Muhammad Amin Naziraliyev
515 subscribers
1.16K photos
72 videos
424 links
Codial - Zamonaviy Kasblar Akademiyasi asoschisi, SayyidSafo Akademiyasi va Safo Bog'chasi rahbari Muhammad Amin Naziraliyevning blogi
Download Telegram
Kichik ishlar

Ustozlarimiz kichik lekin natijasi og'ir amallarni o'rgatib kelishadi.

1. Telegram, sms da salom berilgan bo'lsa alik olib keyin yozish. Munosabatni qalinlashtiradi.

2. Aytilgan vazifa, tanqid, topshiriqlarni yozib olish. Esdan chiqmaydi.

3. Aytilgan ish bitgan bo'lsa o'ziga bildirib qo'yish. Qalb xotirjam bo'ladi.

4. Ishni kamchiligini bildirishdan oldin kayfiyatni ko'tarib olish. Tez qabul qilinadi.

5. Telefon qilingan bo'lsa, vaqt bo'lganida bir bora bo'lsa ham qaytarib qo'yish. Ko'ngil olish bo'ladi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Rioya

*Rioya - boshqalarning fe’lini ko‘tarish, murosa qilish.

*Shaxsiy chegara - o‘zingizga hurmat talab qilish.

Do'stlarimiz ichida jaxli tez chiqadigan, himmati baland, halim, ko'p gapiradigan, qo'rqoq, xolis, erka va hokazo fe'ldagilari bor.

Ularni rioyasini qilishga buyurilganmiz.

Lekin qizil chiziqlarimiz ham bo'lishi kerak, buni shaxsiy chegara ham deyiladi.

Oldingizda chekishi, tillab so'kinish, mahramiyatga chuqur kirish, yo'q do'stlar g'iybati - lar shaxsiy chegaraga kiradi.

Bularda shaxsiy chegaramizga yo'l ochgan bo'lamiz.

Faqat do'stlarda emas, xodim, xo'jayin, qarindoshlarga qarab yuqoridagi shaxsiy chegara elementlari o'zgarib turishi mumkin.

Xulosa, rioya boshqani asraydi, shaxsiy chegara esa sizni asraydi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Umid bor

Ustozlarimiz "Umid" va "Orzu" ni farqini ajratib berishadi: "Umid" harakat qilib u tarafga yuzlanish, Orzu esa harakatsiz yuzlanish.

Umidni amalga oshishi aniqroq, orzu amalga oshmasa ham mazammat qilinmas ekan.

Mavzuga qaytamiz:

Bog'cha yoshidagi bola yodlash qobiliyati orqali o'rgangani uchun bog'chamizda bir haftada bir kublet she'r yodlatamiz.

She'rlarni ma'nosi yuqori, bola hozirda foydalanayotgan so'zlisidan tanlab olamiz.

Ota-ona, mehr, do'stga muhabbat, vatan, mavsumiy she'rlardan tashkil topgan.

Foydalari: Yodlash ko'nikmasi o'sadi, so'z boyligi ko'payishi, zehni mustahkamlanadi.

Umidimiz, ma'noli she'rlarni yod olgan bola 20 yoshdan keyin yodlatilgan she'rlarni idrok qilib amalda qo'llay olsin.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Foydali ish

Ustozlarimiz "Foydasiz ishlarni tark qilishni oson yo'li, foydali ishlar bilan mashg'ul bo'lish" degan oddiy formulani aytishadi.

Lekin qanday qilib?

Foydali ish bilan shug'ullanish uchun foydali ishlar bilan shug'ullangan insonlar yonida bo'lishimiz kerak. Muhit kerak.

Muhitni topish esa faoliyat turiga bog'liq. Solih solihlar muhitida, sport sportchilar, boylik boylar va hokazo.

"Odamni o'zida bo'lishi kerak" deyishadi. O'zini ochishi uchun imkoniyat, muhit kerakku! Qafasdagi qushga uch deyish ahmoqlik.

Ko'pincha ichki iqtidor tashqi ta'sir orqali vujudga keladi.

Muhitda bo'ling. Vagon o‘zi yura olmaydi, ammo lokomotivga ulansa, harakatga keladi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Tavsiya olish

Ustozlarimizdan maslahat olgani kelishadi. Ikki murakkablikka ro'baro bo'lishadi: Ma'lumotsizlik va shaxsni tanimaslik.

1-dars:

Maslahat so'rashda sizni yaxshi taniydigan, shaxsiyatingiz, oilangizni, holatingizni biladigandan so'rash kerak ekan. Mos maslahat olinadi.

2-dars:

Agar sizni tanimasa, xotirjam o'zingiz haqingizda gapirib berish. Keyin savolni berish kerak ekan.

Sizni holatingizga o'zini qo'ymasdan javob bersa amal qilinmaslik ehtimoli bor yoki xato maslahat ketadi.

O'zini o'rniga qo'yib ko'rishni ajnabiy tilda "tranformatsiya" deyiladi.

Shifokor sifatida to'g'ri retsep yozishning eng yaxshi usuli to'g'ri tashxis qo'yishdir.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Rost gapirish

Ustozlarimiz rost gapirishni 4 foydasi haqida aytishadi:

1. O'ylashdan qutulish

Aldayotgan odam har bir hodisani va gapni eslab qolishi kerak. Aql band bo'ladi, rivojlanish haqida kamroq, tafakkur payadi.

2. Do'stlarimiz ko'payadi

Sizga xiyonat qilmasligi, orqadan pichoq urmasligi va aldab ketmasligini aniq biladigan do'stdan kim kechadi.

3. Qalb oldida xotirjam yurasiz

Qalb tubida nur uchquni bor. Shu bilan har doim nafs hisoblashib yuradi. Uyalmaymiz. Atrofdagilardanku qocha olamiz lekin uchqundan qocha olmaymiz.

4. Daromad ko'payadi

Izoh berish shart emas. Yolg'on gapirgan odamga ishonib bo'lmasligi hamma biladi. Bittada bo'lmas, asta sekinlik bilan molimiz ko'payib boradi.

Rost gapirish o‘zini yengil va xotirjam qiladi, do‘stlarni ko‘paytiradi, qalbini pok saqlaydi va rizq eshiklarini ochadi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Adabiyotlar

Ustozlarimiz badiiy adabiyotlarni foydalarini sanab o'tishadi.

1. So'z boyligi oshadi.

So'z oshganidan keyin nutq ham o'sadi. Qancha ko'p so'z bilsangiz shuncha so'zda o'ylashni boshlaysiz.

2. O'rniga qo'yish boshlanadi.

"Qahramonni o'rnida bo'lsam nima qilgan bo'lar edim" degan savollarga javob izlab yurasiz. Bir epizodga bir tarafdan emas boshqa rakerlardan qarash o'rganiladi.

3. Voqealar rivojini ko'rish

Asarni o'qib, keyingi bosqichda nima bo'lishini taxmin qilish qobiliyati shakllanadi. Kelajakni bashorat qilish osonlashadi.

4. Birovni tushunish osonlashadi.

Qahramonlarning iztiroblari, quvonchlari va shodliklarini o‘z qalbingizdan o‘tkazasiz. Bu insonlarni osonroq tushunishga olib keladi.

Kitobxon ming xil hayotni yashaydi, o‘qimagan bir xil. George Martin

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Ha, ular!

Ustozlarimiz: "Oliy maqsadni qobiliyatga qarab belgilash kerak" deyishadi.

Kimdirni puli ko'p, demak katta joylar qurish, odamlarni ish bilan ta'minlash, yaxshi insonlarni yetishtirish uchun sarf qiladi.

Vaqti bori esa xizmat orqali, vaqti yetmayotganlarga yordam berish orqali. Bilimi bori bilim bilan olg'a intiladi.

Qobilyatlar ko'p, qobilyatni sanog'idek yo'l ko'p.

Har kim har tarafdan. Xatto yo'lda ketayotganda tutashmaydiganlari bor.

Lekin qaysi yo'ldan yurilsada, bir insonga tutashadi. Umrni oxirgacha uni qo'lidan ushlashga majburmiz.

Bu - ustozdir. Kimdir otasini, kimdir murabbiy, boshqasi shayxini.

Ularni kunlarining 70% qismi stressda o‘tar ekan. Shunga qaramay eng ko'p umr ko'ruvchi ustoz ekan.

Faqat bir kun, bir on emas har doim duolarimizda, niyatlarimizdasizlar.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Bir joyda ko'karish

Ustozlarimiz: "Daraxt bir joyda ko'karadi lekin.." deyishadi.

Daraxtni bir joydan ikkinchi joyga o'tkazish uchun ikkita shart bo'ladi:

1. Tagidagi yopishgan tuproq va ildizi bilan ko'chirish.
2. Eski joyida qaysi tarafi quyoshga qarab turgan bo'lsa huddi shu holda ekish.

Demak ishxona almashtirish yuqoridagi qoidaga tushmaydi. Ishxona sizni rivojlantirmayotgan bo'lsa chiqib ketish yoki rivojlanish yo'lini topish kerak. Bo'lmasa noto'g'ri joydasiz.

Lekin hadeb kasb o'zgartirish qoidani ayni o'zi. Kosibchilik keyin Ayti undan keyin bozorga chiq, mebel va hokazo.

Xulosa, Ishxona o'zgartirsangiz ham kasb o'zgartirmang.

Ishxonada o'smayotgan bo'lsangiz o'sish yo'lini toping bo'lmasa o'zgartiring.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Beparvo bo'lmang!

Ustozlarimiz aytishadi: "Bir o'lkada urush boshlandi. Podshoh otini urushga tayyorlashga amr berdi.

Otni taqasini qoqishda beparvo bo'lindi. Urishga kirildi otning taqasi chiqib ketib, podshoh otdan yeqildi.

Qo'shin podshoh quladi deb qocha boshlashdi. Mag'lub bo'lishdi. Erkaklar asir va ayollar asira, yurt esa mustamlaka bo'ldi."

Uyda farzandiga tarbiya berayotgan ona, beparvo bo'lmang!

Ustoziga xizmat qilayotgan shogirt, beparvo bo'lma!

Taomni pokiza tayyorlayotgan oshpaz, beparvo bo'lmang!

Kasalni davolayotganlar, dori yozayotganlar, beparvo bo'lmang!

Ilm uchun yo'lga chiqqanlar, beparvo bo'lmang!

Podshoh taqachisi, beparvo bo'lmang!

Qalbdan chiqqani, qalblarga boradi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Statistikalar muhim

Ustozlarimiz aytishadi: "Factfulness kitobida: Statistikalar muhim. Statistikalar orqasida son bo'ladi va ko'p xulosalar olish mumkin".

1. O'zbekiston maktablarida har yili bitiruvchilar va qo'shiluvchilarni hisobga olganda 7% bola ko'payib bormoqda.

2. 2025-yilga ko'ra 220 ta ixtisoslashgan maktablar mavjud.

3. 2024-yilda O'zbekistondagi Instagram foydalanuvchilari 4,2 milliondan 8,7 millionga ko'paygan.

4. Xitoyning 91% iz aholisi bir millatga mansub odamlar.

5. Organizmga qiyinchilik berish kerak. Bular: ochlik, issiqlik va sovuqlik.

6. Foydali va ishonchlilik jihatidan Chatgpt dan ko'ra Google yaxshiroq.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Toshkentdan gapiramiz

Toshkent o'sish, biznes qurish, zerikmaslik, boyib ketish uchun yaxshi shahar bo'lsa ham ozgina muommolari bor.

1. Ko'p vaqtingiz yo'lda o'tadi. Bir joyga borish uchun ham 1 soat oldin chiqish kerak. Tirbandlik ko'p.

2. Havo iflosligi muommosi. Bolajonlar allergiyasi ko'p. Mashina, qurilish, chang va tutun.

3. Yakkalanish. Katta shahar hayoti, tez-tez ko‘chish, tanishlar kamligi — bu ham odamlarni ruhiy jihatdan charchatadi.

4. Bir xil urf odat ko'rmaysiz. Turli odatlar ko'p. Kimdir Farg'onacha, boshqasi Buxorocha, unisi chet elcha urf odatlarni olib keladi.

5. Uy olish qimmat. Ayniqsa shahar markazlaridan.

O'zi Megapolislar shunday bo'lar ekan.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Kelin topilmasa...

Bu safar bo'ydoqlar haqida. Kelin topilmayapti, yosh ham o'tib boryapti. Sizga yangiligim bor. Siz bitta emassiz. Sizdeklar ko'p.

"Factfullness" kitobida: "Statistika orqasida yana bir statistika yoki son yotadi" deydi muallif.

Hozirgi vaqtda o'g'il bolalarda 21-24 yosh oralig'ida uylanishyapti. Qizlar esa bo'lsa 18-21 yosh. Qiz topish muommoga aylanyapti.

Kelinglar shuncha yil orqaga qaytamiz: O'g'il bolalar: 2001-2004 yillar, qizlar: 2007-2004 yillar bo'ladi.

Demak o'sha yillari qizlarni tug'ilishi o'g'il bolalarnikida bilinadigan raqamda ko'proq bo'lishi mumkin ekan.

Undan tashqari qiz topish qiyinlashganiga sabablar:

1. Qizlarni erga berish yoshi yuqorilaganligi. O'sish sekinligi va o'qishga intilish. Bu ham tabiiy turmush yoshini kechiktiradi.

2. Ajrashuvlar ko'pligi. 2023-yilda 17%, 2024-yilda 20% desak bo'ladi. Bunda ham ajrashgan erkaklar yana bo'ydoqlar safida bo'lishi mumkin.

3. Oldingi yillari uylanmay qolgan yigitlar ham nomzod bo'lishi mumkin.

Asos uchun havolalar bermadim. Bo'ydoq do'stlarimga shaxsiy qarashlar turkumidan.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Shaxsni tanish

Intervyularda turmush, biznes, qanday yashash haqida savollar beriladi. Javoblarga amal qilishimiz osonlashadi.

Javoblardagi gaplar kitoblarda borku, balki chiroyli gapirishgani uchun chaqirishgandir.

Balki yutuqlari uchun. Yutuqli odam gapirsa, gapi ta'sirli chiqadi.

Biror maslahatni eshitsak, kim aytganini so'raymiz.

Maslahatni o'zidan kim aytgani muhimroq. Tanisak, hurmat qilsak, mashhur bo'lsa amal qilishimiz osonroq.

Nega unda asrlardan beri yozilgan kitoblarga amal qilmayapmiz. Eshitmaganimiz uchun emas.

Yozganni yoki aytganni shaxsini tanimaganimiz uchun.

Shaxsni tanishga intilaylik, ta'sirli bo'ladi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Ota-ona tanlagani

Aytganlarini qilmasak bir kun keladi, to'g'ri gapirganlarini tanamizda his qilamiz. Unda kech bo'ladi.

Uylanishda yigitlarga ko'proq ota-ona topganiga uylanavergin deyman. Sabablar:

1. Seni o'zingdan ham yaxshi biladigan ota-onang bo'ladi. Nima ovqatni yaxshi ko'rasan, kiyinishda fe'ling, jahldor yoki halim.

Ularni ichki instinktlari qizni bir ma'lumot olishda analiz qilib bo'lishadi.

2. Ota-ona sendan ko'ra ayoling bilan vaqtini ko'proq o'tkazadi. Uyga kelsang yaxshi kayfiyat bo'lsa boshqa ayblari yuvilib ketadi.

3. O'zi saqlasin, o'rtangda urush chiqsa ham ular birinchi oraga tushadi. Chunki "o'zlari" topishganda.

Ota-onaga yoqib keyin senga yoqsa nur ustiga nur. Lekin senga yoqib ota-onaga yoqmasa boshing aylanib ketsa qayta o'qirsan maqolani.

Bo'ydoq do'stlarimga shaxsiy qarashlar turkumidan.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Bo'ydoqlarga tajribalardan...

Ilm, chiroy, xusni xulq bular hammamiz biladigan bilimlar. Boshqa tarafdan:

1. Moliyaviy daraja.

Boyga boy, o'rtaholga o'rtahol bo'lgani yaxshi. O'rtahol yigit boy qizni olsa uni o'ziga yarasha kutilmalari, talablari bo'ladi. Qudalar o'rtasida ham ajratish bo'lishi mumkin.

2. Ota-ona tanlaganini olish. Bu haqida -> yozdim.

3. Ko'p tug'adiganidan olgin.

Baribir ahloqi bo'lmasa chiroyi shaftoli qoqidan farqi qolmaydi.

Ayblari bo'lsa farzand bilan yuvilib ketadi. Biri katta bo'lib qolsa yana xohlab qolasan, shirinidan. Ko’p tug’adiganini onasidan bilinadi.

4. Oradagi farq 3 yosh bo’lsa yaxshi, uylanish yoshi yuqoriladi. Hayot murakkablashdi.

5. Otaga ham e'tibor qaratish kerak.

Ota katta uyda - tinchlik bo'ladi. Maydalashilmaydi, hurmating joyida bo'ladi.

Fizikada qoida bor. Bir obyektga haqida unga qaramasdan ma'lumot olish mumkin.

6. Unashtirilganidan keyin gaplashmaslik kerak.

Ba'zilar o'sha 2 oyda tarbiyalashga harakat qiladi. Kulgim qistaydi, 18 yil boshqa tarbiyada o’sgan qizni 2 oyda o’zgartirib bo’lmaydi.

Bo'ydoq do'stlarimga shaxsiy qarashlar turkumidan.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Uylanish haqida resurslar

Uylanish haqida yozdim, endi o'qish uchun manbaalar ham berib ketaman:

1. Maqola tavsiya: https://telegra.ph/Turmush-qurishdagi-kuzatuvlar-09-16

2. Kitob: Baxtiyor oila.

Juda foydali, audiosi ham bor. Deyarli uylanayotgan har kim shu kitobga murojaat qilyapti.

3. Kino: Puankare.

O'zi kino ilmga to'sqinlik haqida. Lekin xotining shunaqa bo'lsa sabr degan ne'matni o'zingga qalqon qilasan, qolasan. Yana hayoting davomida.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Qiymat berish

Nyutonni 3-qonuni bir obyektga qancha kuch berilsa u shuncha kuch bilan javob qaytarar ekan.

Hayotda ham kimdir boshlashi kerak. Beriladi keyin qaytadi.

Tabassum qiling, tabassum qaytadi. Ishxonaga ham qiymat bersangiz, qaytadi.

O'zini bizga yaqin olgan odamga biz ham yaqin olgimiz keladi.

Ayblasangiz ayblanasiz, qo'pollashsangiz qo'pollashiladi.

Undan kechirim so'rab qo'yavering, qaytishi ham bo'ladi.

Jamiyatdagi o'zgarishning birinchi zanjirini boshlab berish natijasida yaxshiliklar vujudga keladi. Evaz kutmaslik kerak.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Yaxshilik

Oldingizdagi odam Ahmadni maqtasa, Ahmadga yetkazib qo'yishingiz oradagi ikki do'stingizni muhabbatini ziyoda qiladi.

Bir odam hadya bersa, undan ham yaxshiroq hadya bilan javob berishingiz go'zal ahloq bo'ladi.

Sizga yaxshilik qilgan odamni otasini ko'rganda farzandini tarbiyasi uchun rahmat aytishingiz ota bolasi ustidan faxr tuyishiga olib keladi.

Katta himmatli ishlarni ko'rganda qalbdan niyat, shu ishni qilishingiz ehtimolini oshiradi. Hech bo'lmasa xushnudlik olib keladi.

Xulosa, yomonlikni olib bormang, himmatli insonlar bilan ko'proq birga bo'ling, o'zaro hadyalashib turing.

Yaxshilik — qalbda aks etadi, va qalbdan qalbga ko‘priklar quradi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
O'zgartirish

Hamma aytadigan gap: Birovni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz o'zingiz o'zgaring.

To'g'ridan to'g'ri o'zgarishga majburlay oladigan odamlarimiz bor: Shogirt, jiyan, farzand, ayolimiz, xodim...

O'zgarishga majburlay olmaydiganlarimizni o'zgartirish uchun bir yo'l bor. Natijalarga erishish orqali.

Bunga vaqtlar kerak. Hayot tarzimiz, yurishimiz, turishimiz, sog'lig'imiz havas qiladigan darajada bo'lishi kerak.

Shunaqa yashasam edi degan orzu qilishi kerak. "BIz shunday yashashimiz uchun nima qilishimiz kerak" degan savol berishi kerak.

Keyin sizni gapingizni olishadi.

O'sha gap: O'zimizni o'zgartirsak nafaqat oldimizdagi balki atrofimizdagilar ham o'zgarishiga sababchi bo'lamiz.

ps: O'zimizni qanday o'zgartirsak bo'ladi -> yozganman.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz