Adliya xabarlari
953 subscribers
20.2K photos
1.95K videos
19 files
7.92K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#adliya_xabari

“E-qaror” elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 22.06.2021 yildagi 390-son qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan boshlab barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari, shu jumladan, xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshirilib kelinmoqda.

“E-qaror” elektron tizimini chetlab o‘tgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli qarorlari va farmoyishlarini qabul qilish (chiqarish)ga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda u qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Shu ma’noda joriy yilning 22-avgust kuni Namangan viloyat adliya boshqarmasi majlislar zalida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari D.Ahmedov boshchiligida Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati, tuman (shahar) hokimliklari yuridik xizmat xodimi hamda “E-qaror” elektron tizimida hujjat loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishga mas’ul bo‘lgan boshqa xodimlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida ishtirokchilarga
“E-qaror” elektron tizimida ishlash, duch kelayotgan muammolar va ularni oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

©️Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi qanday?

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
❗️ “Inson va qonun” gazetasining navbatdagi sonida Pop tuman adliya boʻlimi boshligʻi B.Alimovning “Xomiladorning haqqiga koʻz olaytirmang” nomli maqolasi eʼlon qilindi.
#Adliya_hudud

Yoshlar yetakchilarning huquqiy bilimlari oshirildi

Namangan tuman xokimligi majlislar xalida Namangan tuman xokimi oʻrinbosari O.Saydazimov, tuman FXDY boʻlimi katta inspektori L.Xodjayeva, Namangan tuman Yoshlar ishlari agentligi raxbari N.Qaxxarova, Namangan tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi bosh mutaxassisi T.Toʻlqinbayev, tumandagi 53 ta mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi Yoshlar yetakchilari ishtirokida yoshlar oʻrtasida Ajrim, Erta tuqruq, Istalmagan xomiladorlikni oldini olish maqsadida davra suxbati oʻtkazildi.

Davra suxbatida soʻz olganlar yoshlar oʻrtasida ajrim, jinoyat, erta tugʻruq, Istalmagan xomiladorliklarni oldini olish borasida Yoshlar yetakchilari tomonidan olib boriladigon targʻibot-tashviqot ishlarini mazmun-moxiyati tushuntirib oʻtildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
#Adliya_hudud

Nikohlanuvchi shaxslarni oilaga tayyorlash barchaning ishi

Nikohlanuvchi shaxslarni qonuniy tartibda nikohdan oʻtkazish asosiy masala boʻlsa, unga qadarli yana bir muhim vazifa bor. Yaʼni ularni oilaga tayyorlash, yigit-qizlarda oilaning diniy va dunyoviy jihatdan muqaddas ekanligi koʻnikma hosil qilishdir.
Shu maʼnoda Namangan tuman FHDYO boʻlimi tashabbusi bilan yosh oila qururvchilar bilan davra suhbati oʻtkazildi. Unda tuman xokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi M.Toʻychiyeva, Namangan tuman FXDYo boʻlimi mudirasi D.Zayniddinova, FXDYo boʻlimi katta inspektori L.Xodjayeva, Namangan tuman bosh imom xatibi P.Yusupov, Tuman bosh otinoyasi Z.Karimova, Tuman "Oilaviy qadiryatlarni mustaxkamlash" komissiyasi kotibi T.Toʻlqinbayevlar ishtirok etdi.

Davra suxbatida soʻzga chiqqan mutasaddilar tomonidan yooshlarni oilaga tayyorlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlari, diniy majburiyatlari va erkinlari va boshqa qator masalalar yuzasidan tushuntirdilar.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
#Adliya_hudud

Endi aholi xonadonlari mahallabay tahlil qilinadi

📄Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 18-iyul kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishdagi topshirigʻiga asosan aholi xonadonlarining kadastr hujjatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish boʻyicha Ishchi guruhlarni tasdiqlash, Ishchi guruhlarga joriy yilning 1-oktyabr kuniga qadar aholi xonadonlarini mahallabay tahlil qilish orqali uy-joyga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan xonadonlarning elektron roʻyxatini shakllantirish hamda uy-joyga egalik huquqini eʻtirof etishga asos boʻluvchi hujjatlarni toʻplash va elektron bazaga kiritish vazifasi belgilangan edi.

Qolaversa, Namangan viloyati hokimining 117-6-0-F/22-sonli Farmoyishi qabul qilinib, “Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini va ularda barpo etilgan koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy ishchi guruh tarkibi” hamda “Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini va ularda barpo etilgan koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) ishchi guruhlarining Namunaviy tarkibi” tasdiqlandi.

Ushbu vazifalarni viloyatimizda bajarilish holati yuzasidan joriy yilning 23-avgust kuni Namangan viloyat adliya boshqarmasida hududiy va tuman (shahar) ishchi guruhlari aʻzolari, masʻul davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbati davomida viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari U.Ismatillayev va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyat boshqarmasi boshligʻi Q.Gapparovlar “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi hamda “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun yuzasida tushuntirish berdilar.

Yigʻilish yakuni boʻyicha tuman (shahar) ishchi guruh aʻolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida doimiy ravishda viloyat ishchi guruhiga axborot berib borilishi belgilab olindi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi