Mirsoli_O'zbekov_blogi
52 subscribers
130 photos
9 videos
2 files
55 links
@mirsoli_uzbekov

Farg’ona politexnika instituti Energetika fakulteti dekani
O'zbekov Mirsoli Odiljonovichning shaxsiy telegram kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
#diqqat
#yashil_makon
#40_kunlik

Hurmatli FarPI oilasi aʼzolari ertaga, yaʼni 12-noyabr soat 10:00 da yurtimizda olib borilayotgan "Yashil makon" aksiyasi doirasi institut boʻylab katta aksiya boʻlib oʻtadi.

Demak ertaga Energetika fakultetida koʻchatlar ekishlik uchun tayyorlangan maydonda barchangizni kutib qolamiz!
@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTJ
#Inson_qadri

O'tar qancha yillar to'zoni,
Yulduzlar koʻz yoshi somoni.
O'tar inson yaxshi yomoni,
Mehir qolur muhabbat qolur.

Qorachig'da porlagan o'sha,
Iqboliga chorlagan o'sha.
Dunyoni tor aylagan o'sha,
Mehir qolur muhabbat qolur.


🔰Yuqoridagi misralarni esga olgan holda kecha TTJ Yoshlar xonasida faol yetakchi talablar hamda barcha qavat nazoratchilari tashabbusi bilan ushbu dargohda istiqomat qilayotgan ayrim imkoniyatlari cheklangan talabalarimiz uchun qishning ilk kunlaridan hali havo sovib ulgurmasidan qalblarga ozgina boʻlsa ham ilqlik olib kirishlik maqsadida talabalar kechasi tashkil etildi.

Kechada tarbiyachi pedagok, qavat nazoratchilari va faol yetakchi talabalarimiz kecha qahramonlari bilan birgalikda ishtirok etishdi.

💫Bayram sheʼrlar bilan boshlanib oramizdagi qahramonlarning hayot yoʻllari va erishgan aytishga oson lekin kattagina mehnat mahsullari bilan tanishilib, kuy-qoʻshiq, raqslarga ulanib ketdi va oʻrtada bejirim dasturxon atrofida jamlandi.
(qisqacha videoda)
@farpiyoshlar
#kasb_bayrami

22-dekabr — Energetiklar kuni!

⚡️Barcha soha vakillarini jumladan shu sohada taʼlim olayotgan talabalarimiz va jonkuyar professor-oʻqituvchilarimizni bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.
Energetika sohasida vijdonan xalq uchun kunu-tun mehnat qilayotganlar juda koʻp.
Hozirgi mashaqqatli va ogʻir vaqtlarda barchangizga kuch quvvat va sogʻlik-salomatlik tilaymiz!!!!

Bayramingiz muborak boʻlsin
@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
📣Sizga mamnuniyat bilan e'lon qilamizki Farg‘ona politexnika instituti qoshida O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Energetika muammolari instituti bilan hamkorlikda yana bir yangi ilmiy jurnal o‘z ish foliyatini boshladi!!!

Jurnal har oyda 1 marta chop etiladi.

⚡️ “ENERGY INNOVATION” ⚡️
ISSN: 2181-421X

Jurnalga:
🪫 Energetika tizimlari va majmualari;
🔌 Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari;
🔋Elektrotexnik majmualar va qurilmalar;
🏭 Sanoat issiqlik energetikasi;
⚗️ Issiqlik texnikasining nazariy asoslari
🛢Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari
💈Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar
yo‘nalishlar bo'yicha yuborilgan maqolalar qabul qilinadi.

Har bir yuborilgan material 📊 antiplagiat dasturida tekshiriladi va 🪧10 kun muddat ichida taqrizdan o'tkaziladi.
📌Maqola formatiga 👉 talablar

Maqolalarni qabul qilish va chop etish ❗️BEPUL❗️

Shuningdek, qabul qilingan maqolalar uchun🔖: (bepul)
Elektron sertifikat beriladi
Jurnal soniga materiallar har oyning 25-sanasiga qadar 📨 [email protected] elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
📔📕📗 Jurnal soni har oyning 28-sanasida chop etish

Murojaat:
☎️+998 90 544 02 34
✍️ @Shakhzod_Numonjonov

👉Maqolaga qoʻyiladigan talablar👈
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BU MENING KONSTITUTSIYAM!

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 6 turdagi ekspertizalardan, jumladan: lingvistik, yuridik, gender-huquqiy, korrupsiyaga qarshi, jamoatchilik hamda inson huquqlari bo‘yicha normalarga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizalardan o‘tkazildi.

