Tashlab ketmang
Shu kunlarda menga "Birinchi ishimni qanday topsam bo‘ladi?", "Kursni tugatganman, ammo ish topolmayapman" mazmunidagi gaplar bilan murojaat qilishyapti.
Jigarlar, bir narsani yodda tuting. Hech qayer yoki hech kim sizga ish kafolatini bermaydi. Ish topishda na bilim, na tajriba birlamchi bo‘la oladi. Qancha dasturchilarni ko‘rdik, tajribalilari turib, tajribasizlarining ishga kirganini. Bu holat faqat sizda emas, hattoki senior dasturchilarda ham kuzatiladi. Agar yozilmagan bo‘lsa, 4-5 yillik tajribali dasturchi bo‘lsangiz ham shunchaki 6 oy ishsiz qolishingiz mumkin. Bu kabi vaziyatlarni oddiy qabul qilishingiz kerak.
Siz ko‘rgan katta dasturchilarning hammasidan birma-bir so‘rab ko‘ring. Ularning hech biri birinchi ishini kursni tugatiboq topmagan, yillar ketgan. Miyangizdan "kursni tugatishim bilan ishga kiraman" degan fikrni chiqarib yuboring.
Yechim bitta - tashlab ketmang! Ba’zi tanishlarim ish topa olmagani uchun tashlab ketishgan. Ishoning, sabr qilsangiz, kirasiz o‘sha ishga bir kuni. Tog‘dan tashlangan toshning yerga tushishi aniq. Faqat, gap uning qachon tushishida. O‘sha tushish davrida sabr qilib, o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamasangiz bas.
Aytgancha, 3-4 ta recruiter ga yozib, reject olganingizda, o‘zingizdan depressiyaga tushgan odamni yasamang, kino qilib. Birorta joyni bitirdingizmi, kamida 20 ta joyga topshiring. O‘sha kompaniya bilan bog‘liq bo‘lgan yoki u yerda ishlovchi shaxslarni LinkedIn dan qidiring. Ulardan ishga tavsiya qilishlarini so‘rang. Tavsiya qilinganlarni esa kompaniya birinchi bo‘lib ko‘rib chiqadi. Eng zo‘r yechim shu.
Xullas, ishlaringizga omad, siz kutgan kun sizni ham kutyapti. Muhimi - tashlab ketmang. Postni tashlab ketganlarga yuborib qo'ying )
@mukhammadkarim_tukhtaboev

🔥62👍17😁7❤5💯5⚡1
Forwarded from Digital.edu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda birinchi marotaba "Ping Pong Dev" turniri oʻtkazildi
📖 Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi homiyligida Umar Sadullaev tashabbusi bilan faol IT inflyuenserlar ishtirokida "Ping Pong Dev" stol tennisi turniri boʻlib oʻtdi.
🏓 Stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan ushbu turnirda 16 ta dasturchi inflyuenserlar ishtirok etdi:
🏆 Yakuniy natijalarga koʻra Javohir Berdiyev turnir gʻolibi boʻldi.
⚜️ Turnir haroratini videolavhamizda tomosha qiling!
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
1. Umar Sadullayev
2. Khondamir Abdukhoshimov
3. Zohidjon Akbarov
4. Abbos Xazratov
5. Ulugbek Samigjanov
6. Eldor Ergashov
7. Alisher Tojiev
8. Javohir Akramjonov
9. Javohir Berdiyev
10. Elbek Normurodov
11. Ikramov MuhammadMubiyn
12. Akobir Abduganiyev
13. Bobosher Musurmonov
14. Muhammadkarim Tuxtaboyev
15. Saud Abdulwahed
16. Shahzod Tursunov
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤2🔥2🤝1
.NET Dasturchi (Middle+/Senior) qidirilmoqda
Texnik Talablar:
- C# / ASP.NET / EF Core bo'yicha chuqur bilim.
- SQL va biror RDBMS (PostgreSQL, Oracle, SQL Server) bo‘yicha chuqur bilim.
- Redis, RabbitMQ, MinIO bilan ishlash tajribasi.
- Git / GitHub bilan ishlashda yuqori darajadagi bilim.
- Unit / Integration testlar bilan ishlash olishi.
- Docker / Kubernetes / AWS / Azure bo'yicha tajriba yuqori baholanadi.
Takliflarimiz:
- Zamonaviy ofis (metroga yaqin).
- Sertifikatlashni qo‘llab-quvvatlash (Microsoft, AWS);
- Ichki o‘quv dasturlari va mentorlik.
- Raqobatbardosh maosh + bonuslar.
Resume: @hr_webase

👍21🔥3❤2
Shok xabar, ko'ngli bo'shlar o'qimasin!
Aytishlaricha, mahallamiz asfalt bo'layotgan emish!
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Aytishlaricha, mahallamiz asfalt bo'layotgan emish!
@mukhammadkarim_tukhtaboev
😁35🤣22🔥7😱5🏆5👍2👏1
Musiqa tinglab kod yozish
Bugun sizlarga dasturchilar uchun tanish bo'lgan holat - musiqa tinglab ish qilish haqida aytib bermoqchiman.
E'tibordan chetda qolgan, ammo judayam muhim mavzu hisoblanadi. Chunki, bu jarayonni noto’g’ri yo’lga qo’yish ish samaradorligiga yaxshigina ta’sir qilishi mumkin. Ba'zilar shunchaki jim-jitlikda kod yozishni xohlaydi, ba'zilar esa musiqa sadosi ostida. Musiqa va dasturlashni yaqindan tushungan inson sifatida bu mavzuga chuqurroq kirib ko'rdim. Bu post esa aynan musiqa tinglab ish qiluvchilar uchun.
Maqsadingiz ishingizga fokus qilib, miyangizni bir joyga qo'yish, to'g'rimi? Demak, siz aqlingizni chalg'itadigan kuylardan, ovozlardan qochishingiz kerak. Ayniqsa, loyihaning mantiqiy qismlarida ishlayotganingizda.
1. Qo'shiq tinglamang. Sababi, qo'shiqda so'zlar, ma'no bo'ladi. So'z bo'lgan joyda miya ishlaydi, uni tushunishga harakat qiladi. Bu esa miyangizni bir qismi qo'shiqqa qaratilishini bildiradi.
2. Ma'no musiqada ham bo'lishi mumkin. Matni bo'lmasa ham ma'no bo'lishi mumkinmi degan savol tug'iladi. Ha, albatta. Shunday musiqalar borki, ularda ma'no to'la, huddi o'zining tilida nimalardir degandek bo'ladi. Bu turdagi musiqalardan domlalar o'z maruzalarida yoki mazmunli suhbatlar, she'rlar ostida foydalanishadi. Bu turdagi musiqalarni tinglaganingizda miyangiz ishlaydi, xotiralarni eslatishi mumkin.
Namuna:
- https://www.youtube.com/watch?v=9vIcR9BvS1U
- https://youtube.com/watch?v=k0VcX4BvOrc&t=65s
- https://www.youtube.com/watch?v=xFdm-IDvaDU
3. Ma'nosiz musiqalar siz uchun yaxshiroq. Bir xil tempda, tebranishda davom etadigan musiqalar sizga yordam bera oladi. Bu huddi, soatning chiqqillashiga o'xshaydi. Nafaqat musiqa, bir xil tebranishga ega bo'lgan istalgan jarayon miyaga yoqimli bo'ladi. Bolalarni uxlatishda beshikning tebranishi yordam bergani kabi.
Namuna:
- https://www.youtube.com/watch?v=M5QY2_8704o
- https://www.youtube.com/watch?v=mhNg55_IYiw
- https://www.youtube.com/watch?v=-sZqtdT-GVw
Ba'zida ma'nosiz narsalar ma’noli narsalarni tug’ilishiga hizmat qiladi.

💯29👍22🔥7😁3❤2⚡1
Dasturlashni ustozimiz Qudrat akadan o'rganing!
Qudrat aka o'zini "Dasturlash bo'yicha eng kuchli ustoz" deb ayta olmabdi. Eng kuchli ustozligini shaxsan men tasdiqlayman. Siz tanigan ko'plab katta dasturchilar boshlang'ich dasturlashni Qudrat akadan o'rgangan. Agar siz foundation bo'yicha kurs izlab yurgan bo'lsangiz, siz uchun eng zo'r tanlov.
Men:
"Qudrat aka dasturlash bo'yicha eng kuchli ustoz!".
Saidolim aka:
"Qudrat aka kompyutersiz dasturlashni o'rgata olgan inson!"
Sardor og'a:
"Dasturlash bo'yicha bunday katta tajribaga ega ustoz hech qayerda yo'q, ishonavering, borlari ham dars bermaydi."
Kurs haqida batafsil: https://t.iss.one/QudratAbdurahimov/475

👍23❤4🔥3
DevOps sohasi 2025-yilda o’rganish kerak bo’lgan top kasblar qatorida.
So’ngi paytlarda mendan DevOps chi so’raydiganlar soni ancha ortdi. Ammo nomzod topishda qiynalaman. Tanishlarimning esa bir dunyo ishlari bor. DevOps bo’yicha kurslar o’tilayotganini eshitdim. Boshqa qayerda bunday kurs borligini bilmayman to’g’risi.
Havola:
https://t.iss.one/fintechhubuz/1250
Juda qiziqarli va jiddiy kasb. Maoshlari ham jiddiy ))

👍8❤5🔥2
O’zimiznikilar “Daydi Shamol” nomli kino olishibdi.
Asosiy qahramon (haker):
- Men JavaScript da yozaman.
Asal Shodiyeva (haker):
- Men Assembler da yozaman. Script Kitty ekansizlarku ))
O’zining yo’nalishi bo’yicha ajoyib kino bo’libdi. Youtube ga qo’yilganda ko’rarsizlar 😅 Bu postni JS chilarga yuborib qo’ying.

🤣54🔥7😁6👍2
Forwarded from Janob Musayev | Engineering Life
Karyerada bo’yiga va eniga o’sish
Kecha Jahongir aka “Dasturchilar uchun menejer bo’lish lavozim oshishi emas...” deb yozibdi. Bu fikr shubhasiz yarim to’g’ri. Negaligini esa batafsil tushuntirishga harakat qilaman.
Lavozimlar narvon shaklida emas
Ko’pchilik korxonadagi lavozimlar strukturasi haqida o’ylaganda uni faqat tepaga ketgan narvon shaklda tasavvur qiladi. Lavozim oshishi uchun esa, shu narvondan pog’onama-pog’ona chiqish kerak deb hisoblanadi. Ingliz tilida “going up the career ladder” degan jumla ham bor.
Lekin aslida lavozimlar narvon shaklida tuzilmagan, ayniqsa yirik bigtech kompaniyalarda. U ko’proq piramidaga o’xshaydi. Ya’ni u yerda ham bo’yiga, ham eniga o’sish imkoniyati bor. Faqat bir jihati, o’sish davomida ular bir-biridan uzoqlashmaydi, aksincha ikkalasi ham markazga qarab yuradi.
Kompaniyaga yangi kelgan va karyerasini endi boshlagan paytingizda (men ham shu qatori) esa piramidaning eng quyi burchagiga joylashasiz. Sizda esa o’sish yoki lavozim oshishiga harakat qilishning esa ikki xil yo’li bor: eniga qarab markazga yoki tepaga.
Eniga o’sish
Jahongir aka fikri nega yarim to’g’ri ekanini allaqachon tushungan bo’lsangiz kerak. Ular ham aslida “O’sish faqat bo’yiga emas, eniga ham bo’lish mumkin” demoqchi bo’ldilar.
Eniga o’sish sizning bilimingiz, tajribangiz, muammolarni yecha olish va boshqa qattiq ko’nikmalaringiz (hard skills) orqali amalga oshadi. Dasturiy muhandislik borasida bu Software Engineer, Software Engineer II, Senior Software Engineer, Lead, Principal, Distinguished va hokazolarga bo’linib ketadi. Har xil kompaniyalarda bu har xil nomlanadi. Lekin odatda 7-8 darajadan iborat bo’ladi.
Men masalan, L1 darajadaman. L4 darajaga chiqish esa o’rtacha 5+ yil vaqt oladi. Undan uyog’i taxminan har bir daraja 5 yildan 😐
Eniga o’sishda ham aytganimdek markazga qarab yuriladi, ya’ni unda ham ko’proq odamlar bilan ishlashingizga, ko’proq narsalarga javob berishingizga, ko’proq asabingizni sarflashga majbur bo’lasiz. Faqat asosiy farqi, eniga o’sishda boshqalarni boshqarishga (rasman) javobgar bo’lmaysiz.
Menejerlik haqida ikki og’iz
Bo’yiga o’sishga o’tishdan oldin menejerlikka o’tish har doim ham bo’yiga o’sishni anglatmasligini eslatib ketish kerak. Product Manager, Program Manager, Scrum Manager kabilar menejer sifatida odamlarni emas, boshqa narsalarni boshqarasiz.
Dasturchilikdan bu kasblarga o’tish, shubhasiz, umuman boshqa yo’nalishga o’tishni anglatadi.
Bo’yiga o’sish
Bo’yiga o’sishni ortiqcha tushuntirishga hojat yo’q. Lekin uning eng asosiy 2ta shartini aytib ketish kerak:
1. Bo’yiga o’sish davomida siz, albatta, odamlarni boshqarishga javobgar bo’lib borasiz. Qanchalik o’sgan sari javob beradigan odamlaringiz ham shunchalik ko’payadi
2. Yuqoriga o’sishda markazlashish majburiy bo’ladi. Ya’ni aytganimdek lavozimlar strukutrasi piramida, to’g’ri to’rtburchak emas. Shuning uchun ham oldinroq ham faqat “tepaga” deb ketdim “tepaga qarab markazga” emas.
Bulardan esa yana ba’zi xulosalar kelib chiqadi:
1. Tepaga qarab yurganingiz sari kenglik torayib, lavozimlar ahamiyati tenglashib boradi. Masalan, CFO, CTO, CIO, COO, CMO hammasi teng va CEO ga hisob beradi. CEOda esa solishtiriadigan odamning o’zi yo’q :)
2. Yuqoriga qarab yurishni tanlasangiz, oxirgacha faqat yuqoriga qarab intilish yo’li qoladi xolos
Hali aytadigan gaplar ko'pku, lekin hozircha shu yerda to'xtagan ma'qul.
Xulosa va maslahat o'rnida esa
P.S: Keyingi postda qattiq va yumshoq ko'nikmalar haqida batafsilroq yozaman
@Janob_Musayev

