🤝 “Mohirpool” va “Novalab” kompaniyasi oʻrtasida memorandum imzolandi
“Mohirpool" va “Novalab” IT kompaniyasi oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.
Unga koʻra, “Mohirpool” bitiruvchilari “Novalab” kompaniyasida amaliyot oʻtash va ishlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Mohirpool loyihasi bilan batafsil tanishish
Telegram | Instagram | Youtube

👍70👏7🔥3😢2🤩1
O'tgan hafta davomida Mohirpool loyihasi Frontend yo'nalishiga 100 dan ortiq talabgorlardan hujjat qabul qilindi. Bu hafta saralash ishlarini boshlaymiz.
Har bir insonga @mohirpool_jbot telegram boti orqali yoki test bosqichiga o'tish, yoki rad javobi yuboriladi. Talabgorlar ko'p, saralash biroz vaqt oladi, sabr qilishingizni so'raymiz. Hafta ichida hammaga xabar boradi. E'tiboringiz uchun rahmat.
Hurmat bilan Anvar Narzullaev (@sariqdev)

👍70👏6😢3🎉3🤔2🤯2
Ishga kirmoqchi bo'lsangiz, bu xatolarni takrorlamang
Ishga kirish jarayonidagi eng muhim qismlaridan biri rezyume yozish hisoblanadi.
Tadqiqotlarga qaraganda, juda ko'p rezyumlarda umumiy takrorlanuvchi xatolar mavjud.
Ushbu maqola orqali o’sha xatolarning ayrimlarini ko’rib chiqamiz.
1. Ortiqcha ma’lumotlar berish
Rezyumeni yozish jarayonida diqqatliroq bo’ling. Juda ko’p ma’lumotlarni berib yuborishga shoshilmang. Faqatgina ish beruvchini qiziqtiruvchi ma’lumotlarni bering. Sizning qaysi maktabda o’qiganingiz yoki qaysi suzish musobaqasini yutganingiz ish beruvchiga katta ehtimol bilan umuman qiziq emas.
Bir betdan oshmasligi kerak rezyumengiz.
2. O’qilishi qiyin qilib tayyorlash
Har doim o’qilishi oson qilib ma’lumotlaringizni joylashtiring.
Yaxshi yozilgan rezyumelarda dasturchining eng oxirigi ishlari va shu ishlarda u nima vazifalarni bajarganligi bo’ladi. Yana, u yerda bajargan shaxsiy va tijoriy loyihalarga link ham berib ketilgan.
Masalahat: Ism, bog’lanish uchun ma’lumot, linklar (shaxsiy sayt, GitHub v,h,k), oxirgi ishlaringiz va nima vazifa bajarganingiz
3. Faqat texnik bilimlarni ko’rsatish
Ko’pchilik dasturchilarning rezyumelarida uchraydigan xatolardan biri bu faqat texnik ko’nikmalari (hard skills)ni ko’rsatishga bo’lgan urunishdir. Hozirgi kunda ish beruvchi kompaniyalar sizning “ yumshoq ko’nikmalaringiz” (soft skills) ga alohida e’tibor berishadi, chunki sizning texnik bilmlaringiz bilan bir qatorda jamoa bilan ishlay olishingiz, sabrli ekanligingiz, muammolarga yechim bera olish kabi ko’nikmalaringiz bo’lishi ular uchun muhim hisoblanadi. Shunday ekan o’zingizning soft skillaringizni ham aniqroq yoritib o’tishga harakat qiling.
Yumshoq ko’nikmalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun bosing
4. Bajargan loyihalari haqida yuzaki ma’lumot berish
Esda tutish kerak bo'lgan yana bir muhim jihatlardan biri bu portfolioni aniq va soda qilib tushuntirib yozishdir.
Mutaxassislar fikricha ko’plab rezyume to’ldirgan dasturchilar bajargan loyihalarini yoritishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yib kelishmoqda. Ya’ni bajargan loyihalarining qaysi qismida qatnashganliklarini va qaysi texnalogiyalardan foydalanib ishni bajarganliklarini kamdan kam hollarda keltirib o’tishar ekan.
Qanday loyihalarni bajarganligingizni va foydalanayotgan texnologiyalaringizni yoritishda iloji boricha aniqroq yoritib bering.
Agar siz bir nechta jamoalar bilan yirik loyihalar ustida ishlagan bo’lsangiz, loyihaning qaysi qismida ishlaganingizni aniq yozing
Masalan: X - O'zbekistonda ishlatiladigan, yetkazib berish xizmati. 10 kishilik jamoada, 2 ta iOS dasturchisidan biri bo'lganman va asosan xaydovchilarning dasturi ustida ularga eng yaxshi foydalanuvchi tajribasini berish uchun ishlaganman. Yana, men umumiy arxitekturaga ham xissa qo'shganman.
Erishgan yutuqlarim/natijalarim:
5. Muammaoni hal qilish ko’nikmasi (Problem-solving skills) ni ko’rsatmaslik
Strategik fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatingiz borligini ko'rsatish juda muhimdir. HRlar dasturchilar rezyumelarini ko’rishayotganda ularning asosan muammolarga qanday yechim bera olishlarini bilishni xohlashadi. Shunday ekan ushbu jihatlarga e’tibor qarating. Ular siz duch kelgan eng katta texnik muammolar va ularga qanday yechim berganingiz bilishni xohlashadi.
6. Har bir ishlagan joyning tagida texnik bo’lim yo’qligi
Qanday tilar va kutubxonalardan foydalanishingizni aniq yozib qo’ying. HRlar eng oxirgi texnologiyalarni ishlatib, o’zini “update” qilib yuradigan dasturchilarni izlashadi.
Shu sabab, ishlagan vazifalaringizni har birida texnologik bo’lim yozib keting.
Masalan:
“XZY” koxoronasi, Mobil dasturchi - 2022-24
Texnologiya: Java, Kotlin, MVVM, MVP, Clean Architecture, RxJaava, Retrofit, Room, Mockito
Yuqoridagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qiling. Zero siz yaxshi rezyume to’ldirish orqali ishga kirish uchun katta qadam tashlagan bo’lasiz.
Dasturlash kurslariga ro'yxatdan o'ting: app.mohirdev.uz

