QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.2K photos
3.9K videos
289 files
9.19K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

🏠 Ko’p qavatli uylarni boshqaruv organlariga biriktirish endilikda Davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshiriladi

📹 Batafsil video orqali tanishing!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

➡️ Korxonalar qaysi holatlarda lotda qatnashib, bir xil ball olishi mumkin? Avval yutilgan lotlar uchun ball ayiriladimi?

🔈 Batafsil videoda!

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏘 Vazir oʻrinbosari Toir Alimatov ayni paytda Buxoroda

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Buxoro viloyatida boʻlib, Buxoro tumani “Bogʻidasht” MFY hududida qad rostlayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

Maʼlum boʻlishicha, bugungi kunda hududdagi 67 ta yer uchastkasi LOT larga boʻlingan holda 43 ta tashabbuskor tomonidan sotib olingan.

Yer uchastkalarining 62 tasiga Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi (ART) ishlab chiqilgan.

Tashabbuskorlar tomonidan “Qishloqqurilishloyiha” DM Buxoro filiali bilan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha shartnoma tuzilgan. Shuningdek, ayrim obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari Arxitektura-shaharsozlik kengashidan oʻtkazilgan. 35 ta obyektga shaharsozlik ekspertizasining ijobiy xulosalari olingan, 17 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy nazorat qilish inspeksiyasi roʻyxatidan oʻtkazilgan.

🔵Qurilish obyektini oʻrganish jarayonida vazir oʻrinbosari T.Alimatov bu boradagi ishlarni jadallashtirish va barcha amaliy chora-tadbirlarni sifatli tashkil qilish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍Piskent tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda

Toshkent viloyati Piskent tumanida zamonaviy “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari D.Adilov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Sh.Mahmudov, Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal boshqarmasi boshlig‘i J.Anvarov hamda tegishli rahbarlar qurilish jarayoni bilan tanishdi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-oktabrdagi “Toshkent viloyati Piskent tumanida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

10,17 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilgan mazkur massivda 540 o‘rinli 9 qavatli turar joylar, Yoshlar bog‘i, Yoshlar markazi, kutubxona, hunarmandlar uchun ko‘rgazma zallari, zamonaviy sayilgoh hamda suv havzasi bunyod etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu hududda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu Navoiyning bunyodkorlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalariga hurmat ifodasi sifatida xizmat qiladi.

Bundan tashqari “Birlik” ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi anhor atrofida sayilgoh tashkil etilishi ham mo‘ljallangan. Hozirda loyihalashtirish ishlari davom etmoqda. Mutasaddilar loyihalar bilan tanishib, aholiga munosib sharoit yaratish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Loyihani sifatli hamda o‘z vaqtida topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍Kuni kecha poytaxtimizning Shayxontohur tumanida ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish sohasidagi islohotlarning borishiga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi.

🏘 Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hamda Toshkent shahri prokurori o’rinbosari Habibulla Mirsoatov tumanda faoliyat yurituvchi sektor rahbarlari, uy-joylarga xizmat ko’rsatish tizimiga mas’ul mutasaddilar bilan uchrashdilar.

Kun tartibiga binoan dastlab ko’p qavatli uylarda debitor qarzdorlikni kamaytirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, boshqaruv organlari faoliyati, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan amalga oshirish lozim bo’lgan kelgusidagi ishlar ko’rib chiqildi. Bu borada barcha aholi oldidagi mas’uliyatni chuqur his qilishi shart ekanligi alohida ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_bering_javob_beramiz

Malakamni oshirish uchun o‘qishga borganimda ishxona to‘lovni amalga oshirdi. Ishdan bo‘shab ketsam, sertifikatim nima bo‘ladi?

❗️Soha mutaxassislari malakasini oshirish, ularning bilimini davriy ravishda baholab borish uchun tashkil etilgan Kompetensiyani rivojlantirish instituti 12 ta yo‘nalishda ta’lim bermoqda.

O‘qib, testda yetarli balni qo‘lga kiritgan mutaxassis “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali QR kod qo‘yiladigan, muddati uch yil bo‘lgan sertifikatga ega bo‘ladi.

📌 O‘qish uchun mablag‘ni kim to‘laganidan qat’iy nazar sertifikat malaka oshirgan mutaxassisning o‘ziga beriladi. Shu sababli ishdan bo‘shab ketsangiz, sertifikatni ham olib ketasiz.

🗓 Sertifikat muddati tugamaguncha sertifikatlangan mutaxassis qayerda ishlasa, shu korxonaga ball beriladi.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM