MohirDev.uz
16.8K subscribers
1.52K photos
414 videos
2 files
1.35K links
Mohirdev — O‘zbekistondagi 1-raqamli onlayn ta’lim platforma.

🚀 Xalqaro tajribaga ega ustozlar
💻 Dasturlashga oid kurslar: 50+
🎯 Jami o‘quvchilar: 70,000+

📨 @mohirdevsales_bot
📞 (78) 113-62-72

Kurslar bilan tanishish: https://mohir.dev/tel
Download Telegram
Intervyuga tayyorlanish bo'yicha eng yaxshi kitoblar📚

Ma'lumki dasturchilar ishga kirish jarayonida kompaniyalar tomonidan tashkil qilinadigan intervyulardan o'tishlari kerak bo'ladi.

Intervyulardan muvaffaqiyatli o'tish uchun dasturchilarga yuqoridagi foydali kitoblarni o'qishni tavsiya qilamiz!
👍26🔥4😁1🤩1
Uyda server ko'tarsa bo'ladimi?

Bu savolga RedHat Architect Hamidulla Ziyoyev javob beradi.

Video: https://postly.app/Ima

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍17🔥4
​​Mohirdev hikoyalari: Sobiq moʻykachi

Assalomu alaykum ismim Jamshid yoshim 23da. Hayotimda yuz bergan voqealardan birini sizlarga aytib bermoqchiman.

Nodir degan ogʻaynim bilan birga moʻykada ishlardik. Ikkalamiz ham oʻqishga kira olmagach pul topishga harakat qila boshladik. Ishlamagan joyimiz qolmagandi: muzqaymoq ishlab chiqaradigan firmada, stroykada, mardikor bozorda va oxirgi makonimiz moʻyka boʻlgandi. 6 oy davomida moʻykada birga ishlay boshladik. Moʻykadagi ishimizni 2019-yil iyul oylari boshlangandik. Kunlarning issiq sovugʻiga qaramay ishlayverdik. 2019-yil noyabr oyida Nodir ishdan ketmoqchiligini menga aytdi. Sababini soʻrasam belidagi ogʻriq qattiq bezovta qilayotganini aytdi. Doktorga borgandik, buyragini shamollatib qoʻyganligini tezda davolanishi kerakligini aytdi. Davolanishiga anchagina mablagʻ ketdi. Shunday qilib ogʻaynim moʻykadagi ishini tashladi. Men esa ishlashda davom etdim chunki oʻsha vaqtda hayotda pul topishdan oʻzga maqsadim yoʻq edi. Oradan bir oy oʻtgach, ogʻaynim Nodir menga IT sohasini oʻrganmoqchiligini va meni ham birga oʻrganishga taklif qildi. Lekin men bu taklifga rozi boʻlmadim (afsus qilaman ancha vaqt yoʻqotganman). Chunki oldinlari umuman kompyuter ishlatmaganligimni va kompyuter sotib olishga ortiqcha pulim ham yoʻqligini aytib rad javobini berdim. Oradan ikki oy oʻtgach, karantin boshlanib qoldi. Hamma uyiga qamaldi nima ish qilishimni bilmasdim. Kun boʻyi televizor yonidan ketmadim. Qishloqda kunlik ishlarga chiqib pul topib yuraverdim. Nodir ogʻaynim bilan ham kam gaplashadigan boʻlib qoldim.

Bir kuni ogʻaynimning oldiga borganimda Dasturlashga oid kurslarni qilib oʻtirgan ekan. Ogʻaynim gap boshlab qoldi tez kunlarda onlayn ishlamoqchiligini bu sohada 7 oy mobaynida ancha bilim va koʻnikma olganligi aytib qoldi. Menga ham IT sohasini oʻrgan dedi. Men esa karantin ochilishi bilan Rossiyaga ketmoqchiligimni aytdim. Shu asnoda yana 3 oy vaqt oʻtdi. Karantin ozroq yumshatildi, qoʻshnilarim Rossiyaga ishga keta boshladi. Otamga Rossiyaga bormoqchiligimni aytdim otam oʻzing bilasan deya rozilik berganday boʻldi. Chipta olish uchun uydagi molni sotdik. Doʻstimga telefon qilib ketmoqchiligimni tez kunda chipta sotib olmoqchiligimni aytdim. Bir soat oʻtib ogʻaynim uyga keldi va otam bilan gaplashmoqchiligini aytdi. Ogʻaynim otamga meni Rossiyaga ketmasligimni chiptani puliga kompyuter olib IT sohasini oʻrganishim kerakligini otamga naqd 3 soat tushuntirdi. Nodir ogʻaynim shu soha orqasidan ishga kirganligini va bir ikki yilda yuqori maosh topishini otam va menga ayta boshladi. Onam ketishimni xohlamayotgan edi. Shuning uchun ogʻayning Nodirni gapiga kira qol dedi. Otam ham rozi boʻldi. Shu asnoda Kompyuter sohasini oʻrganishni boshladim.

Hayotimdagi eng toʻgʻri qarorga kelishimga yordam bergan ogʻaynim Nodirdan bir umr qarzdor boʻlsam kerak.

Bu hikoyani yozishimdan maqsad menga oʻxshab ahmoqlik qilib vaqtni boy bermang. Tezroq biror bir soha mutaxassisi boʻlish uchun bugundan qaror qabul qiling.

Hozirgi kunda Rossiyada boʻlayotgan holatni koʻrib, oʻsha vaqtlari bormaganligimga ikki karra xursand boʻlmoqdaman :)
👍48🔥13🤩2
Dasturchida bo'lishi kerak bo'lgan 3 jihat

Muvaffaqiyatli dasturchi bo'lishni xohlaysizmi? Unda bu videoni ko'rishingiz kerak.

Video: https://postly.app/Ip7

Speaker: Ulug'bek Samigjonov

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍11🤩2🔥1
Youtube kanalimizga obuna bo'lganmisiz?

Obuna bo'lish
👍66🔥10🤩1
​​Bo'sh vaqtingizda ko'rishingiz mumkin bo'lgan, dasturlashga aloqador seriallarni bir joyga jamladik:

1. The Billion Dollar Code (2021)
2021-yil Netflix tomonidan suratga olingan serial real voqealarga asoslangani uchun qiziq. Syujetga ko'ra, Google Earth asosini tashkil qiluvchi algoritmni 2 nemis dasturchilaridan Google "o'g'irlab oladi' va yillar o'tib, bu dasturchilar Googleni sudga berishadi. 4 qismdan iborat serialni ko'rib, 90-yillardagi dasturlash muhitini xis qilishingiz mumkin.

2. Sillicon Valley (2014-2019)
Komediya janrda olingan serialda Sillikon Vodiysi, startaplar o'ziga xos tarzda ochib berilgan. Serial davomida Pied Piper deb nomlangan startapning o'sishi va qulashini ko'rishingiz mumkin.

3. Devs (2020)
Kvant kompyuteri, nazariy fizika, big-data, yangi texnologiyalar, dasturlash aralashgan falsafiy va jinoiy trillerlarga qiziqsangiz, bu miniserial aynan siz uchun. Fikrlashga majbur qiladigan serial.

4. Mr. Robot (2015-2019)
Kunduzi kiberxvafsizlik mutaxassisi, kechasi esa xakker sifatida faoliyat yuritadigan Elliot atrofida bo'lib o'tadigan voqealar haqida serial hikoya qiladi.
👍38🔥20🤩21
DevOps mutaxassislari nimalarni bilishi kerak?

Bu savolga "Costco Wholesale Corp."da RedHat Architect bo'lib ishlab kelayotgan Hamidulla Ziyoyev javob beradi. DevOps bo'lmoqchi bo'lganlar uchun foydali video.

Video: https://youtu.be/Lz9fwwIbYWk

Aloqador videolar:

- Nima uchun DevOpsga talab ortib bormoqda?
- Uyda server ko'tarsa bo'ladimi?
- DevOps bilan tanishuv

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍11
​​Siz uchun 15 ta bepul hosting provayderlarini bir joyga jamladik.

O'qing, o'rganing, loyihalar qiling.

1. GitHub sahifalari
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Veb sayt hajmi 1 GB gacha bo’lishi mumkin.
- Bandwidth: oyiga 100 Gb.
- CNAME orqali domen ulashingiz mumkin.
- HTTPSni qo’llab-quvvatlaydi.

2. Glitch
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Soatiga 4000 ta so’rovni taqdim qiladi.
- Xotirasi 512MBgacha.
- Cheksiz statik saytlar.
- Github import/eksport funksiyasini qo’llab-quvvatlaydi.
- Kamchiliklari: Sizning kodingiz va loyihangiz avtomatik ravishda ommaga ochiq turadi.

3. Fleek
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Domenni tahrirlashni qo’llab-quvvatlaydi.
- HTTPSni qo’llab quvvatlaydi.
- 3 GB xotira.
- Cheksiz veb saytlar.
- Gitda avtomatik joylashtirish.
- Bandwidth: 50GB.
- Bepul SSL sertifikati.

4. Netlify
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Bandwidth: oyiga 100 GB.
- Veb saytlar soni: Cheksiz.
- Sayt versiyalarini qayta tiklay olish
- Bepul CLI taqdim etadi.

5. Render
Bepul rejasining xususiyatlari:

- Bandwidth va xotira: oyiga 100 GB.
- Tezkor CDN.
- SSL funksiyasini ulay olash.
- Gitda avtomatik joylashtirish.

To'liq ro'yxat: https://mohirdev.uz/bepul-hosting/

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
🔥17👍13
Bilasizmi?

Telegram kursimizning bepul qismida 3 ta bot yaratishni o'rganishingiz mumkin.

Bular:

- WikipediaBot. Wikipediadagi maqolalar bilan ishlovchi bot.
- speakEnglishBot. Ingliz tilidagi matnni audio ovoz bilan o'qib beradigan bot.
- imloBot. Imloviy xatolarni to'g'rilaydigan bot.

Kursning bepul qismini ko'rish

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍18🔥4
Mukammal Telegram bot kursi O'zbek tilidagi eng to'liq kurs.

Kursning pullik qismida qamrab olingan mavzular:

Telegram API bilan tanishuv
Python aiogram frameworki bilan tanishuv
Dastur yaratish qadamlari
Bot uchun qiziqarli API-lar
Bot uchun shablon
Handlerlar va Filtrlar
Holatlar va Tugmalar
Guruh va Kanalda ishlash
Hujjatlar, rasmlar va media bilan ishlash
Inline rejim
Bot orqali to'lov qabul qilish
Ma'lumotlar ombori (Sqlite, PostgreSQL)
Botni Serverga yuklash (Heroku, Amazon)
Elektron Bozor yaratish
Bot uchun Web Admin panel

Qisqa qilib aytganda, mukammal bot yaratish uchun barcha mavzular qamrab olingan.

Kurs davomida har bir mavzu uchun tayyor shablon-kodlarga ega bo'lasiz va bir zumda o'zingizning botingizni ishga tushira olasiz.

Narxi: 247,000
LINK 👉: mohirdev.uz/courses/telegram
Aloqa: @mohirdev_bot

O'qing, o'rganing, loyihalar qiling.

Telegram | Instagram | Youtube
👍22🔥5😁2🤩1
Instagram sahifamizga obuna bo'lganmisiz?

Savollarga javob berib borayapmiz sahifamizda.

LINK: instagram.com/mohirdev/
🔥14👍11
Referal nima?

Ishga kirish bo'yicha videolar davom etadi

LINK 👉: https://youtu.be/RP7FvCQHGLo

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
🔥7👍2
​​“Siz shunchalar zoʻr boʻlingki, ular sizni inkor qila olishmasin” (Be So Good They Canʼt Ignore You)

Hozir juda koʻpchilik yoshlar Stiv Jobs boshlab bergan “follow your passion”, “sevgan ishingnigina qil” degan balandparvoz gaplar tufayli oltinga teng vaqtlarini yoʻqotib qoʻyishyapti. Ichida yashirinib yotgan “sevgan ishi”ni qidirib, motivation videolar koʻrib oylarni sovurishmoqda.

Kel Nyuport oʻzining kitobida aynan “follow your passion” va “sevgan ishingnigina qil” degan shiorlar quruq gaplar ekanligini isbotlashga harakat qilgan.

Aslida, juda koʻpchilik odamda hech qachon yashirinib yotgan potensial sevgan ishi boʻlmaydi. Juda kam insonlargina yoshligidan nima qilishi kerakligi va nimada potensiali borligini his qilishadi. Hatto Sitv Jobsning oʻzi ham texnologiyalar olamiga kirishini oldindan bilmagan.

Unda nima qilish kerak?

Odam biror ishni qilishni boshlab, tajribasi oshib boravergan sayin, shu ish uning sevimli kasbiga aylanadi va moliyaviy qiyinchiliklar ham boʻlmaydi.

1. Bitta sohani tanlang
2. Bu sohada eng zoʻr mutaxassis boʻlish uchun eng kerakli koʻnikmalar kerakligini aniqlab oling.
3. Shu koʻnikmalar ustida 10,000 soat ishlang. (taxminan bu 3 yilga teng)
4. Sabr qiling. Oddiy ishchidan eng yaxshi mutaxassis boʻlish uchun ancha vaqt kerak boʻladi. Yarim yoʻlda tashlab ketadiganlardan boʻlmang.

Maslahat, tavsiyani oldingiz. Endi hammasi o'zingizga bog'liq.

Kutmang. Mutaxassis boʻlish uchun harakatni boshlang.

Kitob haqida ko'proq fikrlarni o'qish (Goodreads, ingliz tilida)

Telegram | Instagram | Youtube
👍27🔥14
Fullstack Javascript (MERN) praktikum bitiruvchisining fikrlari

Kursimiz 👉: mern.mohirdev.uz

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
🔥39👍15🤩3😁1
​​Pythondan qanday maqsadda foydalangan yaxshi?

Avvalo, hech qaysi til unviversal emas, ya’ni hamma joyda ishlatib bo’lmaydi. Vaziyatga qaraladi. Python tili ham bundan mustasno emas.

Pythonni qaysi sohalarda ishlatsak, eng yaxshi natijani olishimiz mumkin? Bular:

- API ishlab chiqish
- Data Science / Sun’iy Intellekt
- Scripting

Har biriga alohida to’xtalsak.

API ishlab chiqish

API ishlab chiqish uchun Pythonning 2 ta zo’r frameworklari bor: Django va Flask.

Ikkala framework ham ajoyib bo’lib, juda ko’p vaziyatlarda ishlasada, ular turlicha mantiqqa asoslanib ishlaydi. Ba’zilarga Flask yoqsa, boshqalar uchun Django yaxshi.

- Flask. Minimalistik framework bo’lib, u foydalanuvchiga oson, qulaylik va boshqaruvni beradi. O’zingiz talab qilgan narsani u bilan bajarishingiz mumkin.

- Django. Barcha narsani o’zida jamlagan framework. U bilan kutubxonalardan tortib, admin panel, db interface, ORMlargacha ishlashingiz mumkin.

Data Science / Sun'iy Intellekt

Agar siz ma’lumot bilan ishlab, uni tahlil qilmoqchi yoki machine learning yoki sun’iy intellekt bilan ishlamoqchi bo’lsangiz, Python sizning eng yaqin “do’stingizga aylanadi”.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun Pythonda juda muhim va ajoyib kutubxonalar mavjud. Ularning ba’zilari: Pandas, Numpy, Matplotlib, Seaborn, Tensorflow, Pytorch, scikit-learn, Keras, NLTK, OpenCV.

Bu kutubxonalar bilan siz data science va sun’iy intellekt bilan bog’liq tayyor loyihalarni qilishingiz mumkin.

Python bilan qilish mumkin bo’lgan ba’zi ommabop loyihalarni keltirib o’tamiz:

- Sotuv bashorati;
- Tilni qayta ishlash;
- Hissiyot tahlili;
- Tavsiya tizimlari (masalan, musiqa, videolar va boshqalar);
- Tasniflash;
- Computer vision;
Va boshqalar.

Scripting

Scripting deb vazifalarni avtomatlashtiradigan buyruqlar qatoridan tashkil topgan kichkina dasturlarga aytiladi.

Xulosa

Python juda ko’p qirrali til bo’lib, undagi framework va kutubxonalar bilan istalgan ishni qilish mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bitta til hamma muammoga yechim emas.

Reklama vaqt: Backendga urg'u berilgan Python Praktikum kursimizni xarid qiling. Kurs oxirida Django bilan Goodreads.com'ning klonini yaratasiz. Bunday murakkab proyektga ega junior "ko'chada qolmaydi". 7 yillik tajribaga ega mutaxassisdan o'rganing.

Ro'yxatdan o'tish: app.mohirdev.uz

To-Do List qilib yurgan juniorlar orasida ajralib turing!

Telegram | Instagram | Youtube
👍45🔥11
​​Data Science Praktikum kursi o'quvchisining fikri:

"Ismim Rashidov Azamat 25 yoshdaman. Hozirda Janubiy Koreyaning Seul shaxridagi Ire Data
System
IT kompaniyasida Database Engineer lavozimida ishlab kelmoqdaman. Ushbu kompanyada bir oy internship oʻtab, shu yilning yanvar oyidan buyon toʻliq ishga qabul qilindim.

2021-yil sentyabr oyidan buyon Mohirdevdagi "Data Science va Sun'iy Intellekt" kursida oʻqib kelmoqdaman. Hozirgi ishimni topishimda ushbu kurs ancha foydali bo'ldi. Ustozlarning pedagogik bilimlari juda yaxshi, darslar barcha uchun tushunarli qilib ishlangan. Hozirgi onlayn davrda zamonaviy bilimlarni bemalol uydan turib ham organish mumkin. Mohirdevdagi kurslar ham aynan shunga qaratilgan boʻlib , hozirda o'zbek tilidagi eng yaxshi va to'liq kurs deb bemalol ayta olaman. Qolaversa narxlari ham qolgan platformalar bilan solishtirganda uncha qimmat emas ayniqsa tez-tez berib borilayotgan chegirmalar ham yurtdoshlarimiz uchun ancha yengillik beradi deb o'ylayman.

Mohirdev jamoasi o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga yetishishlikka tilakdoshman. Qolaversa biz shogirdlar ham ushbu xayrli ishlarga yordam berishlikka doim tayyormiz."

Azamat Rashidov, Ire DataSystem, Database Engineer

Kursimiz 👉: ai.mohirdev.uz

Bog'lanish: @mohirdevsales

Telegram | Instagram | Youtube
👍44🔥4
Dasturlash bo'yicha o'z savolingizni yo'llang!

Savolingizga AQSHning EPAM Systems kompaniyasida Senior dasturchi hamda Toptal Freelance platformasi a’zosi Ulug'bek Samigjonov javob beradi.

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍25🔥5🤔1