Adliya xabarlari
6.05K subscribers
20.5K photos
1.98K videos
19 files
8.05K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#Korrupsiya_jamiyat_kushandasi

“Namangan HETK” AJ xodimlari uchun “Korrupsiya – jamiyatimiz kushandasi” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

🔹Joriy yilning 11-fevral kuni “Namangan HETK” AJ majlislar zalida jamiyat bosh direktori, soha bo‘yicha direktorlari, xizmat va bo‘limlar boshliqlari, bosh muxandislari va tuman (shahar) elektr taʼminoti korxonalarining boshliqlari, bosh muhandislari hamda ishchi xodimlari o‘rtasida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Namangan shahar adliya bo‘limi boshlig‘i M.Rahmonov tomonidan korrupsiya va uning turlari, kelib chiqish sabablari, oqibatlari haqida shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat ruhini shakllantirish bo‘yicha maʼruza qilindi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
Namangan viloyat adliya boshqarmasi faoliyatining haftalik daydjesti (7 — 12-fevral kunlari)

7-fevral
🔹Mingbuloq tuman adliya bo‘limi 104 mln so'm ish haqini undirish bo'yicha sudaga da'vo ariza kiritdi.

🔹Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) hokimliklaridan 968 288 000 so‘m qarzdorlikni undirish yuzasidan sudlarga da’vo arizalari kiritildi.

8-fevral
🔹 “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy”lik munosabati bilan namanganlik huquqshunos ayollar haqida maqolalar e'lon qilish yo'lga qo'yildi.

9-fevral
🔹Hokimlik vakiliga jarima jazosi tayinlandi.

10-fevral
🔹Namangan viloyat adliya boshqarmasida xodimlarning maʼnaviy dunyoqarashini oshirishi maqsadida "Maʼnaviyat soati" ni ilk soati tashkil etildi.

🔹NNTlar bilan davra suhbati o'tkazildi.

11-fevral
🔹Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida adliya bo'limi axboroti tinglandi.

12-fevral
🔹“Namangan HETK” AJ xodimlari uchun “Korrupsiya – jamiyatimiz kushandasi” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
#adliya_hudud

💵Adliya ko'magida tadbirkorning 1 milliard 500 million so'mga yaqin haqi undirib berildi.

Batafsil
__________

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
#adliya_hudud

Navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi.

Joriy yilning 11-fevral kuni Pop tuman adliya bo'limi tomonidan "Madad" NNT va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Bodomzor MFYda yashovchi fuqarolar ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.

Unda fuqarolar turli masalalar, xususan, ishsizlik nafaqasi olish tartibi, moddiy yordam tayinlash, uy-joy bilan bog‘liq nizolar, pensiya va qator masalalar bo‘yicha ishtirok etdilar.

Qabulda 2 nafar fuqarolarning murojaatlari belgilangan tartibda bo'lim ish yurituviga olindi hamda 10 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliya
🗞"Namangan haqiqati" gazetasining 12.02.2022 yil kungi sonida Namangan shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsul'ti D.Jakbarovning "Ish bor joyda kamchilik... bo'lmasin" nomli maqolasi chop etildi.
📣 “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

🧑‍🏫👩‍🏫 Namangan viloyati adliya boshqarmasida Namangan viloyati yuridik texnikumining pedagog xodimlari ishtirokida
"Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi" nominatsiyasi boʻyicha tanlov o'tkazildi.

☝️Xolislik va shaffoflik asosida tashkil etilgan mazkur tanlovda har bir ishtirokchining chiqishi
viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi
X. I. Sabirov boshchiligidagi hududiy komissiya a'zolari
tomonidan baholab borildi.

Tanlov natijasiga ko'ra,
1-o'rin Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri G.Egamovaga
2-o'rin Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri N. Raximovga
3-o'rin Yuristlar uchun ingliz tili fani o'qituvchisi
F. Usmonovaga nasib etdi.

🤝 G'oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


👍Tanlovning Respublika bosqichida G. Egamovaga omad tilaymiz!

@yurkl
Бугун — Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллуд топган кун

Ватан соғинчлари

Рубоийлар

Бори элга яхшилик қилғилки, мундин яхши йўқ –
Ким, дегайлар даҳр аро қолди фалондин яхшилиғ!

***
Кўпдин бериким, ёру диёрим йўқтур,
Бир лаҳзаю бир нафас қарорим йўқтур.
Келдим бу сори ўз ихтиёрим бирла,
Лекин боруримда ихтиёрим йўқтур.
** *
Толеъ йўқи жонимға балолиғ бўлди,
Ҳар ишники, айладим – хатолиғ бўлди.
Ўз ерни қўйиб, Ҳинд сори юзландим,
Ё Раб, нетайин, не юз қаролиғ бўлди?!

Ҳар кимки вафо қилса, вафо топқисидур,
Ҳар кимки жафо қилса, жафо топқисидур,
Яхши киши кўрмагай ёмонлиғ ҳаргиз,
Ҳар кимки ёмон бўлса, жазо топқисидур.

* * *
Ёд этмас эмиш кишини меҳнатга киши,
Шод этмас эмиш кўнгулни ғурбатга киши.
Кўнглум бу ғарибликта шод ўлмади ҳеч,
Ғурбатга севунмас эмиш, албатта, киши.

* * *
Туз оҳ, Заҳириддин Муҳаммад Бобур,
Юз оҳ, Заҳириддин Муҳаммад Бобур,
Сарриштаи айшдин кўнгулни зинҳор
Уз оҳ, Заҳириддин Муҳаммад Бобур.

***
Сен гулсену мен ҳақир булбулдирмен,
Сен шуъласен, ул шуълаға мен кулдирмен.
Нисбат йўқдур, деб ижтиноб айламаким,
Шоҳмен элга, вале сенга қулдурмен.

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/hudud24official
______________________________
#Маҳаллий
🗞"Norin ovozi" gazetasining navbatdagi sonida Norin tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi A.To'ychiboyevning "G'amxo'rlik - oliy fazilat" nomli maqolasi chop etildi.
______________

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya