Adliya xabarlari
914 subscribers
24K photos
2.37K videos
19 files
9.05K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliyaning bir kuni...

Yangiqo'rg'on tuman adliya bo’limi, tuman FHDY bo’limi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tayyorlangan “Maxsus Reportaj” ko’rsatuvi Namangan viloyati teleradikompaniyasi orqali efirga uzatildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
#Bilasizmi

🤷🏻‍♂️Agar uyingizga noma’lum shaxslar ro‘yxatga turib olgan bo‘lsa, nima qilishni bilasizmi?

🚶🏻Uyingizda kimlar ro‘yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga borish shart emas.

Buning uchun:

1️⃣ My.gov.uz saytiga kirish

2️⃣ "Shaxsiy kabinet"ga o‘tish

3️⃣"Fuqarolik" bo‘limini tanlash

4️⃣ “Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish”
tugmasini bosish kerak.

👨🏻‍💻Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro‘yxatga olinganini aniqlasangiz, shu manzilning o‘zidayoq o‘chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”

Namangan viloyat adliya boshqarmasi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni qizg'in muborakbot etadi!
Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”

Xodimlar munosib taqdirlandi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi hamda davlat xizmatlari markazi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkillashtirildi.

Unda, Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Ismatillaev so‘zga chiqib, sohada faoliyat olib borayotgan xodimlarni bayram bilan muborakbod yetdi. Aholi murojaatlarini qonuniylik asosida ko'rib chiqishda, shuningdek davlat xizmatlarini ko‘rsatishda o‘zining bor bilim va salohiyatini ayamayotgan xodimlarga tashakkur aytdi.

Shundan so‘ng, Namangan viloyat adliya boshqarmasi faoliyatining istiqboli yo‘lida o‘z xizmat vazifalarida tashabbus ko‘rsatib, fidokorona mehnati bilan xalqimizning ishonchi va hurmatini qozongan, soha rivojida qo‘shgan hissasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlar boshqarma boshlig‘ining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”

Bayram bahona, faxriylar xolidan xabar olindi.

Oʻzbekiston mustaqilligining 31 yilligi “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida oʻtkazilayotgan bayram tadbirlari Namangan viloyatida ham qizgʻin davom etmoqda.

Ayniqsa, Namangan viloyat adliya boshqarmasining anʼanasiga muvofiq, bayram tadbirlari adliya organlarida uzoq yillar sidqidildan va halol xizmat qilgan faxriylar xolidan xabar olish bilan boshlandi.

Uchqoʻrgʻonlik Muhabbat Badalbieva koʻp yillar FHDY sohasida faoliyat olib borgan faxriylarimizdan biri. U sohani rivojlantirish, fuqarolarni mushkulini oson qilish yoʻlida tinim bilmay ishlagan. Mustaqillik shodiyonasi arafasida qaratilgan eʼtibor, koʻrsatilgan ehtiromdan mamnun boʻldi.

Namangan shahar farzandi Odiljon Azimov ham oʻzining 40 yillik umrini adliya sohasiga bagʻishlagan faxriylarimizdan. Koʻp yillik mehnat faoliyati davomida adliya tizimining rivojlanishi va taraqqiy etishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshgan. Hozirda, ustoz-shogird anʼanalariga muvofiq, shogirdlarga oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashmoqda. Samarali mehnatlari eʼtirof etilib, I-darajali mehnat faxriysi koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bu albatta, barcha adliya tizimi xodimlari uchun katta sharaf.

Yana bir mehnat fidoyisi Muhammadjon Tojiboyev ham bir necha yillar adliya sohasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan faxriylarimizdan bir. Bayram bahonasida Muhammadjon aka xonadoniga borib, mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonasi bilan tabriklab, esdalik sovgʻalari topshirildi.

Bayram arafasida Adliya boshqarmasi rahbariyati va tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan faxriylarimiz va ularning yaqinlariga bayram tabrigini yetkazilganligi yosh kadrlar uchun ibrat maktabi boʻlsa ajab emas.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
👍1
#Адлия_табриги

Азиз юртдошлар!

Сизларни халқимизнинг энг улуғ, энг азиз байрами – Ўзбекистон давлат мустақиллигининг 31 йиллиги билан чин қалбдан муборакбод этамиз.

Бугунги қутлуғ айёмда барчангизга сиҳат-саломатлик, оилавий бахт ва хотиржамлик тилаймиз.

Юртимизда тинчлик бардавом бўлсин, хонадонларимиздан осойишталик, аҳиллик, файзу барака ҳеч қачон аримасин.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

📹 Mobile ID dan ro‘yxatdan o‘tib davlat xizmatlaridan uydan chiqmay foydalaning.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat