Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
5.74K subscribers
38.3K photos
3.46K videos
17 files
13.7K links
Мурожаат учун: [email protected]
Download Telegram
“Tashabbusli budjet”ning g‘olib loyihalari e’lon qilindi

Hurmatli fuqarolar!

Tashabbusli byudjet” loyihasining 2024-yil 1-mavsumi yakunlandi. 2024-yil 16-mart soat 00:00 dan 4-aprel soat 23:59 ga qadar davom etgan jarayonda Mirobod tumani bo'yicha“OpenBudget” portali orqali  239 ta tashabbus uchun 22 208 ta ovoz berildi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, 18 ta loyiha gʻolib deb topildi!

Mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan holda, “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsum jarayonlarida faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.
Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan  shu yerda tanishishingiz mumkin.


G'olib bo'lgan loyihalar
bilan
shu yerda
tanishishingiz mumkin.


#tashabbusli_budjet  #open_budget  #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ayni damda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruh Mirobod tumani “Yangi Qo’yliq” mahallasida o’rganish ishlarini olib bormoqda.

Tashrif doirasida shahar va tuman mas’ullari ishtirokida tanqidiy yig’ilish o’tkazilib, mavjud kamchilik va muammolar muhokama etildi. Mahallalarda jalb etuvchi nuqta, yoshlar va nuroniylar uchun qulay va munosib maskan mavjud bo’lishi shartligi qayd etildi.

So’ngra tuman hokimi Anvar Sayfutdinov mahallani takomillashtirish, uni aholi uchun qulay va obod manzilga aylantirish bo’yicha taqdimot qildi.

#Mirobod
#YangiQoyliq
🇺🇿2024-yilning 8-14-aprel kunlari Toshkent shahrida "Xon atlas" haftaligi oʻtkaziladi.

Toshkentimiz mehmonlari va xotin-qizlarimizni haqtalikda aktiv qatnashishlariga chorlaymiz
—————————

✍️Toshkent shahar Oila va xotin qizlar boshqarmasi matbuot xizmati

https://t.iss.one/toshkent_shahar_xotin_qizlar_bo
Davlat tilining mavqeini ko‘tarish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

➡️ Mirobod tumanida o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoniga muvofiq keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunchilik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bosh mutaxassisi G.Tuychiyeva, Toshkent shahar hokimining maslahatchisi A.Ro‘zitoyev, Mirobod tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Umarovalar ishtirokida maxsus ishchi guruh shakllantirilib, Mirobod tumani hokimligi, shuningdek, 110-sonli DIUM hamda №389 DMTTlardagi holatlar o‘rganildi.

❗️ O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Mirobod tumanida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda

🗣Xususan, tumandagi barcha mahallalarda mahallar raislari va faollari ishtirokida manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

#YashilMakon
#ObodMirobod

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM