Milliy rassomlik va dizayn instituti | RASMIY |
3.79K subscribers
28K photos
962 videos
197 files
5.34K links
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining rasmiy sahifasi

• Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi, 123-uy
Download Telegram
❗️ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!❗️

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 2023/2024 o‘quv yilida yangi ochilgan San’atshunoslik (san’at jurnalistikasi) ta’lim yo‘nalishiga abituriyentlarni chorlab qoladi!

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari:
✔️ davlat va nodavlat tashkilotlari, muzey, galereyalarda san’atshunos sifatida ilmiy xodim bo‘lib ishlashi;
✔️teleradio kompaniyalarida san’atshunos-jurnalist, matbuot kotibi yoki media sohasida jurnalist sifatida faoliyat yuritishi;
✔️san’at jurnalistikasi sohasida tashkiliy-boshqaruv faoliyatini, badiiy tanqidchilik va fashion media sohasida faoliyat olib borishi;
✔️teleradio sohasida me’morchilik, tasviriy san’at, dizayn, fashion yo‘nalishlarida turli ko‘rsatuvlar tayyorlay olishi;
✔️ijtimoiy tarmoqlarda san’at, mediaart bilan bog‘liq shaxsiy bloglar yuritishi;
✔️noshirlik va muharrirlik ishlarini olib borishi mumkin boladi.

IMTIHONLAR UCH BOSQICHDA AMALGA OSHIRILADI:

1️⃣ О‘zbekiston san’ati tarixi bо‘yicha insho (93 ball)
(bunda abituriyent musiqa, kino, tasviriy san’at yoki muzeylarning bugungi kun madaniyatidagi ahamiyati haqida insho yozishi kerak bо‘ladi).

2️⃣ Jahon va О‘zbekiston san’ati tarixi doirasida savollarga javob (63 ball) (Ushbu bosqichda abituriyent san’at tarixidagi bosqichlar, yirik rassomlar ijodi, muzeylar haqidagi bilimlarini yozma shaklda namoyon etadi).

3️⃣ Tarix, ona-tili va adabiyot, matematika fanlaridan test (33 ball).

Milliy rassomlik va dizayn instituti iqtidorli yoshlarni chorlab qoladi!

MRDI Matbuot xizmati

Facebook | Telegram | Web-sayt
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023

⚡️Bugun o‘qishga topshirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Abituriyentlar bugun soat 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 21-iyul kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

❗️Ro‘yxatdan o‘tishda tanlov ustuvorligi, maqsadli qabul, ta’lim shakli, ta’lim tili, yo‘nalishlar ketma-ketligi, chet tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling!

Qabulga doir ma’lumotlar @eduuzuniversalbot'da.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2023
#kasbiy_ijodiy_imtihon

🏛 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni bilan tanishing:

🗂 60210600 — Grafika: dastgoh va kitob grafikasi;
🗂 60210600 — Grafika: xattotlik va miniatyura;

🗂 60112400 — Professional ta’lim: amaliy san’at (amaliy san’at asarlarini ta’mirlash);
🗂 60210800 — Amaliy san’at: badiiy kulolchilik;
🗂 60210800 — Amaliy san’at: me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash;
🗂 60210800 — Amaliy san’at: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash;
🗂 60210800 — Amaliy san’at: badiiy zargarlik;
🗂 60210800 — Amaliy san’at: badiiy naqqoshlik;
🗂 60212300 — Qadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi;

🗂 60210700 — Haykaltaroshlik: mahobatli;
🗂 60210700 — Haykaltaroshlik: mayda plastika;

🗂 60112400 — Professional ta’lim: Dizayn (turlari bo‘yicha);
🗂 60210400 — Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto;
🗂 60210400 — Dizayn: reklama va amaliy grafika;
🗂 60210400 — Dizayn: interyerni loyihalash;
🗂 60210400 — Dizayn: libos va gazlamalar;
🗂 60210400 — Dizayn: sanoat dizayni;

🗂 60112400 — Professional ta’lim: rangtasvir (dastgohli);
🗂 60210500 — Rangtasvir: dastgohli;
🗂 60210500 — Rangtasvir: mahobatli rangtasvir;
🗂 60210500 — Rangtasvir: teatr-bezak rangtasviri;
🗂 60210500 — Rangtasvir: filmning tasviriy yechimi;
🗂 60210500 — Rangtasvir: mulfilm va kompyuter multiplikatsiyasi;

🗂 60211000 — San'atshunoslik (tasviri amaliy san'at);
🗂 60211000 — San'atshunoslik: san'at jurnalistikasi.

Alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tashqari majburiy fanlar (O‘zbekiston tarixi, matematika va ona tili)dan ham test sinovlaridan o‘tadilar.

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
⚡️Qabul tugashiga 2 soatdan kam vaqt qoldi!

Soat 22:00 holatiga ko‘ra, OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 1 000 594 nafar.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan bugun soat 23:59ga qadar o‘tish mumkin.

❗️To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 21-iyul soat 23:59

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da

#qabul_2023 #infografika

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023

Badiiy ta’lim sohasida eng yetakchi oliy ta’lim dargohi haqida eshitganmisiz?

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga
bu yil bakalavriatning 36 ta ta’lim yo‘nalishi (kunduzgi/sirtqi) hamda 16 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha abituriyentlar qabul qilinadi.

