Muhammad Amin Naziraliyev
514 subscribers
1.16K photos
72 videos
424 links
Codial - Zamonaviy Kasblar Akademiyasi asoschisi, SayyidSafo Akademiyasi va Safo Bog'chasi rahbari Muhammad Amin Naziraliyevning blogi
Download Telegram
O'tib ketish

"Hamma qiladigan ishni qilib hammadan o'tib ketib bo'lmaganidek, omma uchun o'lmasdan ommadan o'tib ketib bo'lmaydi" deyishadi ustozlar.

Omma qilmayotgan, lekin qilganlar boshqalar qilmayotgani uchun ham oldinda bo'ladigan ishlar quyidagilar:

1. Ko'proq oflayn bo'lish

Premium hayot oflaynga o'tib boryapti. Qulayotgan omma esa onlaynga o'tib boryapti. Endi ko'p onlayn bo'lish, pulimiz va imkoniyatlarimiz cheklanganining belgisi. Ko'p oflayn bo'lish, erkinligimiz, daromadimiz, fikrlashimiz cheklanmaganining belgisi.

Manba: https://telegra.ph/Premium-hayot-paradoksi-haqida-10-23

2. Qomusiylik

Qomusiy bo'lish ko'p narsani chala bilish emas. Bir-ikki narsani zo'r bilish. Qolganlarida ham kam bo'lmaslik degani.

Manba: https://telegra.ph/Odamga-qomusiylik-yarashadi-10-23

3. Sun'iy intellektga suyanib qolmaslik

Sun'iy intellektga asoslangan chatbotlarga suyanib qolish, aqliy zaiflashuvga olib borish ehtimoli bor. Aynan tanqidiy fikrlash, tahliliy nazar va ijodkorlik qobiliyatlari xavf ostida.

Masala ishlatishda ketmayapti. Suyanishda ketyapti. Suyanish o'zi qilishi kerak bo'lgan ishlarni (masalan, o'ylash) topshirish degani.

Manba: https://telegra.ph/Ustunlik-qayerdan-keladi-10-23

4. Keng o'ylay olish

Bir ishimizga oxirgacha "keyinchi?, nega" savolini berib ketish.

Manba: https://telegra.ph/Javoblarni-endi-nima-qilamiz-10-23

5. Rostgo'y bo'lish

Rost gapirish o‘zini yengil va xotirjam qiladi, do‘stlarni ko‘paytiradi, qalbini pok saqlaydi va rizq eshiklarini ochadi.

Manba: https://telegra.ph/Rost-gapirishning-foydalari-haqida-09-08

Uzun bo'lib ketdi, rozi bo'lasiz. Aslida yaxshilik uzun yo'llarda bo'ladi.

Manba: https://telegra.ph/Uzun-yollar-haqida-10-23

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Kanalga a'zolik

"Nega sizni kuzatishimiz kerak" deydi kanal a'zolari, haq gap.

Har bir kanal virtual muhit hisoblanadi.

Bu muhit, biz hali ham hech nima qilmaganimizni bildirib tursa, hech nima bilmasligimizni eslatib tursa.

Dangasaligimizni unutishga yo'l qo'ymasa. Xatolarimizni ro'paramizga chiqarsa, demak to'g'ri joydamiz.

Harakatimiz asosiy 3 narsaga erishganimizdan keyin ikki barobar sekinlashib qoladi. Sekinlashtirmaslik uchun.

Kaminada uchalasi ham bor: Uy, shaxsiy mashina, zavja.

Ba'zilar xatto yaxshi ishga joylashishi bilan to'xtaydi. Ko'p odamlar ma'lum bir nuqtada to'yadi.

To'ymaslik va to'xtamaslik uchun. Yuqoridagilar bo'lmayaptimi, to'g'ri joyda emassiz.

Bugun Andijonchasiga "Obbo mene" degan post bo'ldi, uzr.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Foydali saboqlar

1. Har bir odamni kutilmagan holatda asl shaxsiyati ochiladi.

Jaxli chiqqanda, musibat tushganda, xursanchilik kelganda.

2. Nimani tushuntirsangiz ham misol keltiring.

Tushunish tasavvur orqali bo'ladi, tasavvur misol orqali rivojlanadi. Miyya misol orqali oson tushunadi.

3. Yoshi kattalar texnologiyada oqsashadi xolos. Maslahat, nasihatni ulardan olingani afzal. Tajribasi kattasidan.

Ularga savolni umumiylashtirib berish kerak. Shundan xulosasini olib muommoiyimizga tushurib olamiz.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Og'ir hayot

U na ustoz tutdi, na yo'lboshchi. Ikkisini inkor qilib hayotga boqdi.

Maqsadsiz yashadi, maqsadlilarga loy chaplash, ayblash bilan yashadi.

Hasadi birovlarni ko'ra olmaslik, zerikish uni sherigi bo'ldi.

Na nasihatni, na maslahatni oldi. Kibri go'lib keldi.

O'zini qarori bilan yashadida eng katta narsani unutdi. O'zicha o'zini ko'rsatib qo'ymoqchi bo'ldi, sindi.

Dangasalikdan boshi chiqmadi, bor iqtidorini ham yo'q qildi.

Afsus...

Biz dangasalikdan, kambag'allikdan, bekorchilikdan panoh so'rashga buyurilganmiz.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Qarzni kechish

Kelajak hayotimga asqotadigan ta'limot o'rgandim, bo'lishmoqchiman:

Hozircha o
'sha pulga ehtiyoji bor, aytilgan vaqtida beradigan do'stingiz qarz so'rab keldi, berdingiz.

Muddati keldi, beraman deyapti sizga esa u pulga endi ehtiyojingiz yo'q kechib yubormoqchisiz. Undan qilmang, kechib yubormang.

Chunki sizni pulingiz unga o'sha paytda zarur edi xolos, hozir unday emas. Qaytarmochi.

Kechib yuborsangiz, huddi muhtojga qilingan muomilani ko'radida kelasi safar sizdan so'ramay qo'yadi.

Chunki u pulga muhtoj emas balki ehtoji bor edi xolos. Do'stingiz o’zini yomon his qilishi yoki kelajakda muloqotdan o’zini tortishi mumkin.

Haqiqatan ham, qarzni qaytarish har ikki tomon uchun ham mas’uliyatni saqlab qoladi va munosabatlarning yanada kuchayishiga xizmat qiladi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Shunchaki statistika

Ajrashuvlarning davlat bergan rasmiy statistikasi, bu yildan yilga o'sib bormoqda.

1. 2020-yilda respublikamizda 28,2 mingta nikohdan ajrashuv qayd qilingan.

2. 2021-yilda 39,3 mingta va 2022-yilda 48,7 mingta.

3. 2023-yilda 49,2 mingta va 2024-yilda 45,1 mingta nikohdan ajrashuvlar qayd qilingan.

4. Hozirda yurtimizda har 6-bola otasiz katta bo'lmoqda.

5. Chet elda migrantlar soni 2 mlndan oshgan. Ularning asosiy qismini 28 yoshdan oshganlar tashkil qilmoqda.

Bu raqamlar undan ham ko'proq bo'lgan bo'lishi mumkin. Bu davlat rasmiy statistikasi.

Shunchaki yozgim keldi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Shunday yashaginki

Shunday yashaginki,
seni eslanganda ko'zlarga yosh kelsin!

Qalblarda muhabbatlar uyg'onsin!

Dildan chiqqan so'zlaring yodlar olinsin, xotirlarda qolsin!

Qilgan amallaring qaytarish sharaf bo'lsin!

Seni tariflarga qalamlar ojiz, eslanganda ko'ngillar sakinat topsin!

Hayotingga jonlar fido bo'lsin!

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Qarz berish

Qarz berishda ikki shartim bor, tushsa beraman:

1. Ehtiyoji bo'lsin.

Zaksga mashina buyurtma qilish uchun bo'lsa, bermayman. Ehtiyojdan tashqari isrof xarajat hisoblanadi.

Qarz so'rab kelinganda o'rganib chiqish kerak. Isrofga sherik bo'lib qolinmasligi uchun.

2. Kechib yubora oladigan miqdoricha.

O'sha vaqtda qancha bersam kechib yubora olishimizni o'ylab, shuncha beraman.

Agar bir odam berilgan qarzni vaqtida qaytarmasa kelasi safar bermayman. Rostini aytaman: "O'tgan gal 2 marta qayta vaqt belgiladik, vaqtida bermadingiz. Shuning uchun bu safar bera olmayman"

3-safar so'rasa o'ylab ko'raman, xatosini tushunib yetgandir.

Oluvchi emas beruvchi qo'llardan qilsin! Shukr qilsak ziyoda qilinadi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Zerikish haqida

O'g'limni kuzatyapman: Bitta o'yinchoqni 3 kun o'ynaydi, zerikadi. Keyin ichini ochishga o'tadi. Oxirgacha yetib boradi.

Uyimizda butun o'yinchoqlar qolmagan. Zeriksa keyingisiga o'tadi.

Lermontovning "Zamonamiz qahramoni" asarida Pechorinda hamma narsa bor edi: lavozim, boylik, chiroy. Erishishi mumkin bo'lgan narsaga erishdi va zerikdi.

Nimadirlar qiziqishga tushdi va oxiri sayohat qilishni boshladi.

Zerikish qilib turgan ishimizdan zavq olmay qo'yishimiz. Lekin zerikishni yaxshi tomonlari bor.

O'zingizni anglaysiz, qayerga qarab ketayotganingizni tushunib olasiz, yangi xulosalar olasiz.

Zerikkan odam o'zini kashf qiladi, hayotini keskin burilishga olib keladi.

Demak, xonaga qamalib qolish ham yaxshi ekan.

Zeriksak o'yin, reels, kinodan saqlanish kerak.

Ps: Yuqoridagi asar "Mutolaa" ilovasida bor.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz