Adliya xabarlari
959 subscribers
20.1K photos
1.94K videos
19 files
7.88K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#online

Ayni damda "Adliya sayili" doirasida fuqarolar ishtirokida "Huquqiy viktorina" o‘tkazilmoqda.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
☝️ "Xotira va qadrlash kuni"
munosabati bilan qariyalar
holidan xabar olindi.

Namangan viloyati yuridik texnikumining ustoz va talabalari tomonidan yoshi ulug‘ nuroniylarni eʼzozlab ularga katta ehtirom ila hurmat ko‘rsatilmoqda. Ayniqsa, tabarruk insonlarning holidan xabar olish ularning og‘irini yengil  qilish va nasihatlari-yu duolarini olish texnikum jamoasining bugungi kun shioriga aylangan.

🗓 Kuni kecha 202-guruh talabalari ustozlari D. Isanova boshchiligida ko'p yillar mobaynida ustozlik kasbida mehnat qilgan fidoiy inson, viloyat nuroniylar iamg'armasi a'zosi I.Rahmatullayev xonadonida bo'ldilar.

🎗O'quvchi yoshlar bugungi kunda davlatimiz tomonidan ularga ko‘rsatilayotgan e'tibor va musaffo osmonimizning qadriga yetish, uni asrab-avaylash kerakligi haqida dildan suhbat qurdilar.

⚡️Tadbir so'ngida esa nuroniy otaxon qo‘llarini duoga ochib, yurtimiz tinchligi bardavom bo‘lib, farovonlik, go‘zal hayotga, mehr-oqibatli, saxovatli xalqimizga ko‘z tegmasligini tiladilar.


Telegram
#adliya_sayili

Namangan viloyatida “Adliya sayili” koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashabbusiga koʻra, Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Qonun ustuvorligi - Inson qadrini ulugʻlashning eng muhim sharti” shiori ostida Chust tumanidagi “Mavlono Lutfulloh” nomli madaniyat va istirohat bogʻida adliya sayili oʻtkazildi.

🏃Dastlab, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Sogʻlom hayot uchun 5000 ming qadam” shiori ostida tashkilot va muassasalar xodimlari, shuningdek koʻngilli yoshlar ishtirokida marafon oʻtkaziladi. Unda, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, aholining sportga boʻlgan ishtiyoqini oshirish koʻzda tutilgan.
🔷Huquqiy bayram tadbiri boshlanishida soʻz olganlar har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Adliya sayili” tantanalarida koʻzlangan asosiy maqsad, undan kutilayotgan pirovard natija haqida yigʻilganlarga maʼlumotlar berildi. Shundan soʻng, sayilga tashrif buyurgan fuqarolarning kayfiyatini yanada koʻtarish, tadbirni zavqli va mazmunli oʻtkazish maqsadida bir guruh sanʼat va madaniyat vakillari tomonidan bayram dasturi namoyish etildi. Mazkur dasturda qoʻshiqchilar, soʻz ustalari, raqqosalar, milliy cholgʻu asboblari ustalari, oʻzlarining chiqishlari bilan sayilga tashrif buyurgan fuqarolarga bayramona kayfiyat ulashildi.

✍️Chinakam huquqiy bayram tusini olgan tadbir davomida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qiynab kelayotgan masalalarni ijobiy hal etishga qaratilgan “Sayyor qabul” hamda “Sayyor xizmat” tadbirlari olib borildi. Shu kuni fuqarolar tomonidan kelib tushgan bandlik sohasida, sogʻliqni saqlash tizimiga doir, kredit, uy-joy taʼminoti, tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratish, aliment va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlarga tegishli davlat idoralari tomonidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

📚Shuningdek, sayilda yuridik va badiiy kitoblar yarmarkasi tashkil etilib, mazkur yarmarka badiiy adabiyotga, shuningdek huquqshunoslikka qiziquvchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

🎗Tadbir soʻngida Adliya sayilida faol ishtirok etgan davlat organlari va tashkilotlarga viloyat adliya boshqarmasining tashakkurnomalari topshirildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliya
SIZ HAM YURIDIK
TEXNIKUM TALABASI
BO'LING!

🔵 Bugun viloyatimizning Chust tumanidagi "Mavlono Lutfulloh" nomli madaniyat va istirohat bog‘ida o'tkazilgan "Adliya sayili"da Namangan viloyati yuridik texnikumi jamoasi hamda talabalari faol ishtirok etdilar.

🔷Tadbir yakunida sayilga yig'ilgan barcha fuqarolar o'rtasida "Qabul- 2022" targ'ibot va tashviqot ishlari amalga oshirildi.
Unda kelajak taqdiriga befarq bo'lmagan holda huquqshunos istagida yurgan bir qator umidli yoshlar hamda ota-onalarga Namangan viloyati yuridik texnikumi faoliyati, o'quvchilar uchun u yerda yaratilgan imkoniyatlar va bitiruvchilarga berilajak imtiyozlar xususida to'liq ma'lumot berildi.

❗️Targ'ibot davomida texnikum faoliyati haqida batafsil hikoya qiluvchi va tushunarli tilda tayorlangan mingdan ortiq flayerlar o'z egalariga topshirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_sayili

🎥 Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan "Adliya sayili"dan lavhalar

📌Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliya
☝️TINCHLIK QADRINI
ULARDAN SO'RANG!

☀️Joriy yilning 7-may kuni viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Adliya sayli" ko'pchilik uchun manfaatli va ko'tarinki ruhda davom etdi.

❗️Mazkur saylda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan Namangan viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari tomonidan yurtimizdagi mana shunday tinchlik va osuda hayotning bebaho ramzi ostida tadbir ishtirokchilari o'rtasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

🎞 Ma'lumot o'rnida aytish lozimki, ikkinchi jahon urushi ko'plab yurtdoshlarimizdan ayirdi. 450 mingdan ortiq ozbek urushdan qaytib kelmagan, 130 mingdan koprog`i esa nom nishonsiz ketgan. Beshavqat urush hech bir oilani chetda qoldirmagan.

Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
"Davr" gazetasining navbatdagi sonida To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i F.Razzaqovaning "Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlandi" nomli maqolasi chop etildi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_faxriylarni qadrlaydi

Faxriylarni e'zozlash, ularni holidan xabar olish Adliya idoralari xodimlarining yana bir fazilatidir.

Inson qadrini ulug'lash, xotirasini yod olish va e'zozlash tadbirlari bayramlar oldidan bajariladigan yaxshi amallardan biri.

Ana shu ma'noda Hususiy amaliyot bilan shig'ullanuvchi bir gurux notariuslarimiz erta tongdan ustozlari holidan xabar olish barobarida ular bilan suxbat qurib, duolarini oldilar.

Bu kabi e'zgu tadbirlar tizim xodimlari tomonidan barcha hududlarda davom etadi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
9 май – Хотира ва Қадрлаш куни

Адлия бошқармаси жамоаси умумий тарихий хотира орқали бирдамлик ва ҳамжиҳатликка чорловчи ушбу кун билан барчани самимий муборакбод этади!

Хотира ўзликни англатиб туради, қадр инсонни юксакликка кўтаради.

Наманган вилоят адлия бошқармаси
🎗Inson xotirasi barhayotdir!

⚡️Bugun 9 may – Xotira va qadrlash kuni Namangan viloyat adliya boshqarmasi jamoasi ajdodlar ruhini shod etish hamda ularni xotirasiga hurmat ko'rsatish maqsadida
Namangan shahrida joylashgan "Xotira" xiyoboniga tashrif buyurdilar.

💐 U yerda motamsaro ona haykali timsolida beg'ubor qalbi alam, qayg'u, faryodlarga to'lgan va yurtimizda yashab o'tgan matonatli onalarga ta'zim bajo etdilar va poyiga gul qo'ydilar.

🔥 Zero, xotira miqaddas, inson qadri va ajdodlar yodi qalblarimizda mangu yashayveradi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi