#Soʻnggi_qoʻngʻiroq

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bugun so'nggi qo'ng'iroq tadbiri bo'lib o'tdi.

✔️ Ushbu tadbirda bitiruvchi sinf o'quvchilarimizning ota-onalari, maktabimiz o'qituvchilari va o'quvchilar qatnashishdi.

✔️ Tadbir boshida maktab direktori Olimjon To'ychiyev so'zga chiqib, bitiruvchilarni katta hayotga qo'ygan birinchi qadamlari bilan tabrikladi. Shuningdek, har doimgi ana'na davom ettirilgan holda eng bilimdon o'quvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

🎗 Tadbir ko'tarinki ruhda kuy va qo'shiqlar bilan qizg'in o'tkazildi.

👉Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook👈
#Infografika
#press

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab matbuot va jamoatchilik bilan ishlash xizmatining 2021–2022-o'quv yilidagi faoliyati bo'yicha infografika.

☑️ Mirzo Ulug'bek maktabi media, matbuot va jamoatchilik bilan ishlash xizmati.

👉Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook👈
#Repost

❗️ESLATMA!

⚡️Assalomu aleykum hurmatli kanalimiz obunachilari, sizga shuni mamnuniyat bilan xabar qilmoqchimizki, bugundan Mirzo Ulug'bek maktabining rasmiy murojaatlar boti @Muimiuz_bot ishga tushirildi.

✔️ Ushbu bot orqali siz maktabimiz haqidagi o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarni yuborishingiz mumkin. Biz ushbu bot orqali sizning savol va murojaatlaringizga imkon qadar tez va aniq javob berib boramiz.

🎗 Hurmat bilan Mirzo Ulug'bek maktabi jamoasi!

👉Veb-sayt| Telegram| Instagram| Facebook👈
#Pedagogik_kengash

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bugun 2021-2022-o'quv yili yakuni bo'yicha pedagogik kengash bo'lib o'tdi.

✔️ Yig'ilishda ushbu o'quv yili davomida yaxshi ishlagan eng ilg'or ustozlar, pedagog tarbiyachilar va boshqa ishchi xodimlar ham maktab direktori Olimjon To'ychiyev tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

✔️ Pedagogik kengashda o'quv yili davomidagi erishilgan yutuqlar va kamchiliklar sarhisob qilinib, keyingi o'quv yili uchun yangi rejalar tuzildi.

🎗 Yig'ilish barchaning yuzida iliq tabassum bilan yakunlandi.

👉Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022
#Videobayonot

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilar qaysi fanlardan imtihon topshiradilar?

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga o'qishga hujjat topshirgan 6-sinf bitiruvchilari matematika va ingliz tili fanlaridan imtihon topshirishadi.

❗️Hurmatli kanalimiz a'zolari, Mirzo Ulug'bek maktabiga 2022-2023-o'quv yili uchun hujjatlar qabuli hali boshlanmadi. Boshlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda e'lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

👉Telegram | Instagram | Facebook👈
Diqqat e'lon!

Bugun, 16-iyun kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident universiteti vakillari ishtirokida onlayn video muloqot bo'lib o'tadi.

🔰 Siz:
universitet tuzilmasi, fakultet va yo'nalishlar;
qabul kvotalari;
imtihon jarayonlari;
grant ajratish tartibi;
universitet tuzilmasida amalga oshirilayotgan islohotlar
haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishingiz va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin;

📲 Video muloqot universitetning TELEGRAM tarmog'idagi sahifasida bo'lib o'tadi.

Vaqt: 16:00
👉 Ulanish uchun

—————————————————

🏃 Shoshiling, arizalar joriy yilning 20-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot
#Qabul_2022

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug’bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga turli viloyatlardan o’quvchilar o’qishga hujjat topshira olishadimi?

Mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga o’quvchilar yurtimizning barcha hududlaridan o’qishga hujjat topshirishlari mumkin.

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Bitiruvchi_2022

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf bitiruvchilariga bitiruv attestatlari topshirildi.

✔️ Maktabning eng bilimdon va namunali ikki nafar bitiruvchilari Azamat Rustamov hamda Gulbahor Nortojiyevalar oltin medal bilan taqdirlanishdi.

🎗 Bitiruvchilarga omad tilab, kelgusida yuksak marralarga erishishlarini tilab qolamiz.

👉Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook👈