👍54🔥6
Ko'p beriladigan savollar
Ba'zi takrorlanuvchi savollarga javob beramiz.
Mohirdev o'zi nima?
Mohirdevning maqsadi dunyoning istalgan chekkasidagi o'zbek tilida muloqot qiladigan o'quvchilarga bilim berish. Mohirdev eng katta 2 ta muammoga yechim taklif qiladi: kurslarning qimmatligi va real loyihalarda tajribasi bor o'qituvchilarning kamligi.
Hozir 20 dan ortiq bepul va pullik qisqa kurslar platfdormamizda mavjud. Bundan tashqari, kasbga yo'naltirigan 9 ta Praktikum kurslarimiz mavjud.
Barcha pullik qisqa va praktikum kurslarimiz bilan tanishing
Mohirpool qanday loyiha?
Mohirpool - ishga joylashishga yordam beruvchi platforma. Mohirpool bozordagi eng og'riqli muammo - ishsizlikka yechim sifatida tashki qilindi. Mohirpool orqali kurs bitiruvchilari, universitet bitiruvchilari yoki mustaqil o'rganuvchilar o'z ishlarini topishlari mumkin. Mohirpool 4 oy davomida ishga kirishga kerak bo'ladigan barcha bilim va tajribani beradi.
Mohirpool haqida batafsil o'qish
Qanday ro'yxatdan o'taman?
Mohirdev.uz orqali ro'yxatdan o'tib, bepul va pullik qisqa kurslarimizda o'qishingiz mumkin. 0 dan ish junior darajaga chiqishga mo'ljallangan Praktikum kurslarimiz uchun ro'yxatdan o'tish uchun @mohirdevsales bilan bog'lanishingiz mumkin.
Mohirpoolga @mohirpool_jbot orqali ro'yxatdan o'tib, ariza topshirishingiz mumkin.
Qanday to'lov qilaman?
Saytimizda to'g'ridan to'g'ri Payme va CLICK orqali kurslarimizni xarid qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, Payme va CLICK ilovasida "Mohirdev" tashkilot sifatida ochilgan. Qiyinchiliksiz praktikum kurslarimizni sotib olishingiz mumkin.
Chet elda bo'lsangiz, @mohirdevsales bilan bog'lanib, xarid qilishingiz mumkin.
English for IT, Cyber Security va .NET kurslari qachon chiqadi?
English for ITning beginner qismi yozib tugatilay deb qolgan, yaqin bir yoki bir yarim oy ichida yangilangan ko'rinishda chiqadi. .NET kursining boshlang'ich qismlari yozilishi boshlangan, yozning o'rtalariga chiqishi mumkin. Cyber Security kursining tahminiy chiqish sanasi yo'q.
@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

👍49🔥6👏5🎉1
Bir qarorga kela olmayotganlar uchun video
Link: https://youtube.com/shorts/Q401AqFsaCY
@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
Telegram | Instagram | Youtube
Link: https://youtube.com/shorts/Q401AqFsaCY
@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
Telegram | Instagram | Youtube
YouTube
Frontend yoki backend? Qaysi birini tanlash kerak? Saud Abdulvahed
Sayt: https://mohirdev.uzTelegram: https://t.iss.one/mohirdevFacebook: https://facebook.com/mohirdevInstagram: https://www.instagram.com/mohirdev/Linkedin: https:...
👍32🔥4🤯3👏2
Mohirpool loyihasiga hujjat yuborgan barcha talabgorlarga javob yuborildi (rad yoki testni ishlash).
Kimdan-kim javob olmagan bo'lsa @mohirpool_jbot orqali biz bilan aloqaga chiqishi mumkin.
Hurmat bilan Anvar Narzullaev.

Telegram
MohirDev.uz
Vanihoyat Mohirpool loyihamiz uchun birinchi, sinov qabulni boshlayapmiz.
Loyiha maqsadi ish qidiruvchilar va ish beruvchilar oʻrtasidagi tafovutni yopish. Gap shundaki, aksar bitirvuchilar ishlash uchun yetarli bilimga ega boʻlsada, real loyihalarda…

👍8🤯1
NFT haqida: u nima, nima uchun mashhur va uning ortida turgan millionlar
NFT - o’zaro o’zgarmas token degan ma’noni bildiradi. Uni o’zgartirib yoki alashtirib bo’lmaydi.
Xususiyatlari:
Raqamli aktiv (buyum) - blockchain texnologiyasi asosida ishlaydigan, musiqa, san'at asarlar va o'yinlar kabi yig'ish imkoniga ega tokenlardir.
Yagona - uni soxtalashtirish yoki boshqa yo'l bilan o'zgartirish mumkin emas.
Almashish - NFTni almasish uchun mahsus birjalar mavjud va unda kriptovalyutalarda savdo qilinadi.
NFT qanday ishlaydi?
NFTning asosiy qismi Ethereum kriptovalyutasining blockchainida joylashgan
NFT - individual token bo’lib, o’zida qimmatli ma’lumotlarni saqlaydi.
Talab va taklif hisobiga bozorda uning narxi bor bo’lgani uchun uni oddiy buyumlardek sotish yoki xarid qilish mumkin.
NFTning yagona ma’lumotga egaligi unining haqiqiyligini aniqlash va egasini tasdiqlash va o’zaro shaxslar o’rtasida almashishni osonlashtiradi.
NFT nima uchu ishlatiladi?
Crypto-birja va san’at asarlarini yig’ishga qiziqadigan odamlar ko’pincha NFTdan foydalanishadi. Bundan tashqari, yana quyidagicha ishlatish mumkin:
Raqamli kontent - NFTlardan juda ko’p raqamli ijodkorlar foydalanib kelishmoqda.
O'yin buyumlari - NFTlar o'yin ishlab chiquvchilarda katta qiziqish uyg'otgan. NFTs o'yinchilarga juda ko'p foyda keltirishi mumkin. Odatda, onlayn o'yinda siz o'zingizning o’yin qahramoningiz uchun qo’shimcha narsalar sotib olasiz va bo’ldi u siz bilan qoladi. NFTlar bilan siz narsalarni sotib olganingizdan so'ng ularni sotish orqali pulingizni qoplashingiz mumkin.
Domen nomlari - NFTlar domeningizni eslab qolish osonroq bo'lgan nom bilan ta'minlaydi. Bu veb-sayt domen nomi kabi ishlaydi, uning IP manzilini esda qolarli va qimmatli qiladi, odatda uzunligi va dolzarbligiga asoslanadi.
Basketboldagi videolar orqasidan millionlab dollar
Oxirgi paytda mashhur bo’layotgan NFTlardan bu NBA Top Shot kolleksiyasidir. Bu NFTlar Dapper Labs (CryptoKitties o'yinini ishlab chiqaruvchilar) va Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (NBA) o'rtasidagi hamkorligi asosida yaratilgan. NBA basketbol tarixidagi eng mashhur va eng muhim voqealar muxirlangan qisqa videolarni litsenziya asosida Dapper Labsga beradi, u esa videolarni raqamlashtiradi va xaridorlarga sotadi. Bu NFTlar kollektsiyasidan allaqachon 230 million dollar ishlab olishgan.
Eng qimmatga sotilgan qisqa videolar:
LeBron James “Cosmic” Dunk: $208,000
Zion Williamson “Holo MMXX” Block: $100,000
LeBron James “From the Top” Block: $100,000
LeBron James “Throwdowns” Dunk: $100,000
LeBron James “Holo MMXX” Dunk: $99,999
Nima uchun NFTlar mashhur bo’lib ketti?
NFTs aslida 2015 yildan beri mavjud, biroq ular hozirda bir necha omillar tufayli mashhurlik oshib bormoqda. Birinchisi va eng muhimi bu blockchain va kriptovalyutalarning keng ishlatilib, mashhurlikka erishgani. Bundan tashqari, muxlislik qilish va tanqislik qonuni birgalashib yana bir sababni keltiriib chiqargan. Chunki xaridorlarning barchasi noyob raqamli kontentga ega bo'lish va ularni investitsiya turi sifatida saqlash imkoniyatidan foydalanishni xohlaydi.

👍46🔥5
Doimiy foydalanadigan parollaringizni qanday eslab qolasiz?
(Ertangi maqola parollar va brovserlar haqida bo'ladi)

Final Results
60%
Bir xil parol ishlataman
7%
Maxsus parol saqlovchi dasturlardan foydalanaman
28%
Doim brovser orqali saqlab qo'yaman
15%
Esda saqlashga harakat qilaman, lekin doim esdan chiqqanligi uchun yangilayman :)
15%
Telegramda saqlayman
9%
Telefondagi "note"da saqlayman
6%
Qog'ozga yozib qo'yaman
13%
Shunchaki ovozlarni ko'rmoqchiman
👍76🔥10👏6🤩5😁2🤔2
Shaxsiy ma’lumotlaringizni yo’qotmay desangiz, bu maqolani o’qing
Kecha “Siz qanday usulda parollaringizni saqlaysiz?” nomli so’rovnoma o’tkazgan edik. Unda 1400 dan ortiq foydalanuvchi ishtirok etdi.
Unda qatnashganlarning 60%i bir xil parol ishlatishini, 28%i esa brovserning parol saqlovchi qismiga ishonishlarini belgilashgan.
Avvalo, ozgina statistika. Balki buni kutmagandirsiz.
Parollaringiz qay darajada xavfsiz ekanligini bilmaslik va berilgan tavsiyalarga amal qilmaslik quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
- Har 10 ta odamdan 4 tasining shaxsiy ma’lumotlari o’girlangan. (Google, 2019)
- 2020-yilda 240,000 dan ortiq fishing holatlari aniqlangan. (FBI, 2020)
- 80% ma’lumotlar o’g’irlanishi parollar bilan bog’liq. (Verizon, 2020)
- 63% foydalanuvchilar o’zlarining ma’lumotlari o’girlangligidan xavfsirashadi. (Norton, 2021)
- 59% AQShlik xaridorlar kiber hujumga uchragan bizneslardan boshqa foydalanmasliklarini bildirishgan. (Arcserve, 2020)
- 57% kompaniyalar mobil fishingga duch kelgan. (Wandera, 2020)
- 68% biznes egalari kiberxujumga uchrashdan xavfsirashadi. (Accenture, 2019)
Fishing - turli xil saytlarning kloni va linklari orqali foydalanuvchilarning login va parollarini olishga harakat qiluvchi qalloblik usuli. Masalan, hozir bizda keng tarqalgan OLX bilan bog’liq vaziyat bunga yorqin misol bo’la oladi.
Bunday firibgarlar tuzog’iga tushmaslik uchun doim linklarga e’tiborli bo’ling.
Shu maslahatlarga amal qiling va xafsizligizni kafolatlang
- Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanmang: ism, tug’ilgan kun, manzil yoki telefon raqamlarni parolda ishlatish xakkerlarning oson o’ljasi bo’lishga olib kelishi mumkin.
- Tasodifiy joylashuv: xarf, son va belgilarni tasodifiy va tartibsiz joylashtirish kiberxujumlardan sizni himoya qilishi mumkin.
- Bitta parolni hech qachon ikkinchi marotaba ishlatmang: ko’p marta bir xil parol ishlatish, akkountlaringizni xavf ostiga qo’yishi mumkin.
- Doim uzun parol o’ylab toping:Parol qancha uzun bo’lsa, shunchalik uni buzish qiyin bo’ladi. Odatda, 16 ta belgidan iborat bo’lishi tavsiya etiladi.
- Hech qachon parolingizni bo’lishmang: parolingizni do’stlaringiz yoki oila a’zolaringiz bilan ulashish shaxsiy ma’lumotlaringizni xavf ostiga qo’yishi mumkin.
- Parolda raqamlar, xarflar va maxsus belgilardan foydalaning: Bunday murakkab kombinatsiyali parollarni buzish oson bo’lmaydi.
- Ishonchli parol saqlovchi maxsus dasturlardan foydalaning: bunday dasturlar parollarini eslab qolishga qiynaladigan odamlar uchun ideal qurol hisoblanadi.
- Vaqti-vaqti bilan parollarni o’zgartirib turing: parollaringizni o’zgartirib turish, ma’lumotlaringiz xavfsizligini kafolatlaydi.
Eng yaxshi parol saqlovchi dastur qaysi?
Bitwarden - parol saqlovchi bepul dastur. U bilan siz parollaringizni ishonchli saqlashingiz, uning xavfsizlik darajasini tekshirishingiz va parollaringiz internetda “sizib” chiqmaganiga ishonch xosil qilishingiz mumkin. Telefon va desktop uchun ishlab chiqarilgan.
Bonus. Eng ko’p ishlatiladigan parollarni bilasizmi?
Bular:
123456
123456789
qwerty
password
12345
Keyingi maqolada ishonchli brovserlar va Chrome ishlatmaslik sabablari haqida gaplashamiz.

👍62🤯6👏4🔥3
Siz uchun eng yaxshi dasturlashga oid hujjatli filmlarni bir joyga jamladik
Ishoning, bu filmlar “Stiv Jobs” yoki “Ijtimoiy tarmoq” kabi hamma ko’rib ulgurgan va badiiylik aralashgan kinolardan yaxshiroq.
1. The Internet’s Own Boy (2014)
Ushbu hujjatli film Reddit asoschisi, yirik internet-axborot faoli va dasturlash vunderkindi Aaron Swartzning internet erkinligi yo’lidagi harakatlari va uning hayotini tasvirlaydi.
Filmda siz Swartzning Sillikon Vodiysidagi tadbirkorlikdan boshlab, o’limidan oldingi onlayn aktivistlikkacha bo’lgan yo’lini ko’rishingiz mumkin.
Ta’lim tekin va barcha uchun ochiq bo’lishi kerak degan maqsadda, Aaron MIT Universitetning ma’lumotlar bazasiga kirib, juda katta hajmdagi ilmiy maqolalarni yuklab oladi va tez orada qo’lga olinadi.
“Yillar davomida kitoblar va jurnallarda chop etilgan ilmiy va madaniy ahamiyatga ega bilim katta xususiy korporatsiyalar tomonidan “raqamli format”ga o’tkazilib, o’zlarida saqlanmoqda. (*ommaning undan foydalanishi cheklangan)”
2. Terms and Conditions May Apply (2013)
Sevimli veb saytingiz yoki xizmatingizning foydalanuvchi shartnomalarini oxirgi marta qachon o'qigansiz?
Hech qachon. Deyarli hamma “Roziman” tugmasini bosib yuborib, saytlardan foydalanishda davom etadi.
Kinorejissyor Cullen Hoback ushbu hujjatli filmda qanday qilib
yirik korporatsiyalar sizning roziligingiz bilan eng shaxsiy maʼlumotlaringizni butun dunyo bo’yicha toʻplashi va boshqa kompaniyalar bilan ulashishini o’rganib chiqadi,
Ushbu hujjatli filmda keltirilgan faktlar sizni Facebook, Google va YouTube kabi sevimli xizmatlaringizdan foydalanish shartnomalarini o’qishga majbur etishi mumkin.
3. We are Legion (2012)
Anonymous guruhi haqida eshitganmisiz?
Bu film aynan shu guruh haqida.
Kinorejissyor Brian Knappenberger bu hakkerlar guruhiga kirib borib, ularning kelib chiqishi va guruhning maqsadi haqida bilishga harakat qiladi.
4. Indie Game: The Movie (2012)
Video o'yinlar yosh dasturchilar uchun asosiy qiziqishlardan birii bo'lib kelgan. Ba'zilar uchun bu dasturlash sohasiga kirishi uchun debocha bo'lsa, boshqalar uchun bu sevimli mashg'ulot hisoblanadi.
Bu hujjatli film sizga barcha narsasini tikib, orzusidagi o’yinni ishlab chiqarishga tirishayotgan to'rtta ijodkorning hayotini kuzatish va indie o'yinlarini ishlab chiqish jarayonini yaqindan tanishish imkonini beradi.
*Indie o’yin - odatda, bir yoki bir nechta dasturchilar tomonidan yaratiladigan, juda kichik yoki umuman mablag’ ajratilmaydigan o’yinlardir.
5. Code Rush (2000)
Hech loyihani tugatish uchun tuni bilan kod yozib chiqqanmisiz? Agar bu jarayon sizga tanish bo’lsa, siz yolg’iz emassiz. Bu hujjatli film stressli deadline haqida.
Netscape kompaniyasi dasturchilariga kompaniya AOL tomonidan sotib olingunga qadar Mozilla manba kodini 1988-yil, 31-martgacha yakunlash vazifasi qo’yiladi. Biroq, 25-mart bo’lishiga qaramay, dasturchilar test ham qilib ko’rishmagan. Haqiqiy, drama.
Ushbu film orqali ofisda yashab, kompaniyani qutqarish uchun tunu kun ishlayotgan dasturchilar va 90-yillar dasturlash muhiti bilan tanishishingiz mumkin.
Bu filmlar qiziq bo'lishi mumkin bo'lgan do'stlaringiz bilan ulashing.
@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi.

👍38🔥7👏1
Dasturlash bo'yicha o'z savolingizni yo'llang!
Savolingizga Agrobank va Getir kompaniyalarida Senior dasturchi hamda Mohirdev platformasi mentori Saud Abdulwahed javob beradi.
Savollarga 13-aprel, soat 17:00 da, @mohirdev Instagram jonli efirida javob beradilar.
Mohirdev Instagram sahifasi:
https://instagram.com/mohirdev?igshid=YmMyMTA2M2Y=
@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

👍31🔥2🤔2🤩2👏1🎉1
Ishga kirish bo'yicha mif: Agar ish beruvchi yozgan barcha talablarga 100% to'g'ri kelmasangiz, ishga topshirmasligingiz kerak.
Kompaniyalar 100% ishga to'g'ri kelmaydigan odamlarni ishga olib kelishadi.
Ba'zan kompaniyalarning o'zlari aniq kimni qidirayotganligini bilmaydi. Ba'zan esa ish talablari moslashuvchan bo'ladi. Undan tashqari, dasturlash haqida yetarlicha bilmaydigan HR ish bo'yicha talablarni yozgan bo'lishi ham mumkin.
Agar siz junior bo'lsangiz, middle pozitsiyasiga topshirib ko'ring va sizda bu pozitsiyada ishlash uchun yetarlicha bilim va ko'nikma borligini aniqlashni kompaniyani o'ziga qoldiring.
Ammo realist bo'ling. 6 oylik tajribaga ega bo'lib turib, lead pozitsiyasiga topshirish yaxshi fikr emas.
Muallif: Jahongir Rahmonov (ingliz tilidan tarjima qilindi | Orginal post)

👍55😁8🔥5👏2🤩1
iOS dasturlashda birinchi ishni topish bo'yicha suhbatlashamiz!
Bugun soat 16:30 da Mohirdev instagram sahifasida
Mohirdev instagram sahifasi: https://instagram.com/mohirdev?utm_medium=copy_link

👍15🔥1😢1
iOS bo'yicha jonli efirimiz 10 daqiqadan so'ng boshlanadi!
Jonli efirimiz shu yerda bo'ladi👇
https://instagram.com/mohirdev?utm_medium=copy_link

👍1
👍56🔥13👏4❤2
MohirDev.uz pinned «Ko'p beriladigan savollar Ba'zi takrorlanuvchi savollarga javob beramiz. Mohirdev o'zi nima? Mohirdevning maqsadi dunyoning istalgan chekkasidagi o'zbek tilida muloqot qiladigan o'quvchilarga bilim berish. Mohirdev eng katta 2 ta muammoga yechim taklif…»