Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
5.81K subscribers
38K photos
3.45K videos
17 files
13.7K links
Мурожаат учун: [email protected]
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️ RASMIY MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumani Nukus ko‘chasida joylashgan Makro supermarketi filialidagi pishgan go‘sht rastasida suvarak yurgani aks etgan video tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida supermarketda zararsizlantirish ishlarini o‘tkazib turish uchun "TAShSANEXPERT" MChJ bilan shartnoma tuzilgani va so‘nggi marta joriy yilning 30-iyun kuni dezinseksiya ishlari olib borilgani aniqlandi.

Shuningdek, do‘konning pastki qavatida joylashgan xitoy restoranida oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanishi va undan do‘konga suvaraklar kelib qolish ehtimoli mavjudligi sababli, bir necha marotaba birgalikda zararsizlantirish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat qilinganda, restoran ma’muriyati tomonidan doimiy rad javobi berib kelingan.

Restoran rahbariyati bilan olib borilgan suhbat natijasida ovqatlanish korxonasida zararsizlantirish ishlarini olib borish uchun hech qanday shartnoma mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, bugun supermarketda profilaktik chora ko‘rish maqsadida qaytadan zararkunandalarga qarshi dezinseksiya ishlari amalga oshiriladi.

Supermarket hamda restoranda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakildan ruxsat olinib, kuchaytirilgan tekshiruv ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев мамлакатимизда амалий ташриф билан бўлиб турган Халқаро меҳнат ташкилоти бош директори Жильбер Унгбони қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Международной организации труда Жильбера Унгбо, находящегося в нашей стране с рабочим визитом.

#Mirziyoyev #qabul #XMT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚡️⚡️⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumani Shaxrisabz koʻchasida daraxtlar kesilayotgani haqida shoshilinch tarqalgan xabarlar boʻyicha rasmiy munosabat

➡️ Shaxrisabz koʻchasida 2 tup chinor daraxti tabiiy omillar va zararkunandalar ta'sirida kasallanganligi, zararlanganligi, quriganligi tufayli insonlarning hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid soladigan holatga kelib qolganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasiga asosan sanitariya maqsadida tag qismidan kesildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📺 Hokim o’rinbosari “Fayziobod” mahallasidagi holatni o‘rganmoqda

Shu kunlarda Mirobod tumanidagi to‘rtta sektorda mahallalardagi holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ayni vaqtda tuman hokimining o’rinbosari F. Najmiddinov “Fayziobod” mahallasida “yettilik” faoliyatini o‘rganmoqda.

🔵 O‘rganish ishlari davomida mahalla “yettiligining” faoliyati, aholi bandligi masalasi, hududdagi obodonlashtirish va kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, shuningdek, BSK faoliyati tahlil qilinmoqda.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM