Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
5.49K subscribers
40.6K photos
3.63K videos
17 files
14.3K links
Мурожаат учун: [email protected]
Download Telegram
🚘🚖 Mirobod tumanidagi MTTlarda yosh avlodga yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari muntazam o‘rgatib kelinmoqda

👫 Mirobod tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar yo‘l harakati qoidalari bilan muntazam tanishtirilib kelinmoqda.

Bunday tadbirlarni amalga oshirishdan maqsad - bolani shahar ko'chalarida ehtiyotkor bo'lishga, shuningdek, bog'chada olgan bilimlaridan foydalanishni o'rgatishdan iborat.

Bolalar ishtirokidagi yo'l-transport hodisalarining oldini olish – murabbiylar va tarbiyachilar oldida turgan mas’uliyatli vazifalardan biridir.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
⚡️ #Ayni damda Mirobod tumanida
🏓 Stol tennisi boyicha #5 tashabbus sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

❇️ Sektor bosqichida o‘tayotgan musobaqalarda 11-15, 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasi bo‘yicha 300 nafarga yaqin yoshlar qamrab olingan.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar Mirobod tuman bo‘limining mavsumiy gripp kasalligi bo‘yicha Mirobod tumanida tashkil etilgan chora-tadbirlar haqida SEO va JSX Mirobod tumani ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi vrach-epidemiologi Shahlo Raximova ishtirokida.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
⚡️“Ислом Каримов” ва “Тарас Шевченко” кўчалари кесишган чорраҳада асфальтлаш ишлари якунланди

Эслатиб ўтамиз, бир муддат олдин Тарас Шевченко кўчасида диаметри 500 мм бўлган иссиқлик қувурларида авария ҳолати юзага келган ва қувурларни алмаштириш бўйича олиб борилган ишлар туфайли ҳайдовчилар учун ноқулай вазият юзага келган эди.

Бугунга келиб, МЧЖ ХК " VEOLIA ENERGY TASHKENT"томонидан 110 метр узунликдаги диаметри 500 ммлик бўлган иссиқлик қувурларига алмаштирилиб, йўл асфальтланди.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
⚡️Айни вақтда Миробод туманида жойлашган Гёте номидаги 60-ихтисослаштирилган давлат умумий ўрта таълим мактабининг бошланғич синф ўқувчилари учун янги қурилган блокнинг очилиш маросими бўлиб ўтмоқда.
Мактаб биносининг тўлиқ қайта таъмирдан чиқарилиши, янги блок қурилиши ва тўлиқ жиҳозлар билан таъминланишига 60 млрд сўмдан кўп маблағ сарфланган.
Батафсил кейинги репортажларимизда…
Mirobod tumanida “Keksalar haftaligi” doirasida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda

❇️ Mamlakatimizda 2022 yilning 3-9 oktyabr kunlari “Keksalar haftaligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan Mirobod tumani hokimligi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tumandagi mahallalarda qator tadbirlar o‘tkazmoqda.

👉🏻 Jumladan, “Oltinko‘l” mahallasida 1-oktyabr – o‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan nuroniy otaxonlar uchun bayram dasturxoni tuzalib, ularga ehtirom ko‘rsatildi. “Navro‘z” MFYda bir guruh yakka-yolg‘iz, ijtimoiy himoyaga muhtoj qariyalar holidan xabar olindi, ularga sovg‘alar ulashildi.

Shuningdek, tumanda yakka yolg‘iz keksalarning xonadonlarida hasharlar o‘tkazilishini tashkil etish choralari ham ko‘rilgan. Xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Pyotr Karzon xonadonida Mirobod tumani hokimi Shuhrat Pulatovning yordami bilan faxriy veteran uyida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Haftalik doirasidagi tadbirlar tumandagi barcha mahallalarda davom etmoqda.
Gyote nomidagi №60-maktab qurilish-ta’mirlash ishlaridan so‘ng foydalanishga topshirildi

❗️Mirobod tumanida joylashgan Gyote nomidagi 60-ixtisoslashtirilgan davlat umum o‘rta ta’lim maktabi qurilish-ta’mirlash ishlaridan so‘ng o‘quvchilarga o‘z bag‘rini ochdi. Endilikda o‘quv maskanida 2350 nafar o‘quvchi tahsil olish imkoniyatiga ega.

Tantanali ochilish marosimida Mirobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari - Ashraf Salaydinov ishtirok etdi.

▶️ Maktab binosining to‘liq qayta ta’mirdan chiqarilishi, 1200 o‘rinli zamonaviy blokning qurilishi va maktabning umumiy to‘liq jihozlanishi uchun 60 milliard so‘mdan ko‘p mablag‘ sarflangan.

♻️ A.Salaydinov maktabning pedagogik jamoasi va o‘quvchilarni ushbu voqelik bilan tabrikdi, barcha shart-sharoit mujassam ushbu zamonaviy bino iqtidorli yoshlarni jipslashtirgan maskan bo‘lib qolishiga umid bildirdi.

O‘z navbatida, maktab rahbariyati bunday olijanob ishga hissa qo‘shgan barcha insonlarga minnatdorlik bildirdi.