⚡️⚡️⚡️ Mirobod tumanida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda ➡️ Avval xabar berganimizdek, tumanimizda "Tinchlik - oliy ne’mat" shiori ostida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusidagi targ‘ibot tadbirlari keng ko‘lamda o‘tkazib kelinmoqda.
✅ Bugun, 2-aprel kuni, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan shu mazmundagi targ‘ibot tadbirlari Toshkent amaliy fanlar universitetida o‘tkazildi.
✅ Talabalar bilan bo‘lgan muloqot davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholida, ayniqsa yoshlarda radikalizm, diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar va tahdidlarga nisbatan immunitet hosil qilishi lozimligi yuzasidan fikrlar bildirildi.
🗣 Shuningdek, mamlakatimizda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati, islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati hamda islom dinida mutaassiblik va jaholatning qoralanishi aytib o‘tildi.
✍️ Talabalar “Jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish g‘oyasining ahamiyati, ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
‼️ Suhbat yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.
| Facebook | Telegram | Youtube |
Web-site|