QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.1K subscribers
21.9K photos
3.84K videos
287 files
9.06K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#MUNOSABAT

⚡️Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Sergeli tumani Quruvchilar mavzesi Xonobod ko'chasida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha telegram ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:
🔴Toshkent shahar hokimining 2018-yil 16-aprelda “V.L.GALPERIN nomidagi Toshkent Truba Zavodi” MChJ Quruvchilar mavzesi, Xonobod ko'chasida 3 ta 9 qavatli turar joy majmuasi qurish uchun 611-sonli qarori qabul qilingan.
🟢Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2018-yil 7-dekabrdagi 31-1173/A -sonli xulosasi va O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “SHAHARSOZLIK HUJJATLARI EKSPERTIZASI” davlat unitar korxonasi TOSHKENT SHAHAR FILIALIning 2019-yil 7-martdagi 149-sonli yig‘ma ekspert xulosalari olingan.
✔️Mazkur obyektda “V.L.GALPERIN nomidagi Toshkent Truba Zavodi” MChJ qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun inspeksiyaga 6989673-sonli xabarnoma yuborgan. Hozirgi kunda inspeksiya tomonidan 3 ta 9 qavatli turar joy majmuasi yerto’la va mansarda qurish obyektining qurilish-montaj ishlari ustidan Davlat nazorati o’rnatilgan.
➡️Obyektda tasdiqlangan loyiha hujjatlarida tarz qismida alohida xonadon egalari chiqishi uchun ochiq ayvon mavjud.
Telegram ijtimoiy tarmog’ida muhokama bo’layotgan binoning derazasi pastki qismida joylashgan suratda ko’rsatilgan chiqish yo’li berkilgan ochiq ayvon konditsioner kompressorlarini o’rnatish uchun qulaylik, yengillik yaratish hamda tarz qismining arxitekturaviy dizayniga zarar keltirmaslik uchun mo’ljallanganligi ma’lum qilinadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Мактабларни битирувчи ўғил-қизларга табрик

Поздравление всем выпускникам школ

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#MUNOSABAT

🟢Navoiy viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan telegram jtimoiy tarmogʻida eʼlon qilingan xabar mutaxassislarni jalb qilgan holda joyida oʻrganib chiqildi.
🔴Aniqlanishicha, “Nurota yigʻma beton” MCHJ tomonidan Nurota tumani “Eshon Sudur” MFY “Shodlik” koʻchasida qurilgan koʻp qavatli 59-uyda joylashgan 63-xonadon 2021-yil 10-iyundagi oldi-sotdi shartnomasiga asosan B.Fayzullayevga tegishli.
➡️“Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”ning 5-bandiga asosan koʻp qavatli turar-joy binolarida toʻsin yoki yuk koʻtaruvchi devorlarida har qanday oʻzgarishlar kiritish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olish lozimligi belgilangan.
❗️Biroq oʻrganish davrida ushbu koʻp qavatli turar-joy binosining 1-qavatidagi 63-xonadonning hojatxona va yuvinish xonasiga tegishli yuk koʻtarmaydigan toʻsin devorlari (ostiga muntazam ravishda suv ketish oqibatida) tashqi taʼsir natijasida qisman choʻkish va qator buzilishlar kelib chiqqanligi kuzatildi. Oʻrganish davrida yuqorida qayd etilgan toʻsin devorning yuvinish va hojatxonaga kirish qismining oʻng qanotidagi toʻsin devor buzib tashlanganligi va asosiy kirish eshigi hamda yuvinish xonasiga kirish eshigi tepa qismlari bir tomonlama devordan ajralgan holga kelib qolganligi hamda kirish eshigi yon qismidagi (yuk koʻtarmaydigan) toʻsin devorning yuqori qismida tashqi taʼsir natijasida qisman siljib, yorilish paydo boʻlganligi kuzatildi.
✔️Oʻrganishda koʻp qavatli uy-joyning loyiha hujjatida mazkur xonadon joylashgan qismda yer toʻla qurilishi koʻzda tutilmagan boʻlib, yuqorida qayd etilgan toʻsin devorlarning choʻkishi yuk koʻtaruvchi devor boʻlmaganligi sababli binoning umumiy holatiga taʼsir etmasligi aniqlandi.
⚡️Fuqaro B.Fayzullayev oʻzining tushuntirishida bir necha kun oldin hojatxonasini suv bosganligini, uni bartaraf etish ishlarini amalga oshirish jarayonida devorlarga zarar yetib, yoriqlar paydo boʻlganligini, shundan soʻng ushbu devorlarni yangilash uchun ularni buzib tashlaganligini maʼlum qildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
⚡️“Siz ota-onangiz va jonkuyar ustozlaringiz ishonchini oqlaysiz”

💥Bugun beg‘ubor o‘quvchilik davrini ortda qoldirib, qadrdon maktab, ustoz va murabbiylar bilan xayrlashib, hayotning yanada mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotgan o‘g‘il-qizlarimizni tabriklashdan mamnunman. Ishonchim komilki, siz Yangi O‘zbekistonning munosib poydevorlari sifatida ota-onangiz va jonkuyar ustozlaringiz ishonchini oqlaysiz.
🏗Mamlakatimizda kechayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga o‘z hissangizni qo‘shasiz. Zero, bugun sizni erkin va mukammal ta’lim olishingiz, kelajagingiz va porloq istiqbolingiz uchun mustahkam sharoit yaratildi va bu ishlar izchil davom etmoqda. Sizdek qalbi pok orzu-umidlar bilan to‘lgan azm-u shijoatli yoshlar timsolida xalqimiz va vatanimiz kelajagini ko‘ramiz. Sizga faqat omad va baxt hamroh bo‘lsin.

✍️Qurilish vaziri Botir Zokirov

Batafsil 👉 https://daryo.uz/2022/05/25/daqiqalar-soniyalardan-togri-foydalanishni-organing-senatorlar-deputatlar-hamda-vazirlar-maktab-bitiruvchilarini-tabrikladi/?utm_source=@daryo
#Hududlardan_xabarlar

🏗Surxondaryo arxitektura va qurilish texnikumida “Biz kelajakni bilimli yoshlar bilan birga quramiz” mavzusida Respublika oʻquv-uslubiy seminari boʻlib oʻtdi.
Seminarda texnikum oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan ijodiy loyihalar koʻrgazmali tarzda namoyish etildi, shuningdek, taʼlim muassasasi fan oʻqituvchilarining oʻquv meʼyoriy hujjatlari yuritilishi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Mazkur seminarda Qurilish vazirligining Taʼlim muassasalari foliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashev rahbarligida vazirlik tarkibidagi barcha texnikum va kollej masʼullari ishtirok etishdi.

#SURXONDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|