Marg'ilon shahar hokimligi
2.2K subscribers
18K photos
1.89K videos
50 files
4.97K links
Марғилон шаҳар ҳокимлиги расмий канали

Раcмий веб сайт: 👉 www.margilan.uz

facebook: 👉 https://www.facebook.com/Марғилон-шаҳар-ҳокимлиги-Ахборот-хизмати-123306442401187/

Мурожаат гуруҳи: 👉 https://t.iss.one/joinchat/KvNBt1LUOiYZOAy93_64bQ
Download Telegram
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Marg‘ilon shahridagi aholi hamda ulgurji iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan joriy yil uchun belgilangan rejaga asosan past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, shaharning "Yoyilma" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 325-sonli transformator punkti va undan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlari ham mukammal ta’mirlanmoqda.

Ta’mirlash ishlari vaqtida nosoz izolyatorlarni yangisiga almashtirish, salqi simlar tarangligini rostlash hamda daraxt shoxlaridan tozalash ishlari bajarilmoqda.

Hududlarda elektr ta’minotini yaxshilash, elektr qurilmalari va elektr uzatish tarmoqlarini ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

t.iss.one/farhetk_admin
175-SONLI HAMDA 69-SONLI TRANSFORMATOR PUNKTLARI TA'MIRLANDI

Marg‘ilon shahar elektr ta'minoti korxonasi tomonidan joriy yil boshida rejalashtirilgan past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini joriy va mukammal ta'mirlash ishlari davom etmoqda.

Jumladan, shahardagi 175-sonli hamda 69-sonli transformator punktlarida mukammal ta'mirlash ishlari bajarilmoqda.

Ta'mirlash jarayonida mutaxassislar tomonidan mazkur transformator punktini moy sathini rostlash, bo‘yoqlash, 0,4 kVli chiqish qismini to’liq yangilash, montash qilish ishlari olib borilmoqda.

t.iss.one/farhetk_admin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼnaviyat_festivali
#Fargʼona

"Ma'naviyat festivali" doirasida Margʻilon shahrida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etishda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosining roli” mavzusida oʻtkazilgan o‘quv-seminardan videolavha.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Maʼnaviyat_festivali
#Fargʻona

Margʻilon shahrida “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” doirasida "Maʼnaviyatli oila" tadbirlari bo’lib o’tmoqda.

Tadbir davomida Margʻilon shahridagi Guliston, Zuxro, Nadirmat, Qirguli MFYlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
#Maʼnaviyat_festivali
#Fargʻona

Marg’ilon shahridagi 23-maktabda Guliston, Zuxro, Qirguli, Nadirmat hamda Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inlari aholisi uchun “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida boʻlib oʻtayotgan “Ma’naviyat festivali” tadbiridan foto lavhalar.
#Maʼnaviyat_festivali
#Fargʻona

Marg’ilon shahridagi Saxovat MFYda Uvaysiy, Sholdirama, Miltiqsoz, Ipakchi mahalla fuqarolar yig’inlari aholisi uchun “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” doirasida "Maʼrifatli oila" tadbiri oʻtkazildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook