Mirzo Ulug'bek TAKM
589 subscribers
4.94K photos
723 videos
138 files
1.29K links
Mirzo Ulug'bek Tumani Axborot-Kutubxona markazi faoliyati haqida yuritib boriladigan rasmiy kanal

www.infocenter.uz
Download Telegram
🖥 2024-yil 12-noyabr kuni Mirzo Ulugbek tuman axborot-kutubxona markazida “10 noyabr – Butunjahon yoshlar kuni” munosabati bilan taqdimot o`tkazildi. Ushbu tadbirni o`tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini rivojlantirish va yoshlarning dunyo bo`ylab ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini oshirib, ularni ijtimoiy mas`uliyatli fuqarolar sifatida tarbiyalash ekanligi ta`kidlab o`tildi.

👫 Taqdimotda yoshlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, butunjahon miqyosida o‘zgarishlar qilishda ularga qanday yordam berilishi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, taqdimot davomida yoshlar o‘z orzulari, kelajakdagi rejalari va bugungi kunning muhim masalalari haqida o‘rtoqlashishdi.

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇

™️Facebook | 📷Instagram | ✈️Telegram | 📺YouTube | 😀Web sayti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🏆Oʼzbekiston turizm sohasida “Eng yaxshi rivojlanayotgan yoʼnalish” mukofotiga sazovor boʼldi

Londonda boʼlib oʼtgan tantanali tadbirda Oʼzbekiston nufuzli “Wanderlust Reader Travel Awards 2024” mukofotining “Eng yaxshi rivojlanayotgan yoʼnalish” nominatsiyasida gʼolib boʼldi.

Taqdirlash marosimi mashhur “Tate Modern” zamonaviy sanʼat galereyasida boʼlib oʼtdi.

Maʼlumot uchun: “Wanderlust Reader Travel Awards” mukofoti Wanderlust jurnali tomonidan oʼtkaziladigan yoʼnalishlar va turoperatorlar uchun nufuzli tanlov.

Maybaa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kutubxona_OAV_nigohida

Хасанова, Н.М. Библиотеки нового Узбекистана: традиции и инновации на службе общества / Н.М. Хасанова// Правда Востока. - 2024. - № 217 (30526). - С. 1, 3.


📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇

🔵Facebook | 📷Instagram | 🚀Telegram | 🎬YouTube | 🌐Web sayti
👍1
🖥 2024-yil 14-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida “Siz qonunni bilasizmi?” shiori ostida “20 noyabr - BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya qabul qilingan kun (1989)” munosabati bilan kitob ko'rgazmasi o'tkazildi.

🟧Ko‘rgazmada bolalar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya haqida kitobxonlarga ma'lumot berildi, shuningdek, bolalar huquqlarini himoya qilishning ahamiyati muhimliligi tushuntirildi va bolalar huquqlariga oid kitoblar, ilmiy ishlar, illyustratsiyalar, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning materiallari namoyish qilindi. Kitobxonlar o'rtasida ushbu mavzuda viktorina o`tkazildi.

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇

🔵Facebook | 📷Instagram | 🚀Telegram | 🎬YouTube | 🌐Web sayti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 2024-yil 14-noyabr kuni O'zEkspomarkazda bo'lib o'tgan “Innoweek – 2024” doirasida “Nufuzli xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalaridan foydalanish va kutubxonalarning raqamli transformatsiya darajasini oshirish” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etishdi.

🟧Seminarda global miqyosda kutubxonalarda qo'llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, raqamli resurslar, ma'lumotlarni boshqarish tizimlari, sun'iy intellekt, va boshqa ilg'or texnologiyalar haqida ma'lumotlar namoyish etildi.
Kutubxonalar uchun yangi tendensiyalar, texnologik yutuqlar va raqamli transformatsiyani qanday qo'llash kerakligi haqida taqdimotlar o'tkazildi.

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇

🔵Facebook | 📷Instagram | 🚀Telegram | 🎬YouTube | 🌐Web sayti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🖥 2024-yil 15-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida “16 noyabr – Xalqaro bag'rikenglik kuni” munosabati bilan taqdimot o'tkazildi.

Ushbu tadbirda bag'rikenglik va tinchlikni saqlash, turli madaniyatlar o'rtasidagi muloqotni rivojlantirish, bir-birini o'zaro tushunish, ijtimoiy adolat va tenglikni qo'llab-quvvatlash masalalari haqida fikr yuritildi.

Ishtirokchilar bag'rikenglikning ahamiyatini, jamoalararo aloqalarni mustahkamlash, va har bir insonning huquqlarini hurmat qilish zarurligini ta'kidlab o'tishdi. Shu bilan birga, tadbirda dunyo bo'ylab bag'rikenglikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan turli ijtimoiy va madaniy tashabbuslar haqida ma'lumot berildi.

Kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o'tkazildi.

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇

🔵Facebook | 📷Instagram | 🚀Telegram | 🎬YouTube | 🌐Web sayti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida 2024-yil 18-noyabr kuni 🇺🇿 “Bayrog'imiz bizning faxrimiz. 18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun” munosabati bilan kitob ko'rgazmasi va tadbir o'tkazildi.

🇺🇿Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston bayrog‘ining ramziy mazmuni, tarixi, uning yaratilish jarayoni haqida kitoblar, tarixiy materiallar, foto-suratlar va boshqa hujjatlar namoyish etildi. Kitoblar orqali ishtirokchilarga davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan ma'ruzalar, bayroqning tarixiy ahamiyati haqida qisqacha tushunchalar berildi. Shuningdek, O‘zbekistonning mustaqillik davridagi yutuqlari haqida ma'lumotlar taqdim etildi.

🇺🇿 👫 Bu kabi tadbirlar, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va davlat ramzlariga nisbatan hurmatni oshirishga qaratilgan bo'lib, mamlakatning tarixiy va madaniy merosini chuqurroq tushunishga hissa qo'shishi ta'kidlab o`tildi.

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇

🔵Facebook | 📷Instagram | 🚀Telegram | 🎬YouTube | 🌐Web sayti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥 2024-yil 18-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “18-noyabrO'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun” munosabati bilan 211-maktabda “Bayrog'imiz bizning faxrimiz” nomli kochma tadbir o'tkazdilar.

🇺🇿Tadbirda davlat bayrog‘ining tarixi, uning ramziy ma'nosi va mustaqil O‘zbekistonning milliy ramzlari haqida ma'lumotlar berildi.

🇺🇿 Shuningdek, o'quvchilarga bayroqning ahamiyati, milliy birlik va istiqlolni ramziy ifodalaydigan mazmuni haqida tushunchalar berildi. Tadbir davomida o'quvchilarning savollariga javob berilib, ularga bayroq bilan bog'liq turli qiziqarli faktlar taqdim etildi, viktorinalar o'tkazildi. Oquvchilar ham o'z o'rnida davlatimiz bayrog'i to'g'risidagi she'rlari bilan faol qatnashib, she'rhonlik qilishdi. Tadbirda faol qatnashib, viktorinalarga topqirlik bilan javob bergan o'quvchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.

📔 🇺🇿AKM mutaxassislar tomonidan kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o`tkazildi.

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇

🔵Facebook | 📷Instagram | 🚀Telegram | 🎬YouTube | 🌐Web sayti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Forwarded from AntiFake.uz
UZ: Телеграм мессенжерида "Сизга 1 йиллик муддатга Telegram Premium обунаси совға сифатида юборилди" каби ёзувли хабар билан бирга сохта ҳавола келтирилган маълумотлар тарқатилмоқда. Ушбу зарарли ҳаволаларда фойдаланувчи қурилмасидаги барча аккаунтлар ва шахсий маълумотларни қўлга киритиш имконини берувчи вируслар бўлиши мумкин.

Фуқароларни бу каби сохта ҳаволаларга кирмасликка, виртуал фирибгарлардан огоҳ бўлишга чақирамиз.

‼️ Эслатиб ўтамиз, аҳоли ўртасида ёлғон ахборот тарқатганлик учун жавобгарлик мавжуд👆

RU: В мессенджере Telegram массово рассылаются фишинговые сообщения с приглашением перейти по ссылке для получения приза с фразой: «Вам отправили подарок — подписка на Telegram Premium сроком на 1 год». Эти вредоносные ссылки могут содержать вирусы, позволяющие похищать все аккаунты и персональные данные пользователя на его устройстве. Просим граждан не поддаваться на манипуляции мошенников и не переходить по вредоносным ссылкам.

‼️ Напоминаем Вам об ответственности за распространение недостоверной информации 👆

FacebookInstagramTwitterTelegram
🖥 2024-yil 19-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi" mutaxassislari Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, axborot-kutubxona markazi va kutubxona fondi bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif doirasida, muzey mutaxassislari kutubxona faoliyati, uning resurslari, xususan kutubxona fondi va axborot xizmati bilan tanishib, o'zaro tajriba almashdilar.

📔 Tashrif davomida muzey mutaxassislari kutubxona xodimlari bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib, qatag'on qurbonlari haqidagi ma'lumotlarni izlab topish, ko'paytirish va keng ommaga tarqatish borasida fikr almashdilar. Bu kabi tadbirlar, kutubxona va muzeylar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, o'zaro manfaatli ishlarga yo'l ochishga hissa qo'shishi ta'kidlab o`tildi.

📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇

🔵Facebook | 📷Instagram | 🚀Telegram | 🎬YouTube | 🌐Web sayti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2