Muhammad Amin Naziraliyev
417 subscribers
1.16K photos
72 videos
415 links
Codial - Zamonaviy Kasblar Akademiyasi asoschisi, SayyidSafo Akademiyasi va Safo Bog'chasi rahbari Muhammad Amin Naziraliyevning blogi
Download Telegram
Ba'zi narsalar

Sizlarga ham issiq bilinyaptimi?

Mashinamda havo sovutgich(kondisoner)ni o'chirmayotganim sir emas. Lekin yilni faqat 3 oyi uchun kerak bo'ladi xolos.

Hayotda ham ba'zi narsalarni o'rganib qo'yilsa yaxshi bo'ladiki oyni qaysidir kunlari ishlab qoladi. E'tibordan chetda qoldirmaslik kerak.

Suzish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yozma va og‘zaki nutq, taom pishirish, ko'ngil olish, mashina haydash.

Ba'zisi birovni hayoti uchun zarur bo'lsa, boshqasi o'zimizning yaxshi holatda ushlab turish uchun kerak.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Qolish kerakmi yoki ketish?

Kimdir o'z yo'lini topa olmayapti, boshqasi pul.

Yoshlari ko'p, endi rivojlanayotgan davlatlar: O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Bangladesh, Nigeriya.

Mehnat kuchi ko'p, ish kuchi arzon, endi rivojlanayotgan, aholisi o'sib borayotgan davlatlar bular.

Yoshlari kamayayotgan, rivojlangan davlatlar: Germaniya, Yaponiya, Janubiy Korea, Italiya, Qatar.

Ishchi kuchi qimmat, aholisi kamayayotgan, hayot sifati yaxshi, ta'lim, tibbiyoti zo'r davlatlar.

Vaqtinchalik ketish foydalari: Qisqa muddatda katta mablag', til o'rganish, havo, rivojlanish, malaka.

Qolish imkoniyatlari: Oila, madaniyat, farzand tarbiyasi, biznesda o'sish, soha bo'yicha tez ko'tarilish.

Shaxsiy xulosam:

1. O'qish uchun albatta ketish kerak. Lekin 5-10-yil o'qib-ishlagandan keyin qaytishi shart. O'zimizda ham qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'p.

2. O'zimizda o'qiganlar o'zini sohasi bo'yicha shu yerda ishni boshlab, har qadamda rivojlanish kerak.

3. Pul topish uchun ketayotganda ham ikki xil variant bor:

a. U yerda ishdan tashqari bironta kasbni online o'rganish.

b. Shu yerda sabr qilib sohada master bo'lish.

Dunyo aholisining 96 foizi tug'ilgan yurtida vafot etadi.

Iqtibos bilan tugataman:

Shaytanatdagi Asadbekning o'zgartirilgan so'zlari:

O'g'lim sen ilmni o'sha yerda olgin-u, pulni o'sha yerda topgin-u, yashashni bu yerda o'rgan. Qadriyatni bu yerda o'rgan. Iloji bo'lsa, pul va ilmni bu yerga olib kel. Qadriyat va madaniyatni (yaxshi taraflarini) esa olib bor. Shunda ikki tarafga ham foyda olib kelasan. Foydang tegib yashasang, bekor yashamabsan.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Suhbatlar haqida

Kamina har hafta eng kami 3 ta suhbatim bor. Birida tinglovchi, birida gapiruvchi, ba'zisida suhbatlashuvchi ro'lida.

Qoidalar:

1. Jiddiy masalalar jonli suhbatda bo'lishi kerak. Kechroqqa surib bo'lsa ham yuzma-yuz gaplashish kerak.

2. Birga-bir suhbatlarni yurib o'tkazishga harakat qilaman. Yaxshi kayfiyat o'tishi uchun.

3. Ishxonalarimdagi yigitlarga "Agar ish yonayotgan va muhim" bo'lsa telefon qilishni, qolgan hamma masalalarni telegram orqali yozishni aytganman.

Bunda katta masalalarni tez bilish va boshqa masalalarda vaqt bilan qaror berish bor.

4. Begonalar telefon qilganda ola olmasan, albatta qaytaraman. Bu yerda hurmat yopish va hurmatdan qolish yotadi. Ustozlarimiz shunday o'rgatishgan.

5. Ota-onam va ustozlarim telefon qilishsa qayerda bo'lsa ham uzrimizni aytib tezda javob beraman. Bir xilgilarni qizillab qo'yayotganini ko'rib hurmatim tushib ketadi.

6. Telegramdan ovozli yozmaslikka harakat qilaman. Yozuvda fikrini to'liq bildirish va hurmat bor. Kaminaga telegram audioni yozishlarini o'chirib qo'yganim shundan.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Badal

Balki sizda ham bo'lgandir, yo'q deb inkor qilmang.

Yoshligimda ukam bilan urushsak badalini ikkimiz "ko'ja" kamar bilan to'lar edik. Kimdan o'tgani otamizga ahamiyatsiz.

Bir-birimizni ehtiyot qilishga o'rganibmiz. Ishoning hozir juda inoqmiz.

O‘zbekistonda IELTS javoblarining sotilishi va tarqatilishi natijasida qog‘ozda imtihon topshirish to‘xtatilgan. Endi imtihon faqat kompyuterda topshiriladi.

Asosiy muommolar:

1. Endi abituriyentlar ikki barobar ko‘proq harakat qilishga majbur: Ingliz tilini, balki kompyuterda tez yozish ko‘nikmalarini ham o‘zlashtirishlari kerak.

2. Bu o‘zgarish barcha abituriyentlarga teng ta'sir qiladi – aybdor bo‘lmaganlar ham jabrlanmoqda.

Xulosa yuqorida.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
O'chir - qutul

"Uyg'onganingda - o'zing bilan o'zing gaplash, o'zingni ichkaridan tingla" deydi psixogenetiklar,

"Turishda - to'g'ri nafas olish, asta o'rindan turish kerak" deydi psixologlar,

"Nonushtada - nonni kamaytir, yog', uglevod, oqsillar balansiga e'tibor ber" deydi dietologlar,

"Ko'chada - shaxsiy chegaralar, konfliktlardan qochish, narxini birinchi so'ramaslik, suhbatda ko'ziga tik qarash kerak" deydi psixoterapiyachilar,

"Ishda - motivatsiya, samaradorlik, jamoaviy ruh, kpi, kasbiy rivojlanish" deydi biznes trenerlar,

"Uyga kelsang - telefonga qarama, raqamli detoks, passiv axborot" deydi media psixologlar,

"Uyquga yotganda - kimnidir kechir, kechirmasang chuqur uxlay olmaysan" deydi narigisi.

Atrofingda shunday "o'ng" va "chap" ko'payib ketgandir aa sening ham?!

Bitta oson yo'li bor: Telefoningdan Instagramni o'chir, You Tube ga limit qo'y, Telegram kanallardan chiqib ket, jonli muloqotni ko'paytir.

Xullas o'zingni hayotingda o'zing yasha!

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Yuz qotishi

Avariyalar, osib qo'yishlar, pichoqvozlik, urish, zapal, samasudlarni ko'raverib yuzimiz qotishni boshladi.

Yuz qotishi bilan bu ishlar osonlashib boradi. Osonlashib borganidan keyin jinoyatlar o'z-o'zidan ko'payib boradi.

O'rganganlarimizga amal qilmasak, amal qilishni o'rganmasak borib-borib amal qilmaslikka o'rganib qolamiz.

Yozmasak, kursga bormasak, kitob o'qimasak, suhbatlarda bo'lmasak 30 yoshdan keyin amal qilish qiyinlashib boradi.

Aytishadiku: "Vijdon azobi degan narsa vaqt o'tishi bilan yo'qolib bahonaga aylanadi."

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Kam o'qish

Kitob o'qish aholiga nisbatan kamligini aytishadi. Asosiy kitobxonlar 40 yoshdan kichiklarni tashkil qilar ekan.

Bunga sabab deb ota-ona kitobga qiziqtirmasligi, ijtimoiy tarmoq, diqqatni ushlay olmaslik, muhit yo'qligi ko'rsatiladi.

Yana sabab o'qish qatlamidagilar asosan abituriyentlar bo'lgani va ular faqat test yechish uchun o'qishi.

O'zimiz ham shunday bo'lganmiz. Faqat testdan tushadigan kitoblarni o'qiganmiz xolos.

Statistikaga qarasak bozorda 1 mln abituriyentlar bor ekan. Bu degani kitob o'qiydigan asosiy qatlam test yechish uchun harakat qilar ekan.

Farg'ona viloyat kutubxonasiga kirdim. Yangi ta'mirdan chiqibdi. Sharoit va imkoniyatlar go'zal. Xursand bo'ldim.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Yaxshilik

Oldingizdagi odam Ahmadni maqtasa, Ahmadga yetkazib qo'yishingiz oradagi ikki do'stingizni muhabbatini ziyoda qiladi.

Bir odam hadya bersa, undan ham yaxshiroq hadya bilan javob berishingiz go'zal ahloq bo'ladi.

Sizga yaxshilik qilgan odamni otasini ko'rganda farzandini tarbiyasi uchun rahmat aytishingiz ota bolasi ustidan faxr tuyishiga olib keladi.

Katta himmatli ishlarni ko'rganda qalbdan niyat, shu ishni qilishingiz ehtimolini oshiradi. Hech bo'lmasa xushnudlik olib keladi.

Xulosa, yomonlikni olib bormang, himmatli insonlar bilan ko'proq birga bo'ling, o'zaro hadyalashib turing.

Yaxshilik — qalbda aks etadi, va qalbdan qalbga ko‘priklar quradi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Lozim narsalar

Har doim ta'kidlab kelaman, kim bo'lishidan, qayerda ishlashidan qat'iy nazar Ingliz tili muhim.

Eng kami o'qigan narsasiga tushunsin, minimal holatda bo'lsa ham gapira olsin.

Yurist, kosib, shifokor, bozorchi, o'qituvchi, pilot va hokazo kasblar bo'lsa ham.

10 yoshdan boshlab o'rgatilsa maqsadga muvofiq.

Shu gaplarimiz e'tiboridan bir xil ota-onalar "Marg'ilonda ham Ingliz tili o'rgatadigan yaxshi o'quv markaz bormi?" deyishadi.

Biz ishongan, natijalarini ko'rib kelayotgan, bir nechta shogirtlarimiz o'qib chiqqan UNITY o'quv markazini tavsiya qilaman.

Eng yoqqan tarafi 1 oyda 2 marta imtihon olinadi. Bolani shaxsiyatini rivojlantirishgani har oy kitob o'qish musobaqalari ham bo'ladi.

Xullas reklama emas tavsiya))

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Bu so'zlar

Davay boshlaylik unda,

Prablema yo'q uka,

Abed qilamizmi?

Do'm, achki, tapichka...

O'ylab qarasam juda ko'p rus tilidagi so'zlardan foydalanar ekanmiz. Qonimizga singib ketgan.

Imkon qadar o'zbek tilidagisidan foydalanishga o'tdim.

Ma'nodagi aniqlik, milliyni saqlash, avlodlar orasida bog'liqlik uchun ham shunday qarorga kelyapman.

Agar rus tili so'zlaridan foydalanganimni ko'rsangiz to'g'irlab qo'ying.

Davay boshladik unda)

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Ogohlantirish

"Graf Monte-Kristo" asarini o'qiyapman. Xalq tilida "If qal'asining mahbusi" romani.

Muallif voqealar orasida qahramonni yoki o'zini tilidan o'quvchiga ko'p narsalarni bildirmoqchi bo'lyapti. Ayniqsa tarix xatolari, his-tuyg'ular, zulm javobsiz qolmasligi, shaxsiy kelajak har doim tuman bo'lishi va hokazo.

Aleksandr Dyuma asarni 1846-yilda yozgan va 1300 betga yaqin bo'lsa haqiqatda hozirgacha qo'ldan-qo'lga o'tib kelar ekan. 179 yil bo'libdi o'ziyam.

Hozir ham shaxsiy holatimiz, biznesimizdagi xatolarni oldindan ogohlantiradigan tajribali odamlar topiladi.

Ertaga soat 10:00 da Farg'onada "Biznes nonushta" bo'lyapti. Abdulloh bizga biznesdagi xatolar va kelajakdagi mavhumlikni kamaytirishga yordam bermoqchi.

Qiziqqanlar bo'lsa havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin ekan. Ko'risharmiz unda.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Oshiq ko'rmasa yonar

Shunday insonga oshiq bo'lginki, hayotingda bir marta ko'rsang armoning qolmasin. Uni aytgan gapi vujudinga singib ketsin.

Har kun, har soni uni eslagin, xoh tog'da bo'lsin, xoh cho'lda, turganda ham, yotganda ham.

Yurgan yo'lida yurishni, xatto bir tola sochini ko'rishga mushtoq bo'lgin. Uni mukammal ekanligiga aslo shubha qilmagin.

Unga bo'lgan oshiqligingni uni eslash, unga doim salom aytish bilan isbotlab qo'y. Qayerda uni nomi zikr qilinsa, sen ham qo'shilib aytgin, hurmatingni bildirib qo'y.

Uni bir marta ko'rish uchun boringni bergin, ko'rib ko'zing to'ymasin. Har doim yana bir bor ko'rsam degan armoning bo'lsin. Ko'z yoshlaring uni ko'rish uchun daryo bo'lib oqsin. Ko'z yoshingni ayamagin.

Undan uzilma, ey Dil!

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz