“Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin!”
⚔️ Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, iqtidorli me’mor va notiq - Amir Temur tavalludiga 688 yil to‘ldi. Ismi tilga olinganda iroda, matonat, vatanparvarlik timsoli sifatida namoyon boʻluvchi buyuk bobokalonimiz 1336-yil, 9-aprelda Kesh(hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinida, Amir Tarag‘ay oilasida dunyoga kelgan.
🗡 Boshqaruv yillari davomida Amir Temur feodal tarqoqlikka barham beradi, Fransiya, Angliya, Kastiliya kabi yirik Ovrupa qirolliklari bilan savdo-diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy rivoji, anʼanalarini qayta tiklash uchun oʻzining ulkan hissasini qoʻshadi.
⚡️ Davlat arbobining ibratli hayot yoʻli, adolat tamoyili asosidagi boshqaruv faoliyati yosh avlod uchun oʻrnak boʻlib, ularda faxr hissini uygʻotadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar!
🌙 Qalblarga iymon nurlarini yogʻdirgan muqaddas Ramazon Hayiti bilan Sizni va yaqinlaringizni samimiy muborakbod etamiz!
🌙 Ushbu ulugʻ ayyomda Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik, ezgu niyatlaringiz ijobatini tilaymiz! Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz doimo musaffo boʻlsin!
🌙 Hurmat bilan Mirzo Ulug'bek Maktabi jamoasi.
✈️ Telegram |🔹 Instagram
📒 Facebook | 🔹 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ariza berish uchun @MrAstronom ga jamoangiz aʼzolari va jamoangiz nomini yuboring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BIZNING_SHUNDAY_USTOZLARIMIZ_BOR
MATEMATIKA FANIDAN JAHON OLIMPIADALARI CHEMPIONI.
Jasurbek Imomov 2016-yilda Buvayda tumani 2-VIDUMI ni tamomlagan. Hozirda O‘zMU matematika yo‘nalishi 1-bosqich magistranti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab matematika fani o‘qituvchisi.
✅ 2014-yil Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada yakka va jamoaviy bahslarda ikki karra kumush medallar
✅ 2018-yil Qozog‘istonda o‘tkazilgan Jautikov nomidagi xalqaro olimpiadada bronza medal
✅ 2018-yil MY5 telekanali VUNDERKIND ko‘rsatuvida mutloq g‘olib bo‘lib 50 000 000 so‘m pul mukofotini
✅ 2019-yil Qozog‘istonda o‘tkazilgan Jautikov nomidagi xalqaro olimpiadada kumush medal
✅ 2019-yil Angliyada o‘tkazilgan 60-Xalqaro olimpiadada bronza medal
✅ 2021-yil har yili Bolgariyada dunyo oliygohlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada oltin medal
✅ 2022-yil xuddi shu olimpiadada qatnashib kumush medalni qo‘lga kiritgan.
✅ 2020-yil "Mard o‘g‘lon" Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
✈️ Telegram |🔹 Instagram
📒 Facebook | 🔹 You Tube
MATEMATIKA FANIDAN JAHON OLIMPIADALARI CHEMPIONI.
Jasurbek Imomov 2016-yilda Buvayda tumani 2-VIDUMI ni tamomlagan. Hozirda O‘zMU matematika yo‘nalishi 1-bosqich magistranti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab matematika fani o‘qituvchisi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12 aprel kosmonavtlar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Koinot va ilm" nomli interaktiv tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Astronomiya instituti direktori o‘rinbosari Tillayev Yusufjon ochib berdilar. Mirzo Ulug‘bek maktabiga tashrif buyurgan mehmon tomonidan o‘quvchilarga astronomiyada o‘zbek uchuvchilari haqida qiziqarli maʼlumotlar aytib berdilar. Tadbirning asosiy qismida 11-sinf o‘quvchilari o‘zlari ixtiro qilgan raketani uchirish tajribasini o‘tkazdilar. Tajriba muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Undan so‘ng o‘quvchilar o‘rtasida «Quest» musobaqasi o‘tkazildi. Bunda o‘quvchilar yashirilgan savollar orqali krossvord javoblarini va kalit so‘zni topdi. Tadbir yuqori kayfiyatda yakunlandi.