Movluda Asqarxo‘jayeva
9.96K subscribers
8.59K photos
1.64K videos
100 files
2.33K links
Download Telegram
⚡️Ayni damda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichiga start berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” respublika tanlovi o‘tkazilmoqda.

🏅 Tanlov oltita nominatsiya,

✔️“Eng yaxshi metodist”,
✔️“Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”,
✔️“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”,
✔️“Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”,
✔️“Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” bo‘yicha tashkil etilgan.

🔹Tanlovning respublika (uchinchi) bosqichi 3 ta shart asosida o‘tkaziladi:

🟢Birinchi shart – ishtirokchilarning loyiha taqdimotlarining baholanishi;
🔵Ikkinchi shart – mashg‘ulot ishlanmasini tayyorlash;
🟣Uchinchi shart – test topshirig‘i.

Eslatib o'tamiz: Ertaga 21-sentabr kuni “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g'oliblari e'lon qilinib, taqdirlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
"Inson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash – O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan strategik vazifalardan biridir.

Biz hamma uchun ochiq va sifatli ta’limni kambag‘allikka barham berish, xalq farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishning eng samarali omili, deb bilamiz.

Mamlakatimiz oxirgi yillarda bu borada katta tajriba to‘pladi – ta’lim tizimi tubdan o‘zgarmoqda. O‘tgan olti yilda maktabgacha ta’limdagi qamrov 21 foizdan 70 foizga, oliy ta’limda esa 9 foizdan 38 foizga yetdi. 2030 yilga qadar har bir bolaning bog‘chaga qatnashi, maktabni bitirayotgan har ikki o‘quvchining biri esa oliygohda o‘qishi uchun imkoniyat yaratiladi".

Davlatimiz Rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida yuqoridagi fikrlarni ilgari surdi.

_____________________________________

"Развитие человеческого капитала и воспитание креативного молодого поколения – одна из стратегических задач, которую поставил перед собой Узбекистан.

Мы убедились в том, что доступное и качественное образование для всех является наиболее эффективным фактором искоренения бедности, повышения благосостояния населения и достижения устойчивого экономического роста.


В этом плане в нашей стране за последние годы накоплен большой опыт – осуществляется коренная трансформация системы образования. За последние шесть лет охват дошкольным образованием увеличился с 21 процента до 70 процентов, а высшим образованием – с 9 процентов до 38 процентов. К 2030 году будут созданы возможности для того, чтобы каждый ребенок посещал детский сад, а каждый второй выпускник школы учился в вузе".


Глава государства в своем
выступлении на 78-й сессии Генеральной Ассамблеи ООН выдвинул вышеуказанные идеи.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bizning zamon qahramonlari

O‘qituvchi va murabbiylarning kasb bayrami arafasida 37 yildan buyon bolajonlarga o‘z qalbi va qalbining bir parchasini bag‘ishlab kelayotgan 346-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi pedagog tarbiyachisi Yelena Sergeevna Qurbonova bilan uchrashdik.

Biz Elena Sergeevna kabi ayollarga yosh avlod farovonligi, mamlakatimiz kelajagi uchun borligi va mehnat qilayotgani uchun cheksiz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
___________________
Герои нашего времени

По словам великого педагога Василия Сухомлинского «… чтобы стать настоящим воспитателем детей, надо отдать им свое сердце».

В преддверии профессионального праздника Учителей и наставников мы встретились с воспитателем ДОУ № 346 Еленой Сергеевной Курбоновой, которая на протяжении 37 лет дарит частичку своего сердца и души малышам.

Мы выражаем нашу бесконечную благодарность таким женщинам, как Елена Сергеевна, за то, что они есть и трудиться на благо молодого поколения, на благо будущего нашей страны.
⚡️“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni e’lon qilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2654

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube