Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
5.27K subscribers
45K photos
3.83K videos
17 files
15.1K links
Мурожаат учун: [email protected]
Download Telegram
🧊 Tumanimizning “Sharof Rashidov” mahallasi Chimkent va Taras Shevchenko ko‘chalarida tabiiy omillar ta’sirida qurib, insonlar hayotiga xavf soladigan darajaga kelib qolgan daraxtlar kesildi.

❗️ Avariya holatiga kelib qolgan ushbu daraxtlar tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi bo‘limi xulosasi hamda tegishli tashkilotlar ruxsatnomasiga asosan bartaraf etilganini ma’lum qilamiz.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida qancha qo‘shilgan qiymat yaratildi?

◾️ 2024- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 6 879,1 mlrd. so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,0 % ga yuqori.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️ “Yangi zamon” mahallasida “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” davlat dasturi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi

➡️ Bugun, 2-iyul kuni, tumanimizning birinchi sektor hududiga kiruvchi “Yangi zamon” mahallasida "Obod xonadon-obod-ko‘cha-obod mahalla" davlat dasturi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔝 Xususan, Toshkent shahar kommunal boshqarma boshlig‘i Shoxrux Raximdjanov, Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, hokim o‘rinbosarlari, mahalla “yettiligi” hamda tuman kommunal xizmatlari boshliqlari ishtirokida mahallada obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganish ishlari davomida tegishli mas’ullarga mahalladagi ko‘p qavatli uylar va yerli xonadonlar atrofini obodonlashtirish, noqonuniy egallab olingan yerlardagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

❗️ Shuningdek, ko‘cha yuziga chiqindilarni to‘plab qo‘ygan xonadon egalari, savdo do‘konlari egalariga shu joyning o‘zida jarima qo‘llanildi.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM