Mirzo Ulug'bek tuman tibbiyot birlashmasi
824 subscribers
6.35K photos
251 videos
1 file
622 links
Download Telegram
Mirzo Ulug`bek tumani tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 7-son oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari "SOS bolalar uyi" tarbiyalanuvchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazib, "GRIPP"ga qarshi emlash ishlarioni olib borishdi.

Gripp kasalligiga mavsumiylik xos, asosan kuz-qish-bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Ushbu mavsumlarda kasallikning ortishiga havo haroratining pasayishi, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarining ko‘pligi, organizmdagi vitaminlar tanqisligi sabab bo‘ladi.
🩺Mirzo Ulug`bek tumani tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 6-sonli oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida "Yuzrabot" mahalla fuqarolar yig'ini binosida tibbiy ko'rik tashkillashtirildi.

🔹Tibbiy ko'rikga poliklinikaning tor soha mutaxassislari jalb etilib aholini tibbiy ko'rikdan otkazdilar. Tibbiy ko'rik davomida, UTT, EKG tekshiruvlari va qon tahlillari topshirish imkoniyati mavjud bo'ldi.
Кимлар дори воситаларини оилавий шифокорнинг электрон рецепти асосида бепул олиши мумкин?

📃 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг "Касалликларни амбулатор шароитда даволашда дори воситалари харажатларини қоплаш бўйича реимбурсация дастури тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида" қарорига кўра, дори воситаларини оилавий шифокорнинг электрон рецепт асосида бепул олиш мумкин.

Реимбурсация (reimbursement) инглиз тилидан олинган бўлиб, “харажатларни қоплаш” маъносини англатади.

💊 Реимбурсация дастурида бирламчи тиббий-санитария ёрдами муассасаларида сурункали касалликларни амбулатор шароитда даволаш учун қабул қилинадиган дори воситалари учун дорихона харажатларини Давлат тиббий суғуртаси жамғармаси қоплайди.

⬇️ Қуйидаги сурункали касалликларга чалинган, диспансер назоратида турувчи беморлар оилавий шифокор электрон рецепти асосида бепул дори воситаларини олиш ҳуқуқига эга:

➡️ гипертония;
➡️ юрак ишемик касаллиги;
➡️ қандли диабетнинг иккинчи тури;
➡️ бронхиал астма;
➡️ ўпканинг сурункали обструктив касаллиги.

❗️Дори воситалари Давлат тиббий суғуртаси жамғармаси билан шартнома асосида хизмат кўрсатувчи дорихоналарда берилади.

Манба

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.


🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🩺 Mirzo Ulug‘bek tumani tasarrufidagi 6-sonli oilaviy poliklinikada gripp mavsumi munosabati bilan maxsus shtab tashkil etildi. Ushbu shtab doirasida tibbiyot xodimlari tomonidan telefon orqali onlayn patronaj xizmati amalga oshirilmoqda.
📌Onlayn patronaj xizmatlari doirasida quyidagi ishlar olib borilmoqda
- Xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar (chaqaloqlar, homilador ayollar, keksa yoshdagi va surunkali kasallikka ega shaxslar) bilan telefon orqali bog‘lanilib, ularning umumiy salomatlik holati to‘g‘risida ma’lumotlar olinmoqda.
- Kasallikning dastlabki alomatlari (isitma, yo‘tal, tumov va h.k.) bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazilmoqda.
- Grippdan himoya qilish choralari, masalan, shaxsiy gigiyena, immunitetni mustahkamlash va zarur bo‘lgan hollarda emlanish haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
- Har kunlik patronaj natijalari to‘g‘risida shtabga hisobot taqdim etilmoqda.