Yangilanayotgan Konstitutsiya, avvalambor, ilgari amal qilib kelgan "davlat - jamiyat - inson" tamoyilini "inson - jamiyat - davlat" deb o‘zgartirish, yaʼni eng avvalo inson manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yishni maqsad qilgan.
@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
PhD muvaffaqiyatli himoya qilindi

🔰Farg’ona politexnika instituti Energetika fakulteti doktoranti To'ychiyev Zafarjon Zokirovichning "10/0,4 kV kuchlanishdagi kuch transformatorlarining ishonchliligini ichki simmetriyalash orqali oshirish" mavzusidagi 05.05.01–«Energetika tizimlari va majmualari» (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2021.T.143.01 raqamli ilmiy kengashning 2023-yil 3-mart kungi majlisida 100 % ovoz bilan muvafaqiyatli himoya qildi.

To'ychiyev Zafarjon Zokirovichning kelgusi ishlariga omad va zafarlar tilaymiz!

@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Bekzod Abduxalilov (FarPI))
Sharaf kodeksi.pdf
4.1 MB
#Sharaf_kodeksi
#Odob_axloq_kodeksi

Yangi ishlab chiqilgan Sharaf kodeksi bilan tanishing!

@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
#diqqat_tanlov

Talabalar tayyormisiz?

Ilk bor katta mashtabdagi keng qamrovli "Talabalar bahori" nomli tanlovini eʼlon qilamiz.

Tanlovning umumiy nizomi bilan ushbu👇 https://telegra.ph/Talabalar-bahori-04-08 ☝️havoila orqali tanishing.

Yoʻnalishlar boʻyicha tanlov shartlari shu kanalda eʼlon qilinib boriladi.

Bizdan uzoqlashmang👉@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
#diqqat_tanlov

Yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada ko‘tarish, talaba-yoshlarning dunyoqarashlarini o‘stirish, ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda “9-may – Xotira va qadrlash kuni” bayramini munosib o‘tkazish, qatag‘on qurbonlari bo‘lgan jadidchilar namoyondonalarining boy madaniy merosini yoshlarga targ‘ib qilish maqsadida 9-may kuni o‘tkaziladi.

👉 Tanlov nizomi 👈

Ps: Bu kitoblar navbatdan tashqari kitoblar, oldin eʼlon qilingan Ulugʻbek xazinasi asaridan test keyingi haftaga rejalashtirildi.

@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
#diqqat_tanlov

Notiqlik sohasida o'zini iqtidorli deb hisoblagan talaba-yoshlar uchun ajayib imkoniyat.

Qanday imkoniyat deysizmi?
Batafsil 👉 bu yerda 👈 o'qib olasiz.

📍O'tkazish sanasi 18-may soat 13:00 talabalar turar joyidagi Yoshlar xonasi.

@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
#kitobxon
#tanlovi

📢 Juda uzoq kutilgan "JADIDLAR" kitoblar to'plamidan testimiz ertaga ya'ni, 16-may soat 12:20 da ARMning elektron zalida o'tkaziladi.

⁉️Qatnashishlikni intiqlik bilan kutgan kitobxonlarga yuborish esdan chiqmasin👋

@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
#qisqacha
#oʻzgarish

Institutimizda joriy etilgan Sharaf kodeksi boʻyicha hujjatlar qabuli 1-iyunga qadar uzaytirildi.

Talabalar hujjatlar jamlanmasini 1-112-xona institut yetakchisi M.Xojiboyevga

Ishchi xodimlar institut xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi L.Mamadaliyevaga taqdim etishlari mumkin.

*Hujjatlar jamlanmasi:
-Obektivka
-Ohirgi 2 yilda erishilgan yutuqlar tavsifnomasi
-Tavsifnomada keltirilgan yutuqlarning asosi.


@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Bekzod Abduxalilov (FarPI))
#TTJ
#qulaylik

Aziz talaba-yoshlar!
🏨Avval xabar berganimizdek, talabalarni turar joylarga joylashtirish uchun ariza berish ishlari onlayn platforma orqali amalga oshirilishi borasida ma'lumot bermoqchimiz!

Endilikda siz ya'ni 2,3,4-bosqich talabalari talabalar turar joyga ehtiyoj sezsangiz, DXSH asosida yangi qurilgan 7-TTJdan tegishli tartibda joy olishingiz mumkin.

📲💻Buning uchun siz stutory.uz ushbu platforma orqali ariza qoldirasiz va arizangiz tegishli Ishchi guruh tomonidan ko'rib chiqilib, xulosa beriladi.

Arizalarni qabul qilish muddati 20-avgust etib belgilanadi.

🎞Platformadan foydalanish yuzasidan videoqo'llanma ham tashlab beramiz!

🏢Ha aytgancha, 1-bosqich talabalarimiz uchun alohida 6 ta TTJ tayyorlab qo'yilgan.

📞Marhamat, qo'shimcha savollar bilan fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari yoki tyutoringizga murojaat qilishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun yangi 7-TTJ 500 o'ringa ega.

@farpiyoshlar