Muhammad Amin Naziraliyev
518 subscribers
1.16K photos
72 videos
425 links
Codial - Zamonaviy Kasblar Akademiyasi asoschisi, SayyidSafo Akademiyasi va Safo Bog'chasi rahbari Muhammad Amin Naziraliyevning blogi
Download Telegram
Shunday yashaginki

Shunday yashaginki,
seni eslanganda ko'zlarga yosh kelsin!

Qalblarda muhabbatlar uyg'onsin!

Dildan chiqqan so'zlaring yodlar olinsin, xotirlarda qolsin!

Qilgan amallaring qaytarish sharaf bo'lsin!

Seni tariflarga qalamlar ojiz, eslanganda ko'ngillar sakinat topsin!

Hayotingga jonlar fido bo'lsin!

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Qarz berish

Qarz berishda ikki shartim bor, tushsa beraman:

1. Ehtiyoji bo'lsin.

Zaksga mashina buyurtma qilish uchun bo'lsa, bermayman. Ehtiyojdan tashqari isrof xarajat hisoblanadi.

Qarz so'rab kelinganda o'rganib chiqish kerak. Isrofga sherik bo'lib qolinmasligi uchun.

2. Kechib yubora oladigan miqdoricha.

O'sha vaqtda qancha bersam kechib yubora olishimizni o'ylab, shuncha beraman.

Agar bir odam berilgan qarzni vaqtida qaytarmasa kelasi safar bermayman. Rostini aytaman: "O'tgan gal 2 marta qayta vaqt belgiladik, vaqtida bermadingiz. Shuning uchun bu safar bera olmayman"

3-safar so'rasa o'ylab ko'raman, xatosini tushunib yetgandir.

Oluvchi emas beruvchi qo'llardan qilsin! Shukr qilsak ziyoda qilinadi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Zerikish haqida

O'g'limni kuzatyapman: Bitta o'yinchoqni 3 kun o'ynaydi, zerikadi. Keyin ichini ochishga o'tadi. Oxirgacha yetib boradi.

Uyimizda butun o'yinchoqlar qolmagan. Zeriksa keyingisiga o'tadi.

Lermontovning "Zamonamiz qahramoni" asarida Pechorinda hamma narsa bor edi: lavozim, boylik, chiroy. Erishishi mumkin bo'lgan narsaga erishdi va zerikdi.

Nimadirlar qiziqishga tushdi va oxiri sayohat qilishni boshladi.

Zerikish qilib turgan ishimizdan zavq olmay qo'yishimiz. Lekin zerikishni yaxshi tomonlari bor.

O'zingizni anglaysiz, qayerga qarab ketayotganingizni tushunib olasiz, yangi xulosalar olasiz.

Zerikkan odam o'zini kashf qiladi, hayotini keskin burilishga olib keladi.

Demak, xonaga qamalib qolish ham yaxshi ekan.

Zeriksak o'yin, reels, kinodan saqlanish kerak.

Ps: Yuqoridagi asar "Mutolaa" ilovasida bor.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Shaxsiy moliya

Moliyani tovuq misolida tushuntirishadi. Buni 3 turga bo'lish mumkin:

1. Ziyonga kirish

Tovuqni qarzga va ustiga qo'shimcha to'lovi bilan olinadi. Tovuqni o'zini yeb yuboriladi. Qarz, qo'shimcha to'lov qoladi lekin tovuq yo'q bo'ladi.

Misol: Iphone, eskiradi narxi tushadi, qarzi va qo'shimcha to'lovi qoladi.

2. Qaytmas ishlarga pulni sarflash

Tovuq olinadi lekin yeb qo'yiladi. Naqdga olingani uchun ustiga qarz bo'lmaydi.

Status o'yinlari, to'y, uyni foydasiz joylari. Qarz bo'linmasa ham shuncha yil qilingan mehnatni puli bir vaqtda yo'q bo'lib ketadi.

3. Keladigan joyga tikish

Tovuq olib tuxumidan ishlatiladi. Tovuqni o'zini yeb qo'yilmaydi.

Uy, mol-qo'y olib boqish, hozirgi platformalarga pul tikish. Iman, Way 2 va hokazo.

PS: Dasturlarga pul tikilsa parolini ishonchli odamlarga berish kerak. Bo'lmasa kerak bo'lib qolganda pulni yechib olish osonlashib qoladi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Ozgina tanaffusdan keyin

Ozgina dam olish va sayohatlardan keyin yana ijodni boshladim.

Odam boshqa muhitdan bo'lgan vaqtda narigi muhitga o'tish uchun qunt qilmas ekan.

Fikrlar yeg'ilgan, kuzatuvlar qilingan, suhbatlar tinglangan, yozish qolgan xolos.

Pishib turgan pishiriqni yeyish mazzada.

@mnshuz
Osonlashib boradi

Gohida zerikkanda kino ko'rib turaman. Hozir ko'rayotganim "Mehmed: Fetihler Sultanı".

Bu paytlarda odam ozginadan keyin qo'shin kelib qoladimi, kimdir vaboga chalinadimi yoki dushmanlar tomonidan o'ldirib ketadimi, katta risk bilan yurgan.

Oldida shunchalik katta kurashlar bo'lganki, hisobi o'lim yoki to'shakda mixlanish bo'lgan.

Biz bo'lsa o'zimizni va ukalarimizni oddiy "Ertaroq tur, reels ko'rma, o'yin o'ynamagin, uchrashuvga vaqtida bor, odatlarni shakllantir" deb yuribmiz.

Qanchalik zamon qulaylashib borar ekan, komfort ham oshib boradi.

Komfort oshgan sari oddiy kurashlar ham qiyinlashib boradi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz