MohirDev.uz
17.9K subscribers
1.72K photos
426 videos
2 files
1.42K links
Oʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri

- 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert
- 39 ta dasturlashga oid kurs
- 44 516 ta kurs oʻquvchisi

🌐 https://mohir.dev/tel
📨 @mohirdevsales_bot
📞 55 500 05 07
Download Telegram
🎬 Bo'sh vaqtingizda ko'rishingiz mumkin bo'lgan, dasturlashga aloqador seriallarni bir joyga jamladik

Telegram | Instagram | Youtube
👍43🔥2🤩21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Data Science sohasi kimlar uchun?

Bu kasb sizga to'g'ri keladimi yoki yo'q, bilib oling.

Kurs haqida batafsil ma'lumot olish

10-avgustgacha kursni xarid qiling va sovg'a sifatida ingliz tili kursini bepul oling
👍221
Ish qidirayotganda bu xatolarni qilmang

Bir necha kun oldin, "Ishga topshirayotganda ko'p yo'l qo'yiladigan xatolar" mavzusida vebinar o'tkazgan edik.

Unda kursni bitirib chiqqan o'quvchilar yo'l qo'yayotgan eng ko'p xatolar ko'rib chiqilib, ularga yechim berishga harakat qilingan.

Vebinarni ko'ring va birinchi ishingizni topishga qadam tashlang

👉 https://youtu.be/g88KsFYir-w

Telegram | Instagram | Youtube
👍16🔥1
.NET Praktikum uchun oldindan qabul boshlandi

Ko'pchilik kutgan .NET kursini bugundan boshlab xarid qilishingiz mumkin.

Kurs esa 17-avgustdan boshlanadi.

Kurs davomida siz xalqaro maydonda katta obro'ga ega bo'lgan, juda tez sur'atda o'sib takomillashib borayotgan, C# dasturlash tilini o'rganasiz. O'rgatiladigan barcha texnologiyalardan foydalanib har qanday dasturning yuragi ya'ni backend qismini yozishni o'rganasiz.

Darslar 3 yildan ortiq tajribaga ega, hozirda xalqaro Exadel va Piorsoft kompaniyalarida .NET dasturchi sifatida faoliyat olib borayotgan Elbek Normurodov tomonidan o'tiladi.

Kurs haqida batafsil ma'lumot olish

Kursga ro'yxatdan o'tish

📅 10-avgust, 23:59 gacha kursni sotib olganlarga, ingliz tili kursi sovg'a sifatida qo'shib beriladi.

📞 910056600
👍19👏4🔥311🎉1
"2 tasi 1 da" aksiyasi tugashiga 2 kun qoldi

Ingliz tili kursini sovg'a sifatida BEPUL olishga ulgurib qoling

Aksiya 10-avgust, 23:59 gacha amal qiladi.

Batafsil ma'lumot 👉 mohirdev.uz/aksiya

Bog'lanish: @mohirdev_jbot
👍11👏1🎉1
Qaysi dasturlash tilidan boshlashim kerak?

Har bir dasturlashni o’rganishni boshlayotgan inson ushbu savolga javob qidiradi. Ular notog’ri tanlov qilib qo’yishdan havotir olishadi. Bu maqolada Python Praktikumi muallifi Jahongir Rahmonov sizga shu qarorni qabul qilishda bir nechta amaliy mulohazalar orqali ko’maklashishga harakat qilib ko'radi.

👉 Maqolani o'qish

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍151👏1
​​Full Stack Java praktikum kursi qanday modullardan tashkil topgan?

1. Java asoslari
Bu modulda Java dasturlash tili haqida boshlang’ich tushunchalar beriladi va uning imkoniyatlari kichik dasturlar va masalalar orqali ochib beriladi. Darslar davomida dasturlash muhitini yaratish, Operatorlar, shartli belgilar va sikllar kabi nazorat tuzilmalari, Sodda va murakkab ma’lumot tiplari, Bir o’lchamli massivlar va Funksiyalar o’rgatiladi.

2. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash va to’plamlar(Collections)
O’quvchilar OYD (OOP – Object Oriented Programming)ning asosiy qonun qoidalarini va ular yordamida dastur yozishni o’rganishadi. To’plamlar(Collections framework)ga tegishli bo’lgan ma’lumot turlari va ular bilan ishlashdagi maxsus funksiyalardan foydalanish o’rgatiladi.

Bu modulda o’quvchilar:
- Obyektga yo’naltirilgan dasturlash
- Klasslar, ularning strukturasi va obyektlar
- Foydalanish modifikatorlari(Access modifiers) va Inheritence (voris olish)
- Polimorfizm qoidasi
- Abstraktsiya va interfeyslar bilan ishlash
- To’plam(Collections)lar
- List, Map, Queue va Set bilan ishlashni o’rganadilar

3. Murakkab Java tushunchalari(Advanced java)
Bu modulda ushbu tildagi ishni yengillashtiradigan va kodni qisqartiradigan imkoniyatlar ko’rib chiqiladi. Dasturdagi xatoliklarni aniqlash va oldini olish o’rgatiladi.

Darslar davomida: lambdalar va kengaytma funksiyalar, xatoliklar va ularni bartaraf etish ko’rib chiqiladi.

4. Springga kirish
Spring texnologiyasi, uning modullari haqida tushunchalar real misollar asosida o’rgatiladi va hamma darslar bitta loyiha asosida ko’rsatiladi.

Darslar davomida ushbu texnologiyalar o’rgatiladi:
- Spring Boot
- Spring Security
- Spring Data

5. Database
Bu modulda Database uchun PostgreSQL, dasturchi uchun kerak bo’ladigan asosiy so’rov(query)lar va Joinlar to’liq o’rgatiladi.

6. Frontend
Bu modul frontend uchun mo’ljallangan bo’lib, Frontend uchun HTML5, CSS, JavaScript texnologiyalari o’rgatiladi. Dasturning foydalanuvchi interfeysi qismini yasash, uni o’zgartirish ko’nikmalari shakllantiriladi.

7. Vue.js
Bu modulda JavaScript tilining keng tarqalgan kutubxonasi – Vue.js ning eng kerakli qismlari, componentlar, hodisa(event)lar, bog’lanish(binding)lar va boshqa ko`plab qirralari o’rgatiladi.

8. JHipster
Bu modulda o’quvchilarga JHipster orqali yuqoridagi barcha texnologiyalarni va ularga qo’shimcha bir nechta texnologiyalarni jamlagan holda loyiha tuzish o’rgatiladi.Uning ichki imkoniyatlari aniq misollar, loyihalar asosida ko’rsatib beriladi.

Darslar davomida:
- Application tuzish
- Entitylar bilan ishlash
- Monolith application
- Microservice application
- JDL studio bilan ishlash to’liq o’rgatiladi.

9. Ishga tayyorgarlik
Modul davomida:
- Rezyume yozish
- Portfolio tayyorlash
- Ish qidirish
- Intervyuga tayyorgarlik kabi ko’nikmalarto’liq o’rgatiladi.

Kursga ro'yxatdan o'ting yoki sayt orqali xarid qiling

Telegram | Instagram | Youtube
👍16🔥21
"2 tasi 1 da" aksiyasi bugun tugaydi

Ingliz tili kursini sovg'a sifatida BEPUL olishga ulgurib qoling

Aksiya bugun, 23:59 gacha amal qiladi.

Batafsil ma'lumot 👉 mohirdev.uz/aksiya

Bog'lanish: @mohirdev_jbot
👍15🔥4🤩21
MohirDev.uz pinned a photo
Juda ko’pchilikdan keladigan savollar shunga o’xshash: “Hozir C ni o’rganayapman, lekin bu tildan ko’nglim to’lmayapti. Uning o’rniga C# yoki C++ ni o’rganishim kerakmi ?

Men bilmayman. Bu sizning nima xohlayotganingizga bog’liq.

Tasavvur qiling, siz doktor bo’lmoqchisiz. Qanday turdagi doktor bo’lmoqchisiz?

Kardiolog? Unda qon tomirlari va yurak haqida o’rganasiz.
Tish shifokori? Unda tish haqida o’rganasiz.

Psixiatr? Unda ruxiy salomatlik haqida o’rganasiz.

Nimaga shama qilayotganimni tushungandirsiz?

Qanday turdagi dasturchi bo’lmoqchisiz?

iOS dasturchi? Unda Objective C va Swiftni o’rganing.

Android dasturchi? Unda Java va Kotlinni o’rganing.

Backend? Unda Python/ Java/ Ruby/ C#/ PHP va boshqalardan birini o’rganing.

Frontend? Unda HTML, CSS, JavaScript va boshqalarni o’rganing.

Past darajadagi tizim dasturlash ? Unda C va C++.

Windows dasturlash? Unda C#ni o’rganing.

Bularning barchasi dasturlash/dasturlash yo’nalishlari. Yo’nalish tanlang, undan keyin esa tilni.

Muallif: Jahongir Rahmonov

Orginal post: ingliz tilida

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍39🔥5👏32🎉1
.NET praktikum kursida qanday loyihalar qilinadi?

👉 https://youtu.be/AcIJzKI12v4

Kursga ro'yxatdan o'tish

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍141
MohirDev.uz pinned «Juda ko’pchilikdan keladigan savollar shunga o’xshash: “Hozir C ni o’rganayapman, lekin bu tildan ko’nglim to’lmayapti. Uning o’rniga C# yoki C++ ni o’rganishim kerakmi ?” Men bilmayman. Bu sizning nima xohlayotganingizga bog’liq. Tasavvur qiling, siz doktor…»
Ishga kirish bo'yicha mif: Agar ish beruvchi yozgan barcha talablarga 100% to'g'ri kelmasangiz, ishga topshirmasligingiz kerak.

Kompaniyalar 100% ishga to'g'ri kelmaydigan odamlarni ishga olib kelishadi.

Ba'zan kompaniyalarning o'zlari aniq kimni qidirayotganligini bilmaydi. Ba'zan esa ish talablari moslashuvchan bo'ladi. Undan tashqari, dasturlash haqida yetarlicha bilmaydigan HR ish bo'yicha talablarni yozgan bo'lishi ham mumkin.

Agar siz junior bo'lsangiz, middle pozitsiyasiga topshirib ko'ring va sizda bu pozitsiyada ishlash uchun yetarlicha bilim va ko'nikma borligini aniqlashni kompaniyani o'ziga qoldiring.

Ammo realist bo'ling. 6 oylik tajribaga ega bo'lib turib, lead pozitsiyasiga topshirish yaxshi fikr emas.

Muallif: Jahongir Rahmonov (ingliz tilidan tarjima qilindi | Orginal post)

Telegram | Instagram | Youtube
👍46💯10🤩71🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy Intellekt rivojlansa, ishsizlik ko'payadimi?

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
👍41🏆18🕊1210🔥61👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
.NET dasturchisi bo'ling

Kurs davomida siz xalqaro maydonda katta obro'ga ega bo'lgan, juda tez sur'atda o'sib takomillashib borayotgan, C# dasturlash tilini o'rganasiz.

Kurs yakunida Toshkent shahriga kelgan mehmonlarga shinam xonadon topadigan “Sheenam” deb nomlangan loyihaga bag’ishlangan 9 soatlik video darslar davomida, g’oyadan birinchi dastur funksiyanaligacha yozishni o’rganasiz.

Kurs haqida qisqacha:

100 ga yaqin videodarslar
3 ta loyiha qilish imkoniyati
Har bir modulda dars topshiriqlari
O’qituvchi bilan Zoom uchrashuvlar
Kursni boshlash uchun boshlang’ich bilim talab qilinmaydi

Darslar 3 yildan ortiq tajribaga ega, hozirda xalqaro Exadel va Piorsoft kompaniyalarida .NET dasturchi sifatida faoliyat olib borayotgan Elbek Normurodov tomonidan o'tiladi.

Kursni xarid qilish: mohirdev.uz/net

Konsultatsiya olish

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍307💯5🔥4🏆4🤩21