Miraziz Mirsultonov
1.47K subscribers
9.52K photos
1.84K videos
26 files
4.13K links
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi
Download Telegram
#Rasmiy

“Kambagʻalikdan – farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilgan ishlar muhokama qilindi, rejalar belgilab olindi

Bugun viloyat hokimligida “Kambagʻallikdan – farovonlik sari” dasturi doirasida masʼullar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi rejalar belgilab olindi. Bunda har bir rahbar oʻziga biriktirilgan kambagʻal oila bilan individual shugʻullanishi, ular barqaror daromadga kirguncha faol ravishda ish olib borishi shartligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov ishtirok etib, kambagʻal oilalar reyestrini shakllantirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, orzu-umidlaridan kelib chiqqan holda, istiqboldagi rejalarni tuzish, maxsus elektron platforma orqali bu tajribani qayd etib borish lozim ekanligini atroflicha tushuntirdi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari platformani qanday toʻldirish, kambagʻal oilalar reyestrini adolatli, haqqoniy yuritish boʻyicha ish olib borish tartibini videoselektorda ishtirok etgan “Mahalla yettiligi”ga koʻrsatib, batafsil tushuntirib berishdi. Toshkent viloyatida toʻplangan va samara keltirgan ijobiy tajriba kelgusida respublika miqyosida kambagʻallikka qarshi kurash jabhasiga tatbiq etilishi moʻljallanmoqda, dedi M.Olloyorov oʻz nutqida.

Yil boshida viloyatimizda jami aholining 10,2 foizini kambagʻal oilalar tashkil etgan boʻlsa, bu saʼy-harakatlar natijasida yil yakunida 7 foizga tushishi kutilmoqda. Boshqacha aytganda, bugun hududda 63 ming 9 ta kambagʻallik darajasidagi oilalar mavjud. Ularning har biri bilan individual tartibda ish olib borilmoqda.

Endilikda, viloyatda rahbarlar haftaning juma kunida oʻziga biriktirilgan kambagʻal oilalarda boʻlib, ular bilan suhbatlashadi, berilgan imtiyoz va imkoniyatlarni tushuntiradi. “Kambagʻallikdan – farovonlik sari” davlat dasturida belgilangan yettita yoʻnalishda, yaʼni, turmush tarzi, ijtimoiy tafakkurini yaxshilash, rivojlantirish borasida birgalikda ish olib boradi. Masalan, oʻtgan hafta – 4-oktyabr kuni oʻtkazilgan “Kambagʻal oilada bir kecha” aksiyasi doirasida 220 nafar viloyat boshqarmalari va tuman, shaharlar sektor rahbarlari qatnashgani katta ijobiy samara keltirgan: 456 nafar inson ishga joylashgan, 367 ta oilaning farzandlari turli toʻgaraklarga jalb qilingan.     

Yigʻilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglandi. Majlisda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
👍131
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri #Human_dignity #Достоинство_человека

Toshkent viloyatida “Kambagʻallikdan – farovonlik sari”
dasturi boʻyicha qanday ish olib borilmoqda?
__________

What work is being carried out in the Tashkent region on the program "From poverty to prosperity"?
__________

Какие работы ведутся в Ташкентской области в рамках программы "От бедности к процветанию"?


Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
👍9
Insonlar har xil boʻlar ekan.
Vaqt hammasini koʻrsatar ekan.
👍27
#dolzarb_mavzu

"Kambag‘allikdan - farovonlik sari" dasturi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

🟢 Bugun, Toshkent viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosida  tashkil etilgan shtabda Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari boshchiligida kambag‘al oilalarga biriktirilganlarga oilalar bilan manzilli ishlash va individual rejalar ishlab chiqish bo‘yicha mas'ullarga taqdimot orqali tushuntirish berib o‘tildi.

Xususan, ushbu mas’ullar viloyatdagi 22 ta tuman va shaharlardagi rahbar hamda ularning o‘rinbosarlariga kambag‘al oilalar bilan ishlashda, oilaning kambag‘allik sabablarini to‘g‘ri belgilanganligi va individual rejalar ishlab chiqish, amalga oshirilgan ishlarni manzilli monitoringini yuritish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

📝 telegram            🎖 www.ihma.uz
🤝2🔥1🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YANGI “QIZIMGA” MEDIA LOYIHASI

11-oktyabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) va jamoatchilik faollari hamkorligida "Qizimga" nomli yangi media loyiha ishga tushirildi.

Ushbu kun qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning hayotida duch keladigan muammolar haqida jamoatchilikni xabardor qilishga bag‘ishlangan.

"Qizimga" media loyihasi — qizlar uchun adolatli va xavfsiz dunyo yaratish yo‘lida muhim qadamdir. Biz otalarning qizlar hayotidagi rolini qanchalik muhim ekanini yana bir bor eslatmoqchimiz.

Ota nafaqat qizini qo‘llab-quvvatlaydi va uning huquqlarini himoya qiladi, balki qizning salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va muvaffaqiyatli kelajak qurishi uchun zarur bo‘lgan ishonchni shakllantiradi.

Biz barcha otalarni ushbu harakatga qo‘shilishga va jamiyatimiz kelajagini shakllantiradigan kuchli va o‘ziga ishongan qizlarni voyaga yetkazishga o'z hissalarini qo'shishga chaqiramiz.

#Qizimga #OtaVaQizi

📝telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
👍31
#seminar_trening

Toshkent viloyatida psixologlar uchun seminar-trening tashkil etildi


🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Toshkent viloyatidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining barcha psixolog guruhlari uchun 3 kunlik seminar tashkil etildi.

💻 “Bolalar va kattalarni psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar” mavzusida o‘tkazilgan ushbu seminar-treninggini Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Lobar Rahimova, Yangiyo‘l tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Odina Nishanbayeva hamda Bekobod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Mehriniso Ahmedovalar olib bordi. Ta’kidlash joizki, ushbu psixologlar Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida ekspertlar tomonidan maxsus kurslarni tamomlagan.

Ushbu treningdan maqsad psixologlar guruhi xodimlari fuqarolar bilan ishlashda maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lishi hamda sifatli ish olib borishi uchun tashkil etildi. Trening kreativ hamda savol-javoblarga boy o‘tdi.

📝 telegram            🎖 www.ihma.uz
👍53
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятида амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари ва саноат корхоналари фаолияти билан танишади. Шунингдек, иқтисодиётнинг турли тармоқларида объектларни ишга тушириш ва янгиларининг қурилишига старт бериш режалаштирилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с проводимой в Ташкентской области созидательной работой и деятельностью промышленных предприятий. Также предусматриваются запуск новых проектов и старт строительства объектов в различных отраслях экономики.

Facebook|Instagram|X
3🔥1
14-15 октябрь кунлари Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятида амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари ва саноат корхоналари фаолияти билан танишади. Шунингдек, иқтисодиётнинг турли тармоқларида объектларни ишга тушириш ва янгиларининг қурилишига старт бериш режалаштирилган.

14-15 октября Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с проводимой в Ташкентской области созидательной работой и деятельностью промышленных предприятий. Также предусматриваются запуск новых проектов и старт строительства объектов в различных отраслях экономики.

Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг ривожи, аҳоли ҳаёти ва янги лойиҳалар билан танишмоқда. Давлатимиз раҳбари дастлаб Тошкент туманига ташриф буюриб, Келес йўли кўчаси бўйлаб амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев знакомится с развитием Ташкентской области, жизнью населения и новыми проектами региона. Глава государства сначала посетил Ташкентский район и ознакомился с созидательной работой, проводимой вдоль улицы Келес йули.

#Mirziyoyev #safar #Toshkentviloyati #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍54🔥1