| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mirobod tumani mahalla faollari, nuroniylari, ziyolilari, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining tuman aholisiga MUROJAATI
Assalomu alaykum aziz Mirobodliklar!
Insoniyat sivilizatsiyasining barcha bosqichlarida sayyoramiz tabiiy boyliklari, hayvonot va tabobat olami inson hayotiy faoliyati uchun zarur ehtiyoj manbai bo‘lib kelgan.
Afsuski, bugunda ushbu boyliklardan noto‘g‘ri foydalanish, zararli texnologiyalarni qo‘llash oqibatida dunyo ahlini tashvishga solayotgan global muammo – ekologiyaning buzilish muammosi vujudga kelgan.
Shu bois ona diyorimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhit ifloslanishini oldini olish, havoni tozalash, aholi salomatligini yaxshilash maqsadida, hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikamizning barcha hududlari qatori Mirobod tumanida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari joriy yil 11 oktyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham ekologik masala bo‘yicha bir qator muhim takliflar bildirib, ustuvor vazifalarni belgilab berdilar. Jumladan, 25 oktyabrdan
1 dekabrga qadar yurtimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” deya e’lon qilindi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, havo va osmonimiz musaffoligini saqlash maqsadida, biz Mirobod tumani faollari, keng jamoatchilik nomidan Prezidentimizning ana shu tashabbuslaridan ko‘tarinki ruh olib, Siz, aziz tumanimiz aholisini “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik” – degan olijanob g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz.
Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan naql bor. Shunday ekan, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda, oilada farzand dunyoga kelganida unga atab ko‘chat ekish, hashar yo‘li bilan bog‘lar yaratish, imoratlar atrofini ko‘kalamzorlashtirish kabi ezgu an’analarimizga hamohang tarzda har bir xonadonda ko‘chat ekish va o‘stirish tashabbusini ilgari suramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
Qadrli mahalla faollari, ko‘chaboshi va uyboshilar!
Xalqimizning qadimiy an’analari va urf-odatlariga binoan, daraxt ekish jarayoni nuroniylarning duolari bilan boshlanadi, yaxshi niyatlarning ijobati, xayr-barakalar so‘raladi.
Shunday ekan, ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash, mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida “Mahallamizni bog‘ qilaylik” shiorini ilgari surib, samarali ishlarni olib borishimiz kerak. Siz ham ushbu ishlarni olib borilishiga qo‘shilib, xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shishingiz ayni muddao bo‘ladi.
Xususan, tumanimizdagi 39 ta mahallalarda, 508 ta uy boshi, 249 ko‘cha boshilar bilan birgalikda bo‘sh turgan, daraxt ekilmagan joylarga manzarali, iqlim sharoitiga tez moslashadigan daraxt va buta ko‘chatlari ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ushbu ishlarni amalga oshirishda mahalla ahlining hamjihatligini kuchaytirish, shaxsiy namuna sifatida dastlab o‘z xonadonimiz va ko‘chamizni obod qilishimiz, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.
Aziz va mo‘tabar ayollar!
Bugungi kunda tumanimizda 76 mingdan ziyod xotin-qizlar istiqomat qilib kelmoqda. Tumanimiz xotin-qizlari har jabhada hoh u o‘qish, hoh u ish bo‘lsin jamiyat hayotida faoldirlar.
Xonadonlarimiz, ko‘chalarimiz, mahallalarimiz hududlarini toza-ozoda saqlash, turfa gullar, rayhonlar ifori ufurib turgan gulzor, bog‘u-rog‘larga aylantirish kabi qadriyat darajasidagi odatlarimizni kundalik hayot tarzida qo‘llashda, yosh avlodga, farzandlarimizga singdirishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda biz xotin-qizlar yetakchi kuchlarga aylanaylik!
Tumanimiz mahallalarida barpo etilayotgan “Onalar bog‘i”ning soni kundan kunga ortib borayotgani quvonarlidir. Albatta ushbu bog‘larni barpo qilish va uni asrab avaylashda Siz aziz opa-singillarimizning munosib o‘rni bor.

Muhtaram nuroniylar!
Mahallarimiz hududlarida daraxtzorlar, bog‘-rog‘larni ko‘paytirish, tabiatni asrashning ahamiyati xususida aholiga, ayniqsa, yosh avlodga tushuncha berish, ularda ona tabiatga mehr uyg‘otish bugungi kunda nuroniylarning muhim vazifasidir.
“Yashil makon” umummilliy loyihasini tumanimizda samarali tashkil etishda 39 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining Keksa va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari hamda “Keksalar maslahati” guruhlarining
500 dan ortiq a’zolari aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borsalar, mahallarda ko‘chat ekish, qalamchalarni tayyorlash ishlariga bosh-qosh bo‘lgan bo‘lar edilar.
Bundan tashqari, tumanimizdagi har bir nuroniy umummilliy loyihaga befarq bo‘lmagan holda 1 donadan ko‘chat eksalar 15 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlarini ekib, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga yordamlashib, bu bilan ekologiyamizni yanada sog‘lomlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shadilar.
Aziz yoshlar!
Siz tumanda olib borilayotgan ishlarda o‘z tashabbusingiz, aql-zakovatingiz, yangiliklar yaratishga intiluvchanligingiz bilan ertangi kunimizni bundanda chiroyli bo‘lishini ta’minlashda barchamizga kuch-g‘ayrat beruvchi manbasiz.
“Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etib, tumanimizni yanada obod, toza, ko‘rkam va yashil bo‘lishiga o‘zingizni munosib hissangizni qo‘shing. Har biringiz o‘zingiz ekkan daraxtni parvarishlab, o‘zingiz kabi kuchli, baquvvat qilib o‘stiring, toki uning soyasidan Sizdan keyingi avlodlar ham bahra olsin.
Aziz tumandoshlar!
Har birimiz kelajak avlod oldidagi burchimizni chuqur his qilgan holda, “Yashil makon” loyihasini umumxalq milliy harakatiga aylantiraylik.
Xalqimizga xos qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlab, avlodlarimizga yashil makonlarni meros qilib qoldiraylik.

Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
☘️ Миробод туманида "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида дарахт, бута ва гул кўчатларини экиш ишлари жадал давом этмоқда.

Photo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM