Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
5.57K subscribers
39.6K photos
3.53K videos
17 files
14K links
Мурожаат учун: [email protected]
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️Mirobodda “Mikroloyihalar yarmarkasi” o‘tkazildi

➡️ Mirobod tumanida joylashgan Temir yo‘l texnikumi hududida Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi mutasaddilari tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida mikroloyihalar yarmarkasi tashkil etildi.

Unda Mirobod tumanida faoliyat yurituvchi 15ta davlat va tijorat banklari o‘z maxsus takliflari bilan ishtirok etishmoqda.

Banklar vakillari yarmarkaga kelgan fuqarolarga mikroloyihalar uchun maxsus takliflar, qulay shartlardagi kreditlar va ularning ajratilishi boʻyicha batafsil maʼlumotlar berib o‘tmoqda.

Bunday “Mikroloyihalar yarmarkasi”ni o‘tkazish ortidan 2025-yilda tumanimizdagi 39ta mahallaning har birida 40 tadan, jami 1560 ta mikroloyihalarni shakllantirish hamda ularni tegishli muddatlarda to‘liq ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

➡️ Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumani Sarako‘l ko‘chasida yo‘l cho‘kib qolgani haqida murojaat qoldirilgan.

Mazkur holat tegishli mas’ullarga yetkazildi, tez orada yo‘l qayta ta’mirlanishini ma’lum qilamiz.

| Facebook | Instagram| Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятидаги "Амирсой" курорт мажмуасида Қирғизистон Президенти Садир Жапаров билан норасмий учрашув ўтказди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев провел неформальную встречу с Президентом Кыргызстана Садыром Жапаровым в курортном комплексе «Амирсой» в Ташкентской области.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Qirgiziston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Men O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonidagi hozirgi holat haqida qisqacha ma’lumot bermoqchiman. 2024-yilda mamlakatimiz ushbu yo‘nalishda katta qadam tashladi.

Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan qat’iy iqtisodiy islohotlar natijasida amalga oshdi. Xususan, o‘tgan yili JST Ishchi guruhi ikkita muhim yig‘ilish o‘tkazdi. Bu bizga a’zolikning asosiy hujjati – Ishchi guruh Hisoboti loyihasini tayyorlashga kirishishga imkon berdi. Shuningdek, AQSh, Xitoy va Yaponiya kabi 15 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Natijada O‘zbekiston hisobida 23 ta imzolangan bitim bor.

Qisqa vaqt ichida biznesni va raqobatni yanada shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilindi.

Tez orada Tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun joriy yilda ham biz shu sur’atda davom etamiz. Bu mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishi hamda o‘zbek biznesining mintaqaviy va global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga kirib borishini ta’minlashi lozim.

JSTga a’zolik va davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning yakuniy maqsadi, shubhasiz, xalqimiz farovonligini ta’minlash, unga munosib ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga o‘tkazishdir.

-
Я хочу коротко поделиться текущей ситуацией по вступлению Узбекистана во Всемирную торговую организацию (ВТО).

В 2024 году наша страна сделала большой шаг в этом направлении. Это стало возможным благодаря решительным экономическим реформам, проводимым Президентом Шавкатом Мирзиёевым.

В частности, в прошлом году были проведены два ключевых заседания Рабочей группы ВТО. Это позволило нам перейти к формированию основного документа членства – проекта Доклада Рабочей группы. Также завершились двусторонние переговоры с 15-ю странами, включая США, Китай и Японию. В результате в копилке Узбекистана уже 23 подписанных соглашения.

За короткий период принято 20 важных законов, чтобы сделать бизнес и конкуренцию более прозрачными.

В текущем году мы продолжим в том же темпе, чтобы в скором времени стать полноценным членом Организации. Это должно повысить инвестиционную привлекательность страны и способствовать вхождению узбекского бизнеса в региональные и глобальные цепочки добавленной стоимости.

Конечной целью участия в ВТО и усилий реформ главы государства является благосостояние наших людей, обеспечение их достойными рабочими местами, переход на более эффективное управление экономикой.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенко билан телефон орқали мулоқотда уни Президент сайловидаги ишончли ғалабаси билан қутлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в ходе телефонного разговора с Президентом Республики Беларусь Александром Лукашенко поздравил его с уверенной победой на выборах Президента страны.

#Mirziyoyev #muloqot #Belarus #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ Mirobod tumanida obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan markaziy ko‘chalarda tozalash ishlari olib borilmoqda.

| Facebook | Instagram| Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM