Mirzo Ulug‘bek vorislari – Admission
1.17K subscribers
96 photos
16 videos
8 files
69 links
📢 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov kursining axborot kanali

📞 Bog‘lanish: +998 90 177 20 22
✉️ Telegram: @datasciencekonkurs
🌐 Veb-sayt: dscience.uz
📸 Instagram: @dscience.uz
Download Telegram
🏆G‘OLIBLARIMIZNI TABRIKLAYMIZ!

Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida o‘tkazilgan “Sanoat korxonalarining muammolariga qaratilgan HAKATON” tanlovida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science o‘quv kursi talabalaridan tuzilgan jamoalar 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallab, festivalda munosib ishtirok etishdi!

🥇 1-o‘rin — “Vetwatch” jamoasi
• Narzullayev Dilshod
• Oʻktamov Diyorbek
• Hotamov Adham
• Xudoyberdiyev Xumoyunbek

🥈 2-o‘rin — “Tahlilchi” jamoasi
• Quldoshev Otabek
• Musurmonov Behruz
• Xafizadinov Usnatdin
• Hojiakbar Abdulhakimov

🥉 3-o‘rin — “Agro Helper” jamoasi
• Nazirov A‘zamjon
• Dexqonov Muxammadro‘zi
• Jo‘raqulova Munisa

Ushbu yutuqlar — sizlarning mehnat, bilim va jamoaviy ishlash qobiliyatingiz mahsuli.
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science o‘quv kursi barchangizni chin qalbdan tabriklaydi!

Siz bilan faxrlanamiz! Oldinda yana katta yutuqlar kutmoqda!

👨‍💻 Mirzo Ulug’bek Vorislari
Bizni kuzating:
📱 Sayt
📱 Instagram
📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15❤‍🔥6👏4🎉1
#YashilMakon #Ekoharakat #AtrofMuhit #YashilOzbekiston #Ekologiya #KelajakUchin

🌿 “Yashil makon” – milliy harakat! 🌿


🌎 Bugungi kunda butun dunyoda, shu jumladan Oʻzbekistonda ham, iqlim oʻzgarishlarining salbiy oqibatlari yanada yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, choʻllanish, qazilma yoqilgʻilarni behisob ishlatish global isishga va tabiiy ofatlar sonining ortishiga olib kelmoqda.
Bu esa atrof-muhit va aholi salomatligiga jiddiy xavf solmoqda. ⚠️

🌱 Mana toʻrt yildirki, mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi keng koʻlamda amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan ushbu konsepsiya bugungi kunda xalq harakatiga aylanib ulgurdi!

🌳 Har yili koʻp miqdorda koʻchatlar, manzarali va mevali daraxtlar ekiladi, respublika boʻylab yangi yashil bogʻlar barpo etilmoqda.

⚙️ Loyiha nafaqat shaharlarni, balki Orolboʻyi kabi ekologik jihatdan murakkab hududlarni ham qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
🎯 Reja: 2025-yilgacha 444 ta yangi yashil bogʻlar, "yashil belbogʻlar" barpo etiladi!

🥹 Loyiha barchani birlashtiryapti!
Rasmiy institutlar, tashkilotlar va fuqarolar birgalikda harakat qilmoqda!
✔️ 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilindi!

📍 Soʻnggi tadbir:
Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani – navbatdagi “Yashil makon” amaliy aksiyasi!

Bunda:
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi;

🇹🇷 Netcom Toshkent va Bulutiston - ICT bulut bilişim IT kompaniyalari;

🚜 Agrokompleks vakillari;

👨‍💻 Mirzo Ulug‘bek vorislari tayyorlov kursi tyutorlari va pedagoglari birga ishtirok etdilar.


🍎 Tadbirda olma ko‘chatlari ekilib, hamjihatlik va ekologik mas'uliyat namoyon etildi!

🫰 Har bir koʻchat – bu kelajak uchun investitsiya, mehr va masʼuliyat ramzi!

“Yashil makon” loyihasi – bu iqlim oʻzgarishi muammolariga milliy yechim!

Bu loyiha nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz uchun ahamiyatli!

👨‍💻 Mirzo Ulug’bek Vorislari
Bizni kuzating:
📱 Sayt
📱 Instagram
📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9🔥2🎉2❤‍🔥1🥰1🤯1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tech Horizon 2030 texnologik festivalidan efirga uzatilgan reportajda Mirzo Ulug‘bek vorislari tomonidan tashkil etilgan Data Science kursiga alohida urg‘u berildi.

Kadrda — bizning tinglovchilarimiz, ular o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, kurs davomida egallagan zamonaviy raqamli ko‘nikmalar haqida gapirib berishdi.
Ular ishtirok etayotgan startap loyihalari esa to‘liq tarzda kurs ichida ishlab chiqilgan: barcha g‘oyalar, konsepsiyalar va metodik asoslar — bu bizning jamoamiz mehnatining mahsuli. Talabalar esa bu loyihalarning ilk ijrochilari va targ‘ibotchilaridir.

Reportajni tomosha qilishni tavsiya qilamiz — bu bizning maqsadimizning yaqqol ifodasi: ta’lim orqali haqiqiy o‘zgarishlarga erishish.


👨‍💻 Mirzo Ulug’bek Vorislari
Bizni kuzating:
📱 Sayt
📱 Instagram
📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏3🎉1
#AntiCorruptionHackathon2025 #MirzoUlugbekVorislari #Coding4Integrity

0️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣

Vorislar harakatda!
Open Data for Anti-Corruption = AI integrated solutions!


🌐 2–4-may kunlari Yangi O‘zbekiston universitetida o‘tkazilayotgan “Open Data for Anti-Corruption – 2025” xakatonida "Mirzo Ulug‘bek vorislari" – Data analitiklari ishtirok etmoqda!

🎮 Ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha innovatsion yechimlar ishlab chiqmoqda. Loyihalar mentorlar tomonidan baholanadi va bosqichma-bosqich tekshiruvdan o‘tkaziladi.

🏆 G‘olib jamoalar noyob imkoniyatga ega bo‘lishadi —
O‘zbekiston sharafini Xitoy (Gonkong)da bo‘lib o‘tadigan “Coding4Integrity” Osiyo yoshlari uchun mo‘ljallangan antikorrupsion xakatonida himoya qilishadi!

🎯 Maqsad: texnologiya, ochiq ma’lumot va yoshlar salohiyatini birlashtirib, jamiyatda shaffoflikni kuchaytirish!

👨‍💻 Mirzo Ulug’bek Vorislari
Bizni kuzating:
📱 Sayt
📱 Instagram
📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥85🔥5🎉1🤩1💯1🏆1👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xakatonda vorislar: Fikr, g‘oya va natijaga yo‘l!

📣 “Open Data for Anti-Corruption – 2025” Xakatoni boshlandi!
📍Joyi: Toshkent shahri, Yangi O‘zbekiston universiteti
🗓 Sana: 2024-yil 2–4-may
📥 Ishtirokchilar soni: 150–200 nafar

💻 Uch kunlik marafon davomida IT mutaxassislari, talabalar va yosh tadbirkorlar korrupsiyaga qarshi kurashga oid innovatsion g‘oyalar ustida ishlashadi!

Dasturdan asosiy lahzalar:

2️⃣may (juma)
15:00 – Tantanali ochilish marosimi
15:30 – Xakaton qoidalari va mentorlar tanishtiruvi
15:30–18:00 – Jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazish

3️⃣may (shanba)
10:00 – Loyihalar ustida ish boshlanishi
14:00–20:30 – Mentorlar bilan maslahatlar, 2-check-pointdan o‘tish
18:00 – Kechki ovqat
19:30 – Kechki ish bosqichi

4️⃣may (yakshanba)
11:30 – Yakuniy ishlar va 3-check-point (kodlar topshiriladi)
14:00 – Taqdimotlar
17:30 – G‘oliblarni aniqlash va taqdirlash 🏆

🎯Maqsad: korrupsiyaga qarshi ochiq ma’lumotlar asosida texnologik yechimlar ishlab chiqish.

👨‍💻 Mirzo Ulug’bek Vorislari
Bizni kuzating:
📱 Sayt
📱 Instagram
📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10🥰3❤‍🔥2🤩1💯1
Bizning talabalar — yana cho‘qqida!

2025-yil 7-may kuni bo‘lib o‘tgan “IT Career Event – 2025” tanlovida faxr bilan e’lon qilamiz:
Mannabboyev Yahyobek 1-o‘rinni,
Rustamov Ibroxim esa 3-o‘rinni egalladi!

Tanlovda IT sohasidagi uchta yo‘nalish — Software, Hardware, va Analytic bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi. G‘oliblar noutbuk, smartfon va aqlli soat kabi sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bu yutuq — “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov kursining amaliy bilim va kuchli tayyorgarligi natijasi.
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va IT yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

IT — bu kelajak, biz esa bu kelajakni birga quramiz!


👨‍💻 Mirzo Ulug’bek Vorislari
Bizni kuzating:
📱 Sayt
📱 Instagram
📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15🥰5👏4💯2🎉1