Marg'ilon shahar hokimligi
2.2K subscribers
18.1K photos
1.9K videos
50 files
4.99K links
Марғилон шаҳар ҳокимлиги расмий канали

Раcмий веб сайт: 👉 www.margilan.uz

facebook: 👉 https://www.facebook.com/Марғилон-шаҳар-ҳокимлиги-Ахборот-хизмати-123306442401187/

Мурожаат гуруҳи: 👉 https://t.iss.one/joinchat/KvNBt1LUOiYZOAy93_64bQ
Download Telegram
Вилоятимизнинг 36 нафар фахрий велоспортчилари “Фарғона – Бухоро – Қорақалпоғистон” йўналиши бўйича сафарга отландилар

Фарғоналик бир гуруҳ нуроний отахонлар соғлом турмуш тарзини ва оммавий спортни аҳоли орасида кенг тарғиб этиш мақсадида бугун эрта тонгдан “Фарғона – Бухоро – Қорақалпоғистон” йўналиши бўйича ташкил этилган веломарафонда йўлга чиқдилар.

Фарғона шаҳридаги “Само” спорт мажмуасида ўтказилган веломарафонга старт бериш тадбирида вилоят ҳокимининг ўринбосари Шерзодбек Раҳимов ҳамда вилоят спорт бошқармаси бошлиғи Нодирбек Ҳакимовлар иштирок этди.

Батафсил: https://fergana.uz/site/view/news/11383746

Fergana.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram | Twitter
#ijodiy_olimpiada
#2_kun

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILAYOTGAN IJODIY OLIMPIADA ISHTITOKCHILARI ERKIN VOHIDOV HAYKALI POYIGA GUL QO‘YISH JARAYONLARIDAN LAVHALAR


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
#Ijodiy_olimpiada
#taqdirlash_marosimi

ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA BOSHLANGAN IJODIY OLIMPIADA YAKUNLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son-qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ijod maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarni vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash,

o‘zbek adabiyoti va tarixini chuqurroq o‘rgatish, o‘z iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ikki bosqichli “Ijodiy olimpiada” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘quvchilar o‘zlarining go‘zal kuy, qo‘shiq, raqslari, qiziqarli sahna ko‘rinishlari, tarjima asarlari, ayni Navro‘z bayramini madh etuvchi go‘zal she'rlari hamda ota-onalariga yozgan dil izhor maktublari bilan bayramga o‘zgacha mazmun, o‘zgacha shukuh, bayramona kayfiyat baxsh etishdi.

Uzoq bahslardan so‘ng yakun topgan tanlov shartiga hamda hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra:

8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni - RUSTAMBAYEVA NIGINA DONIYOROVNA - Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi;

2-o‘rinni - G‘OFURJONOVA ZILOLA MUZAFFAR QIZ - Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni - KAMOLIDDINOVA HOJIRA ABDUMALIK QIZI – Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni - ALIJONAVA RAYYONA AKMAL QIZ - Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

2-o‘rinni - MINGBOYEVA ZULXAYO ULUG‘BEK QIZI – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni - SAFAROVA SHAHLO SODIQ QIZI - Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi egalladi.


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