Eniga o'sish sharti — qattiq ko'nikmalar (hard skills) kuchayishi yoki tabiiy kuchli bo'lishi. Bo'yiga o'sishda esa yumshoq ko'nikmalar (soft skills) o'rni asosiy rolda. Qaysi tomonlama iste'dodingiz va qiziqishingiz baland ekaniga qarab o'sish yo'nalishini tanlash mumkin.#career_life #engineering_life #postbase
P.S: Keyingi postda qattiq va yumshoq ko'nikmalar haqida batafsilroq yozaman
@Janob_Musayev
👍17🔥4❤2
Forwarded from Otabek’s I/O
Promotion oldim 🎉
Dropbox'da ish boshlaganimga ko'p bo'lmadi. Shu paytgacha Core Team a’zosi sifatida 2 ta katta loyiha ustida 2 jamoa bilan ishladim: Network Engineering Team va Infrastructure Team.
Ha Big Tech'da (hammasida ham emas) siz asosiy va qo'shimcha loyiha sifatida yana bir loyiha bilan ishlasangiz bo'ladi va biz uni ToD (Tour of Duty) deb ataymiz.
Polshada hiring juda ko'paydi va bu interviewer bo'lish uchun zo'r imkoniyat ochdi. Hozirgacha 5 ta interview o'tkazdim. 2 tasida shadow va 3 ta interviewer sifatida. Yaxshi tomoni ko'p narsa o'rgandim. Yomon tomoni men o'tkazgan intervyulardan kandidatlar yaxshi perform qila olishmadi (yaxshi kandidat uchramadi).
Sizni o'sishingiz doim ham siz ishlayotgan loyihaga bog'liq emas, balkim menejeringizga ham juda katta bog'liqligi bor. Meni omadim kelib, yaxshi menejerlar uchrab qoldi. Va bugun ularni menga bergan yordamlari bilan Staff Software Engineer (IC5) lavozimiga ko'tarilayabman (Avgust oyidan).
Yaxshi loyihada ishlash yaxshi, ammo loyihani o'sishini (company impact) va loyiha menejerini jamoaga bo'lgan e'tiborini ham inobatga olish juda muhim ekan. Shuning uchun intervyuda faqat kompaniya/menejer sizni emas, siz ham kompaniya/menejerni intervyu qilishingiz muhim.
To'g'risi, agar kimdir "24 yoshingda Staff Software Engineer bo'lib ishlaysan" deyishsa "qo'ysangizchi-ye" degan bo'lardim.
Yig'ilgan tajribalarni esa tez kunlarda42.uz va otabek.io da bo'lishib o'tamiz.

Yig'ilgan tajribalarni esa tez kunlarda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🔥7❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zimda mavjud qobiliyatlardan imkonim borida va imkonim boricha foydalanishni boshladim. Hatolari bo’lsa, oldindan uzr so’rayman.
Oxirini eshitib, o’zimni istiqlol san’at saroyida konsert berayotgandek his qildim 😅
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Oxirini eshitib, o’zimni istiqlol san’at saroyida konsert berayotgandek his qildim 😅
@mukhammadkarim_tukhtaboev
🔥53😁30👍19❤🔥6❤5👎4👀2🤝1
Janob Panda
O’zimda mavjud qobiliyatlardan imkonim borida va imkonim boricha foydalanishni boshladim. Hatolari bo’lsa, oldindan uzr so’rayman. Oxirini eshitib, o’zimni istiqlol san’at saroyida konsert berayotgandek his qildim 😅 @mukhammadkarim_tukhtaboev
Microsoft 6000 ta ishchini ishdan bo’shatganini bunga aloqasi yo’q 😆😂
😁56🤣31🤩4🤓1
Toshkentni havosi ifloslanganidan xursand emasman, lekin so’ngi paytlarda kitoblar tilga kirishni boshlagani meni xursand qilyapti )
@mukhammadkarim_tukhtaboev
@mukhammadkarim_tukhtaboev
👍56❤11🔥9⚡5
Janob Panda
🥋🥋🥋 Mana bugun belbog'ni ham yangiladik. 😄 Qizil bu Middle degani :) @mukhammadkarim_tukhtaboev
🥋🥋🥋
Mana bugun belbog'ni ham yangiladik. 😄
Jigarrang bu Strong Middle degani :)
Yuzimga e’tibor bermaysizlar, belbog’ rangi bilan bir xil bo’lib qolibdi. Qirg’izistonga sayohat mahsuli bu 😄
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Mana bugun belbog'ni ham yangiladik. 😄
Jigarrang bu Strong Middle degani :)
Yuzimga e’tibor bermaysizlar, belbog’ rangi bilan bir xil bo’lib qolibdi. Qirg’izistonga sayohat mahsuli bu 😄
@mukhammadkarim_tukhtaboev
🔥43🤩6❤5👏4👍3😁3❤🔥2⚡1
Eshitib baxo beringlarchi, layk va komment bilan qo’llab quvvatlab yuborsangiz degandim. Shunchaki olovcha bo’lsa ham ))
https://www.youtube.com/watch?v=gEpSvEbcHJo

YouTube
Muhammadkarim To'xtaboyev - Yaxshi bo'ldi (audio 2025)
▸ Subscribe: https://www.youtube.com/nevotv?sub_confirmation=1
• Credits:
Music: Muhammadkarim To'xtaboyev
Lyrics: Guljamol Asqarova
Arranger: Rustam Muhammadiyev
▪️ Follow Muhammadkarim To'xtaboyev
https://www.instagram.com/mukhammadkarim_tukhtaboyev/…

👍39🔥23👎12❤🔥7❤3👏3
Janob Panda
Eshitib baxo beringlarchi, layk va komment bilan qo’llab quvvatlab yuborsangiz degandim. Shunchaki olovcha bo’lsa ham )) https://www.youtube.com/watch?v=gEpSvEbcHJo
Shu yana 1-2 oy sport va san’atda aktivroqman. Undan keyin yana IT da zo’r yangiliklar bilan qaytaman. Rejalari tayyor ))
❤14🔥10👍7🤣4👏2