⚡️Shuningdek, joriy o‘quv yilidan boshlab institutda 3 ta yangi yo‘nalish ochildi.

Bakalavriat:
San’at jurnalistikasi;
Badiiy naqqoshlik.
Magistratura:
Art va kreativ industriyalar menejmenti.

Batafsil ma’lumot uchun telefonlar:
(71) 255-88-06,
(71) 254-64-12,
(71) 255-96-67


Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot'da

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Abituriyentlar, ularning ota-onalari va yaqinlari diqqatiga.

Ma'lumki, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2023-yilning 27-iyul sanasidan 1-avgust sanasiga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi. Joriy yilning 2-avgust zahira kuni hisoblanadi.

Abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarga qalam, mo‘yqalam, bo‘yoq kabi zaruriy vositalar (bunda qog‘oz va loy institut tomonidan beriladi) bilan birgalikda, albatta, SHAXSINI TASDIQLOVCHI HUJJAT (PASPORT) hamda ABITURIYENT VARAQASI bilan kelishlari shart.

MRDI Matbuot xizmati

Facebook | Telegram | Web-sayt
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar Toshkent shahar, Mirobod tumani Mironshoh ko'chasi 123-uyda joylashgan institut bosh binosida bo‘lib o‘tadi.

Mo‘ljal: 8-sonli tug‘riq kompleksi ro‘parasida.

MRDI Matbuot xizmati

Facebook | Telegram | Web-sayt
📣 TURAR JOYGA EHTIYOJI BOR TALABALAR DIQQATIGA!

2023/2024-o‘quv yilida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tahsil olayotgan 2, 3 va 4-kurs talabalaridan Talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha arizalar qabuli davom etmoqda!

Yuqori kurs talabalarini TTJga joylashtirish ishlari quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
 
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar);

Chin yetimlar (ota-onasi vafot etgan, vasiylik va homiylikka olingan yetimlar);

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi (my.gov.uz) orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandlari (Bunda, axborot tizimiga 2023-yilda kiritilgan oilalar hisobga olinadi);

Xorijiy davlatlardan kelib tahsil olayotgan (chet el fuqarosi) talabalar.

❗️Talabalar 30-iyul sanasiga qadar dekan o‘rinbosarlari va tyutorlarga murojaat qilishlari so‘raladi.

MRDI
Matbuot xizmati

Facebook | Telegram | Web-say
📢 ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! 📢

2023/2024 o‘quv yilida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga (kunduzgi, sirtqi) hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi bilan tanishing.

Imtihonlar 27-iyul sanasidan 1-avgust sanasiga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

⚠️ Eslatma: soat 08:30 dan so‘ng abiturientlar imtihon o‘tkaziladigan binoga kiritilmaydi.

Manzil:
Toshkent shahar, Mirobod tumani Mironshoh ko'chasi 123-uyda joylashgan institut Bosh oquv binosi

MRDI Matbuot xizmati

Facebook | Telegram | Web-sayt
📢 ABITURIYENTLAR UCHUN!📢

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining kunduzgi hamda sirtqi ta'lim shakllariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun yo‘nalishlar kesimida kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish sanalari!

Ma'lumot uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2023-yilning 27-iyul sanasidan 1-avgust sanasiga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi. 2-avgust sanasi esa zahira kuni hisoblanadi.

Manzil:
Toshkent shahar, Mirobod tumani Mironshoh ko'chasi 123-uyda joylashgan institut bosh binosi.

❗️Soat 08:30 dan so‘ng abiturientlar imtihon o‘tkaziladigan binoga kiritilmaydi.

MRDI
Matbuot xizmati

Facebook | Telegram | Web-sayt
Joriy yilning 15-22-iyul kunlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan “Solnechnaya politra Vostoka” festivalida 10 ta davlatdan, jumladan, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Rossiya, Armaniston, Gruziya, Qirg‘iziston, Belorussiya, Qozog‘istondan ijodkorlar ishtirok etishdi.

Quvonarli tomoni, ularning orasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi Muhammadjon Sattorov hamda Dastgohli rangtasvir ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Muhammadqodir Jo‘rayev, shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi aspiranti Ulug‘bek Yusupovlar ham ishtirok etishdi.

Festival mobaynida ishtirokchilar Issiq ko‘l, Cho‘pon ota, Petrograf, Yetti o‘g‘iz va bir nechta joylarda bo‘lib, bir qator ijodiy ishlarni yaratishdi.

🔰 Festival yakunida ishtirokchilar Qirg‘izistonning Art Araba va Xalqaro MDH davlatlari fondi tomonidan sertifikatlar bilan mukofotlanishdi.

MRDI Matbuot xizmati

Facebook | Telegram | Web-sayt
Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan “Solnechnaya politra Vostoka” festivalida 10 ta davlat ijodkorlari qatorida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi Muhammadjon Sattorov hamda Dastgohli rangtasvir ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Muhammadqodir Jo‘rayev, shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi aspiranti Ulug‘bek Yusupovlar ham faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlanishdi.

E'tiboringizga mazkur festuval jarayonlaridan fotolavhalarni taqdim etamiz.

MRDI Matbuot xizmati

Facebook | Telegram | Web-sayt