Adliya xabarlari
941 subscribers
23.4K photos
2.29K videos
19 files
8.82K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari To‘raqo‘rg‘on tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.


Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev To‘raqo‘rg‘on tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda, yuridik xizmat koʻrsatish markazida boʻlib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xodimlar bilan olib borilgan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarni oshirish kerakligi taʼkidlandi.

Shuningdek, To‘raqo‘rg‘on tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi faoliyatini oʻrganish jarayonida davlat xizmatlari markazining ikkinchi qavatida qayta taʼmirlab, jihozlangan tantanali nikohdan oʻtkazish joyi koʻzdan kechirildi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi
#Adliya_xabari

🔰 “Namangan haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida Mingbuloq tumani DXM bosh mutaxassisi A.Irgashev hamda  yetakchi mutaxassisi B.Yuldashevning “Ma'suliyat oshirildi” nomli maqolasi chop etildi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇https://t.iss.one/namanganadliya