Adliya xabarlari
910 subscribers
24K photos
2.37K videos
19 files
9.06K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#Inson_qadri_uchun
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan 149 nafar ishchining 110 millionga yaqin oylik ish haqlari undirib berildi.

Bugun mamlakatimizda davlat organlarining xalq oldidagi hisobdorligini kuchaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar qizgʻin tus olgan. Bu jarayonda xalq bilan ochiq muloqot oʻtkazish, fuqarolar murojaatlarida koʻtarilgan masalalarni qonun talablari asosida hal etish va pirovardida inson manfaatlarini taʼminlash muhim oʻrin tutmoqda.

Ayniqsa, Namangan viloyat boshqarmasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan fuqarolarning muammo va masalalariga alohida eʼtibor qaratib, ularning buzilgan huquqlari qonuniy tartibda tiklab berilmoqda.

Jumladan, Yangi Namangan tumani adliya boʻlimiga 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxs vakillaridan 117 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 11 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 103 ta murojaat qanoatlantirilgan boʻlsa, 3 tasi boʻyicha hozirda boʻlim ish yurituvida.

Tuman adliya boʻlimiga, “Namangansuvtaʼminoti” ma’suliyati cheklangan jamiyati Yangi Namangan tuman boʻlimi chilangari Alisher Samatovning ish haqi kechikib berilayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaatlari oʼrganib chiqildi.

Oʻrganish natijasida Alisher Samatovni ish haqi avvalgi oylardan qoldiq boʻlib jami 9 692 427 soʻm oylik ish haqi kam hisoblanganligi aniqlandi.
Buning natijasida “Namangansuvtaʼminoti” MCHJ Yangi Namangan tuman boʻlimi barcha xodimlarini ish haqlarini to’lab borilishi oʻrganilganida 149 nafar xodimlarni avvalgi oylardan qoldiq boʻlib oʻtgan jami 109 293 052 soʻm oylik ish haqlari toʻlab berilmaganligi aniqlandi.

Xodimlarni ish haqlarini toʻlab berish yuzasidan tegishli taqdimnoma kiritilib, uning natijasida 149 nafar xodimlarni ish haqlari toʻliq toʻlab berilishi taʼminlandi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi


📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

XALQ ISHONCHINI QOZONAYOTGAN ADLIYA VAKILLARI PRESS TURDA

Muxbir: Hulkar ISMOILOVA🎤

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
10.08.2022/09.00

#Namangan

INSON HUQUQLARI QONUN BILAN HIMOYALANGAN

Muxbir: Hulkar ISMOILOVA🎤
🔶 Prezident qarori ijrosi ta'minlanmoqda!!!

👉 Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi «Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-173-son qarorida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan joriy yilning 1-avgustdan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ham yuridik xizmat ko‘rsatish belgilangan.

👉 Shu sababli, joriy yilning 12-avgust kuni Yangiqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kadrlar bo‘yicha inspektorlariga mazkur qarorni ijrosi hamda mehnat qonunchiligi yuzasidan o‘quv seminari tashkil qilindi.

👉 Seminarda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga markaz xodimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.
149 нафар ишчининг 110 миллоинга яқин ойлик иш ҳақи ундириб берилди

Батафсил 👉 https://hudud24.uz/?p=41543

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/hudud24official
______________________________
#Маҳаллий
❗️Снос қандай тартибда амалга оширилади?

Нодирбек Тиллаев, Адлия вазирлиги бошқарма бошлиғи:


Хусусий мулк битта сабаб — давлат ва жамият эҳтиёжи учун олиб қўйилиши мумкин. Ушбу эҳтиёж учун, аввало, бўш ер майдони қидирилади. Бўш ер топилмасагина, аҳоли мулкига мурожаат қилинади.

Бу масала, дастлаб, маҳаллий кенгашда муҳокама қилинади. Ташаббускор шу ер қанчалик зарур эканини вакиллик органига исботлаб беради. Шундан кейингина Кенгаш аҳоли билан бу масалани муҳокама қилишга рухсат беради.

Ерни олиб қўймоқчи бўлган шахслар (давлат) бу нима учун кераклигини аҳолига тушунтириб беради. Ва улар келтирган сабаблар давлат ва жамият эҳтиёжлари рўйхатида бўлиши шарт.

Бузиши мўлжалланган ҳудуддаги ҳар бир мулкдор рози бўлгач, келишув битими имзоланади. Битимда мулкдор қанча ва қачон компенсация олиши, ер участкаси ёки бинони қачон бўшатиши каби шартлар кўрсатилади.

Бу ерда асосий фактор – мулкдор розилиги ва берилаётган компенсация олиб қўйилаётган мулк баҳосига тенг экани. Мулкдор компенсацияни тўлиқ олиб, мулкни ўз хоҳиши билан тарк этмагунга қадар у жойни бузиш ёки бошқа хатти-ҳаракатларни амалга ошириш мумкин эмас. Акс ҳолда, бу ҳолат маъмурий ёки жиноий жавобгарликка сабаб бўлади.
👍1
#adliya_xabari

Yangi Namangan tumani adliya bo'limi tashabbusi bilan hokim yordamchilarining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida master-klas tashkil etildi.

Mashg'ulotda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni bilan tanishtirildi.

Maqsad adliya bo'limlari bilan ularning aloqalarini mustahkamlash orqali ularning ish faoliyatida huquqiy ko'mak berishdan iborat.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
#Eslatma #Bu_muhim

❗️Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni yangisiga oʻz vaqtida almashtirish yodingizdan chiqmasin!

📌Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin! Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang

📑Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
👍1
🗞 "Namangan haqiqati" gazetasining navbatdagi sonida Namangan viloyati adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi F.Jo'raboyevning "Adliyada Press-tur" nomli, Pop tuman adliya bo'lim boshlig'i B.Alimovning "Ayolning huquqi tiklandi" maqolalari chop etildi.
_____________

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya