Mirsoli_O'zbekov_blogi
52 subscribers
130 photos
9 videos
2 files
55 links
@mirsoli_uzbekov

Farg’ona politexnika instituti Energetika fakulteti dekani
O'zbekov Mirsoli Odiljonovichning shaxsiy telegram kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
#E'lon
#konstitutsiya_taklif

Xurmatli professor-o'qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senati kengashlarining 2022-yil 20-maydagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi.
Shu munosabat bilan instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari
1. [email protected]

2. [email protected]

3. www.meningkonstitutsiyam.uz onlayn platformasi
4. @meningkonstitutsiyam_bot telegram maxsus boti yoki 1341 qisqa raqamli “Call markaz” singari vositalar orqali konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha o‘z takliflaringizni berishingiz mumkin.

Yangi islohotlarga befarq bo'lmang!.

Biz bilan qoling👉https://t.iss.one/farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
#diqqat
#tanlov

Yil talabasi-2022 da ishtirok eting

❗️Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan hamda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Yil talabasi-2022” Respublika tanlovi oʻtkaziladi

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
🔹“Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi”;
🔹“Yilning eng faol tashabbuskor-targʻibotchi talabasi”;
🔹“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;
🔹“Yilning eng faol sportchi talabasi”;
🔹“Yilning eng faol iqtidorli talabasi”;
🔹 “Yilning eng faol ijodkor talabasi”;
🔹“Yilning eng faol tadbirkor talabasi”.


Tanlovning oliy taʼlim muassasasi bosqichi oktabr oyida oʻtkaziladi. Tanlovda bakalavriatning 2-3-4 bosqich talabalari ishtirok etadi.

Hujjatlar har bir fakultet dekan YBIB dekan muovinlari tomonidan 20-oktabrgacha muddatda yig'iladi.

🥇BHMning 8 barobari miqdorida,
🥈BHMning 6 barobari miqdorida
🥉BHMning 4 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi.
@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
#diqqat
#tanlov

21-oktabr davlat tilimizning 33 yilligi munosabati bilan "Ona tilim-bebaho qadriyat" nomli navbatdagi tanlovni eʼlon qilamiz.

Tanlov nizomi 👉https://telegra.ph/Tanlov-nizomi-10-15

Tanlovda faol ishtirok eting va gʻolib boʻling!

Ishtirok etish uchun materiallarni @farpimedia_bot manziliga yuborasiz.

@farpiyoshlar
#tabrik

➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-oktyabrdagi 786-son qarori bilan “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan.

🔸 Joriy yil respublika miqyosida 419 ta loyihalar ko'rib chiqilgan bo'lib, yakunida Respublika Komissiyasi aʼzolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar va Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiSdan 1nafar nomzodlar “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni g'olibi deb topildi.

Quvonarli jihati shundaki, g'oliblar orasida Farg'ona politexnika instituti Energetika fakulteti dekani Mirsoli O'zbekov ham bor.

Ushbu yuksak mukofot bilan Mirsoli O'zbekovni samimiy muborakbod etamiz!

Telegram| Instagram | Facebook| Web sayt
📢Endi fakultetimiz bayrogʻi bor

Koʻplab tashkilotlarning oʻz brendlari boʻlgani kabi bizning fakultetning ham brend tasvirlangan fakultet bayrogʻi tayyorlandi.
@farpi_energetifak
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
YURAKDAGI ALANGA

🔰 So‘z orzuning egiz og‘asidir. U sizga shunday sirli bir eshikni ochib beradiki, bu eshik orqali siz istagan vaqtingizda erkinlikka chiqa olishingiz mumkin. -degan edi o‘zining "So‘z kimyosi" asarida Yan Parandovskiy.

♻️ So‘zga, adabiyotga mehri ummonlar bor joyda esa, albatta, ijodga ishtiyoq yoniq bo‘ladi. Qalb gurillab ilhom olovida yonganda, betakror so‘zlar bitilaveradi.

🖇️ Farg‘ona politexnika institutida so‘z, she’r, adabiyot muxlislari ham talaygina. Iqtidorli yoshlarning taklif va istaklarini inobatga olib, bugun institut madaniyat saroyida "Yurakdagi alanga"  nomli she’rlar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda ishtirok etuvchi 7 ta fakulteti ijodkor yoshlariga  uyga vazifa sifatida Cho‘lpon, Zulfiya, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Anvar Obidjon, Iqbol  Mirzo, Mirzohid Botir kabi shoirlar ijodidan she’rlar o‘qish vazifasi yuklatilgan edi.

💫Tanlov yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rinni...

Batafsil

@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
Aziz talaba-yoshlar!

Ushbu qaror bilan tanishing va davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan imtiyozlardan oqilona foydalaning!
Biz sizga yordam beramiz!
Murojaat uchun: Rektorat 112-xona
Telegram manzili:
@FarPi_Madadbek

Bu imkoniyatlardan bexabar boʻlgan birodarlaringizga yetkazing, balki shu orqali mushkulini biroz boʻlsada yengillatsangiz!

Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati


@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
#diqqat
#yashil_makon
#40_kunlik

Hurmatli FarPI oilasi aʼzolari ertaga, yaʼni 12-noyabr soat 10:00 da yurtimizda olib borilayotgan "Yashil makon" aksiyasi doirasi institut boʻylab katta aksiya boʻlib oʻtadi.

Demak ertaga Energetika fakultetida koʻchatlar ekishlik uchun tayyorlangan maydonda barchangizni kutib qolamiz!
@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTJ
#Inson_qadri

O'tar qancha yillar to'zoni,
Yulduzlar koʻz yoshi somoni.
O'tar inson yaxshi yomoni,
Mehir qolur muhabbat qolur.

Qorachig'da porlagan o'sha,
Iqboliga chorlagan o'sha.
Dunyoni tor aylagan o'sha,
Mehir qolur muhabbat qolur.


🔰Yuqoridagi misralarni esga olgan holda kecha TTJ Yoshlar xonasida faol yetakchi talablar hamda barcha qavat nazoratchilari tashabbusi bilan ushbu dargohda istiqomat qilayotgan ayrim imkoniyatlari cheklangan talabalarimiz uchun qishning ilk kunlaridan hali havo sovib ulgurmasidan qalblarga ozgina boʻlsa ham ilqlik olib kirishlik maqsadida talabalar kechasi tashkil etildi.

Kechada tarbiyachi pedagok, qavat nazoratchilari va faol yetakchi talabalarimiz kecha qahramonlari bilan birgalikda ishtirok etishdi.

💫Bayram sheʼrlar bilan boshlanib oramizdagi qahramonlarning hayot yoʻllari va erishgan aytishga oson lekin kattagina mehnat mahsullari bilan tanishilib, kuy-qoʻshiq, raqslarga ulanib ketdi va oʻrtada bejirim dasturxon atrofida jamlandi.
(qisqacha videoda)
@farpiyoshlar
#kasb_bayrami

22-dekabr — Energetiklar kuni!

⚡️Barcha soha vakillarini jumladan shu sohada taʼlim olayotgan talabalarimiz va jonkuyar professor-oʻqituvchilarimizni bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.
Energetika sohasida vijdonan xalq uchun kunu-tun mehnat qilayotganlar juda koʻp.
Hozirgi mashaqqatli va ogʻir vaqtlarda barchangizga kuch quvvat va sogʻlik-salomatlik tilaymiz!!!!

Bayramingiz muborak boʻlsin
@farpiyoshlar
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
📣Sizga mamnuniyat bilan e'lon qilamizki Farg‘ona politexnika instituti qoshida O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Energetika muammolari instituti bilan hamkorlikda yana bir yangi ilmiy jurnal o‘z ish foliyatini boshladi!!!

Jurnal har oyda 1 marta chop etiladi.

⚡️ “ENERGY INNOVATION” ⚡️
ISSN: 2181-421X

Jurnalga:
🪫 Energetika tizimlari va majmualari;
🔌 Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari;
🔋Elektrotexnik majmualar va qurilmalar;
🏭 Sanoat issiqlik energetikasi;
⚗️ Issiqlik texnikasining nazariy asoslari
🛢Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari
💈Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar
yo‘nalishlar bo'yicha yuborilgan maqolalar qabul qilinadi.

Har bir yuborilgan material 📊 antiplagiat dasturida tekshiriladi va 🪧10 kun muddat ichida taqrizdan o'tkaziladi.
📌Maqola formatiga 👉 talablar

Maqolalarni qabul qilish va chop etish ❗️BEPUL❗️

Shuningdek, qabul qilingan maqolalar uchun🔖: (bepul)
Elektron sertifikat beriladi
Jurnal soniga materiallar har oyning 25-sanasiga qadar 📨 [email protected] elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
📔📕📗 Jurnal soni har oyning 28-sanasida chop etish

Murojaat:
☎️+998 90 544 02 34
✍️ @Shakhzod_Numonjonov

👉Maqolaga qoʻyiladigan talablar👈
Forwarded from Farg'ona davlat texnika universiteti (Abbos Hoshimov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BU MENING KONSTITUTSIYAM!

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 6 turdagi ekspertizalardan, jumladan: lingvistik, yuridik, gender-huquqiy, korrupsiyaga qarshi, jamoatchilik hamda inson huquqlari bo‘yicha normalarga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizalardan o‘tkazildi.

Yangilanayotgan Konstitutsiya, avvalambor, ilgari amal qilib kelgan "davlat - jamiyat - inson" tamoyilini "inson - jamiyat - davlat" deb o‘zgartirish, yaʼni eng avvalo inson manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yishni maqsad qilgan.
@farpiyoshlar