Adliya xabarlari
6.02K subscribers
20.9K photos
2.02K videos
19 files
8.16K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚖️O'zbekiston Respublikasi Musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakilligining aloqa xatiga asosan tuman imom-noiblari hamda imom-xatiblari uchun tashkil etilgan "Ma'naviyat soati" o'quv seminarida Kosonsoy tuman adliya bo'limi boshlig'i A.Saidahmadxonov ishtirok etib, bugungi kundagi diniy sohaga oid qabul qilingan qonunchilik hujjatlari hamda ularga kiritilayotgan qo'shimcha va o'zgartirishlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berdi.

🇺🇿Shuningdek, seminar ishtirokchilari tadbir davomida o’zlarini qiziqtirgan, sohaga oid huquqiy savollariga ham javob olishga muvaffaq bo’lishdi.

🤝Tuman adliya bo’limi kelgusida ham mazkur sohada qonunchilikdagi yangiliklar bo'yicha huquqiy tushuntirish berish hamda diniy soha vakillarining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish xususida o'quv seminarlari tashkil etishda doimo hamkorlikka tayyor ekanligi ma’lum qilinadi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube
| Facebook | Telegram
#Adliya_sarhisob

Adliyada kimlar ishlaydi?

📌 Kanalga ulanish
#Adliya_xabari

❗️Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Norin hamda Uchqo’rg’on tumani adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi.


Suhbat davomida xodimlar tomonidan fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda sifat va tezkorlikni oshirish, xizmat ko‘rsatishning yangicha yondoshuvlarini joriy etish, davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanishning qulayligi yuzasidan tushuntirishlar berilish lozimligi haqida so‘z yuritildi.

Bundan tashqari, xodimlarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida turli xil huquqbuzarliklarni oldini olish alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, tizimda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, sohaga oid “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish” siyosati, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlani baholash” uslubiyoti, “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari” mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube
| Facebook | Telegram
#Foydali

"Huquq taʼlimi" kanali huquqshunoslik fanlari oʻqituvchilari hamda huquq sohasidagi bilimlarni oʻzlashtirishga qiziquvchilar uchun platformadir.

Kanaldagi turli oʻquv materiallaridan
oʻqituvchilar darslarda foydalanishi;
oʻquvchilar oʻz bilimlarini kengaytirishi va mustahkamlashi mumkin.

Kanaldan nimalarni topasiz?

Video darslar: Tez va oson oʻzlashtirish uchun.
Taqdimotlar: Eng dolzarb va kerakli mavzularda.
Testlar: Oʻz bilimingizni tekshirib koʻrish uchun.
Infografikalar: Murakkab mavzularni osonlashtirib taqdim etamiz.

📎Kanaldan foydalanish orqali huquq taʼlimiga oid eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishingiz mumkin!

📌 Kanalga ulanish