Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
5.57K subscribers
39.7K photos
3.54K videos
17 files
14K links
Мурожаат учун: mirobodt@umail.uz
Download Telegram
Mirobod tumani 345-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti katta guruhi ta'lim jarayonidan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 19, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍀«Биргаликда дарахт экамиз» – биргаликда сайёрамизни асраб қоламиз!

🛡Бизнес-омбудсман Дилмурод Касимов “Яшил макон” лойиҳаси доирасида тадбиркорлар билан бирга манзарали дарахт кўчатларини экиб, "Биргаликда дарахт экамиз" челленжини бошлаб берди.

🌳 Дарахт шунчаки ўсимлик эмас. У бизни ҳаётий муҳим омил – кислород билан таъминлайди. Карбонат ангидридни ўзлаштириб, ҳавонинг ифлосланишини камайтиради ва атмосферамизни тозалайди.

⚠️ Ҳурматли тадбиркорлар, агар ушбу хайрли тадбирда фаоллик кўрсатсангиз, сизнинг ҳудудингиз нафақат бизнес маскани, балки бутун инсониятга фойда келтирадиган яшил маконга айланиши мумкин.

"Биргаликда дарахт экамиз" челленжига сиз ҳам қўшилинг! Келинг, сайёрамизни биргаликда
асраб қолайлик!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 19, 2023
Mirobod tumanidagi 110-sonli umumta’lim maktabida diniy-ekstremizm, aqidaparastlik, missionerlikga qarshi kurashish va totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha «Ogohlik davr talabi» mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Toshkent shahar "Ma’rifiy targ‘ibot markazi" direktori o‘rinbosari M. Xidirov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Mirobod tumani bo‘limi vakillari, 110-sonli umumta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda Toshkent shahar "Ma’rifiy targ‘ibot markazi" direktori o‘rinbosari tomonidan ishtirokchilarga “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni, diniy ekstremizm, terrorizm, missionerlik, shuningdek, internet tarmoqlari orqali uzatilayotgan har xil buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurash to‘g‘risida tushuntirish berildi.

💠 Shuningdek, mavzuga oid film namoyish etildi.

➡️ Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldi.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 19, 2023
🌱 Yangi O‘zbekiston – Yashil makonda birga yashaylik!

Mirobod tumani mahalla faollari, nuroniylari, ziyolilari, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining tuman aholisiga MUROJAATI

Assalomu alaykum aziz Mirobodliklar!

Insoniyat sivilizatsiyasining barcha bosqichlarida sayyoramiz tabiiy boyliklari, hayvonot va tabobat olami inson hayotiy faoliyati uchun zarur ehtiyoj manbai bo‘lib kelgan.

Afsuski, bugunda ushbu boyliklardan noto‘g‘ri foydalanish, zararli texnologiyalarni qo‘llash oqibatida dunyo ahlini tashvishga solayotgan global muammo – ekologiyaning buzilish muammosi vujudga kelgan.

Shu bois ona diyorimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhit ifloslanishini oldini olish, havoni tozalash, aholi salomatligini yaxshilash maqsadida, hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikamizning barcha hududlari qatori Mirobod tumanida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari joriy yil 11 oktyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham ekologik masala bo‘yicha bir qator muhim takliflar bildirib, ustuvor vazifalarni belgilab berdilar. Jumladan, 25 oktyabrdan
1 dekabrga qadar yurtimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi”
deya e’lon qilindi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, havo va osmonimiz musaffoligini saqlash maqsadida, biz Mirobod tumani faollari, keng jamoatchilik nomidan Prezidentimizning ana shu tashabbuslaridan ko‘tarinki ruh olib, Siz, aziz tumanimiz aholisini “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik” – degan olijanob g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz.

Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan naql bor. Shunday ekan, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda, oilada farzand dunyoga kelganida unga atab ko‘chat ekish, hashar yo‘li bilan bog‘lar yaratish, imoratlar atrofini ko‘kalamzorlashtirish kabi ezgu an’analarimizga hamohang tarzda har bir xonadonda ko‘chat ekish va o‘stirish tashabbusini ilgari suramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 19, 2023
Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
🌱 Yangi O‘zbekiston – Yashil makonda birga yashaylik! Mirobod tumani mahalla faollari, nuroniylari, ziyolilari, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining tuman aholisiga MUROJAATI Assalomu alaykum aziz Mirobodliklar! Insoniyat sivilizatsiyasining barcha bosqichlarida…
October 19, 2023
Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
🌱 Yangi O‘zbekiston – Yashil makonda birga yashaylik! Mirobod tumani mahalla faollari, nuroniylari, ziyolilari, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining tuman aholisiga MUROJAATI Assalomu alaykum aziz Mirobodliklar! Insoniyat sivilizatsiyasining barcha bosqichlarida…
Muhtaram nuroniylar!

Mahallarimiz hududlarida daraxtzorlar, bog‘-rog‘larni ko‘paytirish, tabiatni asrashning ahamiyati xususida aholiga, ayniqsa, yosh avlodga tushuncha berish, ularda ona tabiatga mehr uyg‘otish bugungi kunda nuroniylarning muhim vazifasidir.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini tumanimizda samarali tashkil etishda 39 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining Keksa va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari hamda “Keksalar maslahati” guruhlarining
500 dan ortiq a’zolari aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borsalar, mahallarda ko‘chat ekish, qalamchalarni tayyorlash ishlariga bosh-qosh bo‘lgan bo‘lar edilar.

Bundan tashqari, tumanimizdagi har bir nuroniy umummilliy loyihaga befarq bo‘lmagan holda 1 donadan ko‘chat eksalar 15 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlarini ekib, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga yordamlashib, bu bilan ekologiyamizni yanada sog‘lomlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shadilar.

Aziz yoshlar!

Siz tumanda olib borilayotgan ishlarda o‘z tashabbusingiz, aql-zakovatingiz, yangiliklar yaratishga intiluvchanligingiz bilan ertangi kunimizni bundanda chiroyli bo‘lishini ta’minlashda barchamizga kuch-g‘ayrat beruvchi manbasiz.

“Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etib, tumanimizni yanada obod, toza, ko‘rkam va yashil bo‘lishiga o‘zingizni munosib hissangizni qo‘shing. Har biringiz o‘zingiz ekkan daraxtni parvarishlab, o‘zingiz kabi kuchli, baquvvat qilib o‘stiring, toki uning soyasidan Sizdan keyingi avlodlar ham bahra olsin.

Aziz tumandoshlar!

Har birimiz kelajak avlod oldidagi burchimizni chuqur his qilgan holda, “Yashil makon” loyihasini umumxalq milliy harakatiga aylantiraylik.

Xalqimizga xos qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlab, avlodlarimizga yashil makonlarni meros qilib qoldiraylik.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
October 19, 2023
🌱 "Янги Қўйлиқ" маҳалласида барпо этилган аллеяга павлония кўчатлари экилди

☘️ Миробод туманида "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида дарахт, бута ва гул кўчатларини экиш ишлари жадал давом этмоқда.

Бугун туманимизга Андижон вилоятидан кўчатлар келтирилгани ҳақида хабар берган эдик.

➡️ Андижонлик меҳмонлар олиб келинган кўчатларни яхши ният билан биринчилардан бўлиб экишни бошлаб бердилар.

💠 Жумладан, "Янги Қўйлиқ" маҳалласида янги барпо этилган аллея ҳудудида меҳмонлар томонидан манзарали дарахт - павлония кўчатлари экилди.

🔘 Туманимизда бу йўналишда ишлар давом этмоқда.

🇺🇿🇺🇿 Янги Ўзбекистон – Яшил маконда бирга яшайлик!

#YashilMakon

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 19, 2023