulda 200 dan ziyod xotin-qizlar turli masalalarda ishtirok etib, mutaxassislardan huquqiy tushuntirish oldilar. Ayrim murojaatlar ish yurituviga olindi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliya
#dolzarb_ikki_oy

🌸 Ayollar uchun sayyor qabul: Mingbuloq tumani

Joriy yilning 26 fevral kuni Mingbuloq tuman adliya boʻlimi tashabbusi bilan Namangan tumanlararo sudi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bilan hamkorlikda Mingbuloq tuman madaniyat markazida tumandagi "Ayollar daftari"da turuvchi huquqiy, ijtimoiy va psixologik koʻmakka muxtoj xotin-qizlar uchun sayyor qabul va seminar trening tashkil etildi.

Seminar trening davomida tadbir ishtirokchilariga xotin-qizlarning mehnat sohasidagi huquqlari, ularni kasbga qayta tayyorlash, ijtimoiy himoya qilish, shuningdek oilada ayollar va bolalarning huquqlari toʻgʻrisida mutassaddilar tomonidan huquqiy tushunchalar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Shuningdek, tuman adliya boʻlimi tomonidan 3 nafar fuqaroning murojaatlari boʻlim ish yurituviga olindi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliya
#dolzarb_ikki_oy
🌸 Gender tengligi va ayollar huquqlari

Joriy yilning 26 fyevral kuni Namangan shahar adliya boʻlimi hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Namangan davlat universitetida "Xotin_qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy" doirasida "Gender tengligi va ayollar huquqlari" mavzusida seminar oʻtkazildi.

Seminarda xotin-qizlarning erkaklar bilan bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlishining, onalik va bolalik bilan bogʻliq davlat siyosati yuritilayotgani, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi mavqeini kuchaytirish, siyosiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bilan bogʻliq olib borilayotgan ishlar alohida eʼtiborga loyiqligi taʼkidlandi.

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berilib, fikr-mulohazalar bildirildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_ikki_oy

⚡️ To‘raqo‘rg'on tuman adliya bo‘limi tomonidan Xotin-qizlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🎥 O'zbekiston 24.
🌸#dolzarb_ikki_oy

🌸Наманган вилоят адлия бошқармаси томонидан Наманган вилоят ҳокимлиги билан ҳамкорликда Аёллар форуми ўтказилади.

🌸 Азиз опа-сингиллар форумда Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бошқармаси, суд ва ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралар, нотариат, адвокатура, ДХА тизими ходимлари ва ННТ вакиллари иштирок этади.

🌸 Форумда сиз ҳам фаол иштирок этинг ва ўзингизни ҳуқуқий-психологик муаммоларингизга ечим топинг!
__________________________________________
Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
Forwarded from Adliya xabarlari (Naima)
🌸#dolzarb_ikki_oy

🌸Наманган вилоят адлия бошқармаси томонидан Наманган вилоят ҳокимлиги билан ҳамкорликда Аёллар форуми ўтказилади.

🌸 Азиз опа-сингиллар форумда Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бошқармаси, суд ва ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралар, нотариат, адвокатура, ДХА тизими ходимлари ва ННТ вакиллари иштирок этади.

🌸 Форумда сиз ҳам фаол иштирок этинг ва ўзингизни ҳуқуқий-психологик муаммоларингизга ечим топинг!
__________________________________________
Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
#dolzarb_ikki_oy

🌸 AYOLLAR FORUMI: Ayolni eʼzozlash ezgulik va adolat mezoni

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Namangan shahrida Ayollar forumi oʻtkazildi.

Namangan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan ayollar forumida 400 ga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdilar. Forumni Namangan viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari I.Qoʻchqarova ochib berdi. Shundan soʻng madaniyat xodimlarining chiqishlari, Milliy liboslar namoyishi, sportchi qizlarning koʻrinishlari forumga yanada fayz berdi. Qolaversa, NNTlar tomonidan ayollarni tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha treninglar olib borildi va qoʻl mehnati koʻrgazmalari namoyish etildi.

Forumning ahamiyatli jihati bir vaqtning oʻzida ayol mutaxassislardan iborat boʻlgan ishchi guruh aʼzolari tomonidan sayyor qabul ham oʻtkazilib, qabul jarayonida 50 dan ziyod xotin-qizlar, uy-joy, aliment, ijtimoiy nafaqa, nogironlikni belgilash, ajrim, mol-mulk va koʻplab masalalarda murojaat qildilar va bepul huquqiy maslahat oldilar.

Forumda tuman (shahar) adliya boʻlimlari, viloyat Prokuraturasi, Sudlar, Ichki ishlar boshqarmasi, Xalq deputatlari viloyat kengashi huzuridagi jamoat fondi, notariuslar, advokatlar, FHDYO xodimlari, Nodavlat notijorat tashkilotlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Bugungi Ayollar forumi har jihatdan xotin-qizlarning jamiyatda mustahkam oʻrin egallashi uchun koʻmak berishiga ishonamiz.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
__________________________________________
Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
#dolzarb_ikki_oy

🌸 Xotin-qizlar uchun sayyor qabul: Kosonsoy tumani

Bugun Kosonsoy tuman adliya boʻlimi tashabbusi bilan tumandagi Musiqa maktabida xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul avvalida Fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan viloyat sudining sudyasi M.Dedabayeva, Namangan viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi N.Yadigarova, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Q.Avezmetov tomonidan Oʻzbekiston Respubldikasida xotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy masаlalari yuzasidan qabul qilingan Qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-mohiyatiga qisqacha toʻxtalib oʻtildi.

Shundan soʻng, ular uchun sayyor qabul oʻtkazilib, muammolari tinglandi. Qabulda 70 nafar ayollar turli masalalar yuzasidan ishtirok etdi. Shundan, 6 tasi FIB sud tomonidan, 4 tasi Adliya boʻlimi tomonidan hamda 21 tasi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi. Qolgan murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilib, ayrimlari tegishli idoraga yoʻnaltirildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliy
#dolzarb_ikki_oy

🌸 Хотин-қизлар учун енгилликлар ва янгиликлар яратилмоқда

...Юртбошимизнинг бизга бўлган эътиборларидан бошимиз кўкка етди. Баҳорнинг илк кунида Президентимиз раисликларида Хотин-қизлар масалалари бўйича йиғилиш ўтказилди. Мен ҳам ушбу учрашувни ижтимоий тармоқлар орқали кузатдим ва амин бўлдимки ушбу мулоқот аёлларимиз ҳаётида туб бурилиш ясади.
Мени фикримча ҳеч бир давлатда аёллар шунчалик улуғланмаса керак. Чунки бизларга тегишли масалаларни давлат сиёсатининг устувор йўналиши деб қаралиши биз аёлларга нисбатан юқори мартаба ва эътироф эканлигидан далолат.

Батафсил👈

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_ikki_oy

Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan "Xotin qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" loyihasi doirasida Namangan viloyatida "Ayollar forumi" tashkil etildi.

🎥Namangan TRK: intervyu - N.Yadigarova
(Namangan viloyat adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i)

📌Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliya
#dolzarb_ikki_oy
🌸 Xotin-qizlar uchun sayyor qabul: Yangi Namangan tumani.

“Xotin-qilar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” doirasida oʻtkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul Yangi Namangan tumanida oʻtkazildi. Tumanning “Chamanzor” MFY binosida 40 nafar ayolning muammolari tinglandi.

Qabulda tuman hokimi oʻrinbosari, tuman adliya boʻlimi, tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi, MIB, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan turli masalalar, xususan, tugʻilganlik faktini belgilash, guvohnoma va guvohnomadan dublikatlar olish, uy-jon hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironlik nafaqasini belgilash, aliment undirish, boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini tayinlash kabi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan 10 ga yaqin murojaatlar ish yurituviga olinadigan boʻldi. Qolgan murojaatlar tegishliligiga koʻra qabulda ishtirok etgan idoralar tomonidan, ayrimlari esa boshqa idoralarga belgilangan tartibda yoʻnaltirildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliya