Muhammad Amin Naziraliyev
418 subscribers
1.16K photos
72 videos
415 links
Codial - Zamonaviy Kasblar Akademiyasi asoschisi, SayyidSafo Akademiyasi va Safo Bog'chasi rahbari Muhammad Amin Naziraliyevning blogi
Download Telegram
Yuz qotishi

Avariyalar, osib qo'yishlar, pichoqvozlik, urish, zapal, samasudlarni ko'raverib yuzimiz qotishni boshladi.

Yuz qotishi bilan bu ishlar osonlashib boradi. Osonlashib borganidan keyin jinoyatlar o'z-o'zidan ko'payib boradi.

O'rganganlarimizga amal qilmasak, amal qilishni o'rganmasak borib-borib amal qilmaslikka o'rganib qolamiz.

Yozmasak, kursga bormasak, kitob o'qimasak, suhbatlarda bo'lmasak 30 yoshdan keyin amal qilish qiyinlashib boradi.

Aytishadiku: "Vijdon azobi degan narsa vaqt o'tishi bilan yo'qolib bahonaga aylanadi."

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Kam o'qish

Kitob o'qish aholiga nisbatan kamligini aytishadi. Asosiy kitobxonlar 40 yoshdan kichiklarni tashkil qilar ekan.

Bunga sabab deb ota-ona kitobga qiziqtirmasligi, ijtimoiy tarmoq, diqqatni ushlay olmaslik, muhit yo'qligi ko'rsatiladi.

Yana sabab o'qish qatlamidagilar asosan abituriyentlar bo'lgani va ular faqat test yechish uchun o'qishi.

O'zimiz ham shunday bo'lganmiz. Faqat testdan tushadigan kitoblarni o'qiganmiz xolos.

Statistikaga qarasak bozorda 1 mln abituriyentlar bor ekan. Bu degani kitob o'qiydigan asosiy qatlam test yechish uchun harakat qilar ekan.

Farg'ona viloyat kutubxonasiga kirdim. Yangi ta'mirdan chiqibdi. Sharoit va imkoniyatlar go'zal. Xursand bo'ldim.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Yaxshilik

Oldingizdagi odam Ahmadni maqtasa, Ahmadga yetkazib qo'yishingiz oradagi ikki do'stingizni muhabbatini ziyoda qiladi.

Bir odam hadya bersa, undan ham yaxshiroq hadya bilan javob berishingiz go'zal ahloq bo'ladi.

Sizga yaxshilik qilgan odamni otasini ko'rganda farzandini tarbiyasi uchun rahmat aytishingiz ota bolasi ustidan faxr tuyishiga olib keladi.

Katta himmatli ishlarni ko'rganda qalbdan niyat, shu ishni qilishingiz ehtimolini oshiradi. Hech bo'lmasa xushnudlik olib keladi.

Xulosa, yomonlikni olib bormang, himmatli insonlar bilan ko'proq birga bo'ling, o'zaro hadyalashib turing.

Yaxshilik — qalbda aks etadi, va qalbdan qalbga ko‘priklar quradi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Lozim narsalar

Har doim ta'kidlab kelaman, kim bo'lishidan, qayerda ishlashidan qat'iy nazar Ingliz tili muhim.

Eng kami o'qigan narsasiga tushunsin, minimal holatda bo'lsa ham gapira olsin.

Yurist, kosib, shifokor, bozorchi, o'qituvchi, pilot va hokazo kasblar bo'lsa ham.

10 yoshdan boshlab o'rgatilsa maqsadga muvofiq.

Shu gaplarimiz e'tiboridan bir xil ota-onalar "Marg'ilonda ham Ingliz tili o'rgatadigan yaxshi o'quv markaz bormi?" deyishadi.

Biz ishongan, natijalarini ko'rib kelayotgan, bir nechta shogirtlarimiz o'qib chiqqan UNITY o'quv markazini tavsiya qilaman.

Eng yoqqan tarafi 1 oyda 2 marta imtihon olinadi. Bolani shaxsiyatini rivojlantirishgani har oy kitob o'qish musobaqalari ham bo'ladi.

Xullas reklama emas tavsiya))

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Bu so'zlar

Davay boshlaylik unda,

Prablema yo'q uka,

Abed qilamizmi?

Do'm, achki, tapichka...

O'ylab qarasam juda ko'p rus tilidagi so'zlardan foydalanar ekanmiz. Qonimizga singib ketgan.

Imkon qadar o'zbek tilidagisidan foydalanishga o'tdim.

Ma'nodagi aniqlik, milliyni saqlash, avlodlar orasida bog'liqlik uchun ham shunday qarorga kelyapman.

Agar rus tili so'zlaridan foydalanganimni ko'rsangiz to'g'irlab qo'ying.

Davay boshladik unda)

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Ogohlantirish

"Graf Monte-Kristo" asarini o'qiyapman. Xalq tilida "If qal'asining mahbusi" romani.

Muallif voqealar orasida qahramonni yoki o'zini tilidan o'quvchiga ko'p narsalarni bildirmoqchi bo'lyapti. Ayniqsa tarix xatolari, his-tuyg'ular, zulm javobsiz qolmasligi, shaxsiy kelajak har doim tuman bo'lishi va hokazo.

Aleksandr Dyuma asarni 1846-yilda yozgan va 1300 betga yaqin bo'lsa haqiqatda hozirgacha qo'ldan-qo'lga o'tib kelar ekan. 179 yil bo'libdi o'ziyam.

Hozir ham shaxsiy holatimiz, biznesimizdagi xatolarni oldindan ogohlantiradigan tajribali odamlar topiladi.

Ertaga soat 10:00 da Farg'onada "Biznes nonushta" bo'lyapti. Abdulloh bizga biznesdagi xatolar va kelajakdagi mavhumlikni kamaytirishga yordam bermoqchi.

Qiziqqanlar bo'lsa havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin ekan. Ko'risharmiz unda.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Oshiq ko'rmasa yonar

Shunday insonga oshiq bo'lginki, hayotingda bir marta ko'rsang armoning qolmasin. Uni aytgan gapi vujudinga singib ketsin.

Har kun, har soni uni eslagin, xoh tog'da bo'lsin, xoh cho'lda, turganda ham, yotganda ham.

Yurgan yo'lida yurishni, xatto bir tola sochini ko'rishga mushtoq bo'lgin. Uni mukammal ekanligiga aslo shubha qilmagin.

Unga bo'lgan oshiqligingni uni eslash, unga doim salom aytish bilan isbotlab qo'y. Qayerda uni nomi zikr qilinsa, sen ham qo'shilib aytgin, hurmatingni bildirib qo'y.

Uni bir marta ko'rish uchun boringni bergin, ko'rib ko'zing to'ymasin. Har doim yana bir bor ko'rsam degan armoning bo'lsin. Ko'z yoshlaring uni ko'rish uchun daryo bo'lib oqsin. Ko'z yoshingni ayamagin.

Undan uzilma, ey Dil!

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz