QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
21.6K photos
3.75K videos
287 files
8.91K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

15 nafardan iborat soha mutaxassislari Xitoyda

  
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, uning huzuridagi Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Xitoy tadbirkorlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 9-16-oktabr kunlari uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

   Bunda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Avtomobil yo'llari qo'mitasi mas'ullaridan iborat delegatsiya Xitoyning yetakchi kompaniyalariga tashrif buyurib, bir qator yo'nalishlarda tajriba almashishmoqda.

 💠 Xususan, jarayonda shaharsozlik faoliyati, loyiha va рudrаt xizmatlari bozori, shuningdek, qurilish mаtеriаllаri ishlab chiqarish, zamonaviy shaharsozlik uslublari, uning nоrmа vа qoidalarini keng joriy qilish, innovatsion g'оуаlаr hamda ishlanmalarni o'rganish maqsadida Tyankay fan va texnologiya innovatsion parki,  Xitoy-Singapur ekoshahari hamda boshqa bir qator loyiha va pudrat tashkilotlariga tashrif amalga amalga oshirilyapti.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

☯️ Bugun Xitoyning Tianszin shahrida  Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda  Tianjin Urban Construction Group Holding  va Tianjin Haihe Design Group kompaniyalari oʻrtasida memorandum imzolandi.

Mazkur hujjatga muvofiq tomonlar hamkorligi quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi.

Jumladan:

-qurilish sohasida yoʻnalishlar kesimida huquqiy va texnik tartibga solish va meʼyoriy hujjatlar boʻyicha  oʻzaro tajriba almashish;
-tegishli sohalar boʻyicha mutaxassis kadrlarni muddatli oʻqitish va malaka oshirishlarini yoʻlga qoʻyish;
-ilmiy-texnik masalalarni muhokama qilish uchun oʻquv dasturlari, konferensiyalar, simpozium va uchrashuvlarni tashkil qilish;
-muayyan (pilot) qurilish obyekti loyihalarini oʻzaro hamkorlik asosida amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish;
-shaharsozlik norma va qoidalarini takomillashtirishda hamkorlik qilish;
-shaharsozlik norma va qoidalarini uygʻunlashtirgan holda yangi normativ bazani shakllantirish kabi yo‘nalishlarda manfaatli aloqalar yoʻlga qoʻyilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Poytaxtimizda “Davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

🟡 Loyiha Oʻzbekiston va Koreya hamkorligida ishlab chiqilgan boʻlib, u mamlakatimizda davlat xizmatini modernizatsiya qilishga koʻmaklashish, davlat xizmatchilarining kadrlar salohiyatini boshqarish hamda rivojlantirish (HRM) boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, pilot vazirliklarda biznes jarayonlarining reinjiniringini (BPR) oʻtkazishga yoʻnaltirilgan.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Koreya Davlat boshqaruvi instituti (KIPA) masʼullari, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Oʻzbekistondagi ofisi va Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari, “Davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturi” nomli Q-DEEP loyihasi ishtirokchilari, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi mutasaddilari va boshqa vazirlik hamda idoralarning inson resurslarini boshqarish boʻlinmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

📍 “World Cities Day” xalqaro konferensiyasi o’tkazilmoqda

Joriy yilning 25-28-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shandong provinsiyasi, Weihai shahrida “Butunjahon shaharlar kuni” munosabati bilan konferensiya tashkil etildi.

Unda vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti boshqarma boshlig’i Azizbek Nurmirzayev ham ishtirok etmoqda.


Ushbu nufuzli tadbirga dunyoning yetakchi qurilish va shaharsozlik sohasi hamda yirik qurilish kompaniyalari vakillari tashrif buyurgan.

Konferensiya davomida “Yangi shahar hududlarining rivojlanish imkoniyati va yo'llari, rejalashtirish va rivojlantirish tajribalari” hamda bu boradagi yo'nalishni kompleks rivojlantirish bo'yicha texnologik malakalar va uni amalda qo'llash bo'yicha xalqaro panel muhokamalari bo’lib o’tmoqda.

Tadbir jarayonida delegatsiya tomonidan xalqaro norma va standartlarni milliy shaharsozlik normalariga uyg’unlashtirish hamda yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish imkoniyatlari ko’rib chiqilyapti.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🔗 Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi bosh mutaxassisi Dilshod Shonazarov hamda yetakchi mutaxassis Zaxro To’xtayeva Rossiya Federatsiyasida tashkil etilgan "Arxitektorlar.RF" dasturi asosida malaka oshirib qaytdi.

Mazkur dastur Rossiya arxitektorlarining professional rivojlanishini maqsad qilgan qo’shimcha ta’lim sanaladi. U arxitektura sohasida zamonaviy bilim va ko’nikmalarni oshirish, innovatsion yondashuv hamda tajribalarni o’rganish imkonini beradi. Dasturda turli modullar, jumladan, baza, onlayn va xalqaro stajirovkalar mavjud bo’lib, ular arxitektorlarning malakasini oshirishga qaratilgan.

📝 Jarayonda ishtirok etgan arxitektorlar zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni o’rganib, amaliy tajriba orttirdilar hamda bu ta’lim kelgusida ular uchun yangi g’oya va innovatsiyalarni joriy qilish imkoniyatini yaratadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri v.b Sherzod Hidoyatov Saudiya Arabistonining “Vision Invest” kompaniyasi Prezidenti Omar Al Midani bilan uchrashdi.

Jarayonda sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida salohiyatli investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

- Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalar chuqur tarixiy ildizlarga ega boʻlib, bugungi kunda ham davlatlarimiz rahbarlarining oqilona olib borayotgan siyosati natijasida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻzaro siyosiy, madaniy, iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yanada mustahkamlashda davom etmoqda. Ishonchim komilki, bizning hamkorligimiz ham davlatlarimiz oʻrtasidagi strategik aloqalarni mustahkamlashga hissa qoʻshib, infratuzilma va energetika sohalarida barqaror rivojlanishga koʻmaklashadi, - dedi Sh.Hidoyatov.

🔺 Ma’lumot uchun, “Vision Invest” kompaniyasi 2002-yilda “Al Muhaidib Group” va “Abdullah Abunayyan Group” o‘rtasida tashkil etilgan. Bugungi kunda xorijiy kompaniya tomonidan respublikada energetika, “yashil” vodorod ishlab chiqarish (“ACWA Power”), markazlashgan issiqlik tizimlarini barpo etish (“Saudi Tabreed”), chiqindi suvlarni tozalab qayta foydalanish (“Miahona”), ma’lumotlar markazini tashkil etish (“DataVolt”) kabi loyihalarni amalga oshirmoqda.

Uchrashuv davomida vazirlik mas'ullari va kompaniya delegatsiyasi o'rtasida ishchi guruh shakllantirildi hamda doimiy hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov ayni kunlarda Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Choralar ramkaviy konvensiyasining 29-Konferensiyasi (COP29) doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqda.

Xususan, vazir o‘rinbosari «Klimat bo‘yicha ko‘p darajali va ko‘p sektorli harakatlarning yuqori darajadagi ochilishi» hamda «Yuqori darajadagi davra suhbati: Shaharlarda transport va infratuzilma» kabi muhim sessiyalarda chiqish qildi.

D.Adilov iqlimiy choralarni boshqaruvning barcha daraja va iqtisodiyotning har bir sektorlariga integratsiya qilish ahamiyati xususida to‘xtaldi. Shuningdek, mamlakatimizda ekologik barqaror shahar muhitini yaratish uchun qo‘llanilayotgan kompleks yondashuvlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mamlakatda quvvati 3 000 MVt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu bilan birga suv ta’minoti obyektlarida 2 MVt quvvatga ega panellar o‘rnatildi. So‘nggi yillarda 82 isitish qozonlari yangilandi, bu esa samaradorligi yuqori bo‘lgan ekologik “yopiq” isitish tizimlariga tizimli ravishda o‘tishni ta’minlab kelmoqda.

- O‘zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalarga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, har bir yangi qurilish obyektining hududidan kamida 30 foizi yashil hududlarga ajratish talabi joriy etildi, bu esa minglab gektarlarni ekologik toza hududlarga aylantirish va shaharlarning atrofida yashil halqalar yaratish imkonini beradi,- dedi vazir o‘rinbosari.

📌 Shaharlarda transport va infratuzilma masalalariga bag‘ishlangan sessiyada “Yangi Toshkent” loyihasi haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, loyiha doirasida hududning 50 foizi yashil hududlarga ajratiladi. Shuningdek, innovatsion tizimlar, xususan, chiqindilarni pnevmatik yig‘ish va ularni qayta ishlash joriy etiladi.

Tadbirlar davomida vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi shaharlarni barqaror rivojlantirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. U xalqaro hamkorlar bilan tajriba almashish va iqlim harakatlari bo‘yicha tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish uchun hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

- O‘zbekistonning COP29 tadbirlaridagi ishtiroki barqaror urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish uchun muhim qadam bo‘ldi, - deya o'z fikrini yakunladi vazir o‘rinbosari.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Xalqaro_hamkorlik 🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov ayni kunlarda Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Choralar ramkaviy konvensiyasining 29-Konferensiyasi (COP29) doirasidagi tadbirlarda…
#Xalqaro_hamkorlik
#COP29

🔗 BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Choralar ramkaviy konvensiyasining 29-Konferensiyasi doirasida vazir o’rinbosari Davronjon Adilov boshchiligidagi mas’ullar mamlakatimiz tomonidan tashkil etilgan pavilyonda bo’ldilar.

Pavilyon O‘zbekistonning noyob madaniy merosi hamda ekologiya va iqlim masalalariga barqaror yondashuvlarini namoyish etishni maqsad qilgan bo’lib, insonning tabiat bilan uyg‘unligi va oilaviy qadriyatlarni ifodalovchi an’anaviy o‘zbek hovlisiga asoslangan.

Davronjon Adilov konferensiya ishtirokchilarini mazkur "Ichki barqarorlik" deb nomlangan me’moriy konsepsiya bilan tanishtirar ekan, ekologik materiallar o’zbek xonadonining me’moriy yechimlarida muhim o’rin tutishini qayd etdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

📍 Bugun Samarqand shahrida BUILD PRO EXPO 2024 - Qurilish va pardozlash materiallari, qurilish uskunalari va texnikalariga ixtisoslashtirilgan xalqaro ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🏘 Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov so'zga chiqib, mazkur tadbir soha mutaxassislari uchun muhim voqea ekanligini, ko‘rgazma qurilish, dizayn va arxitektura sohasidagi innovatsiyalarni namoyish etish va ularni rivojlantirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim maydonga aylanishini ta'kidladi.

Xususan, ko'rgazmada qurilish materiallari, mebel, sanitariya-texnik vositalar, yoritish moslamalari va boshqa zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha yetakchi kompaniya va ishlab chiqaruvchilarning ishlari namoyish etilmoqda. Ularda dizayndagi so‘nggi yutuqlar, jumladan, BIM texnologiyalari va aqlli uylarni yaratish bo‘yicha yechimlar aks etyapti.

😇Markaziy Osiyo qurilish bozoridagi soʻnggi tendensiyalardan xabardor boʻlishni xohlovchilar va oʻz biznesini xalqaro miqyosda kengaytirishni istaganlar uchun mazkur ko'rgazma keng imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Joriy yilning 20-22-noyabr kunlari bo'lib o'tayotgan tadbir har yili minglab tashrif buyuruvchilar va yuzlab ishtirokchilarni jalb etib, tajriba almashish hamda biznes aloqalarini o‘rnatish uchun zarur platformaga aylangan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🔠 Bugun O‘zbekiston va Turkiya Ishbilarmonlar uyushmasi hamkorligida “Zilzila va Zamin: Tabiiy ofatlar oqibatlarini kamaytirish va barqaror rivojlanish” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga xalqaro ekspertlar, tadbirkorlik subyektlari va ilmiy soha vakillari taklif etilgan. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Anjumanda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. Seysmik xavfsizlikni kuchaytirish: Qurilish sohasida xalqaro standartlar asosida zilzilabardosh infratuzilma yaratish;
2. Innovatsion yechimlar: Zilzila oqibatlarining oldini olish va yumshatish uchun zamonaviy texnologiyalar hamda ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish yo‘llari;
3. Hamkorlikni rivojlantirish: Xorijiy rivojlangan davlatlar tajribasi asosida zilzilaga tayyorgarlik bo‘yicha kooperatsiyani mustahkamlash.

🗺Tadbirda turkiyalik mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zilzila xavfini kamaytirish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni taqdim etdi. Shuningdek, yangi loyiha va tashabbuslar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o’rinbosari Toir Alimatov Vyetnam Respublikasining “Rox Group” kompaniyasi asoschisi Tuan Chan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o’tkazdi. O'zaro samimiy kechgan muloqotda sohada hamkorlikni rivojlantirish va qurilish loyihalarini amalga oshirishda tajriba almashishga oid masalalarga e’tibor qaratildi.

- Sir emas, O‘zbekistonda qurilish industriyasi mamlakat iqtisodiyotining asosiy lokomotivlaridan biriga aylandi. Shu ma’noda Vyetnamda ham ushbu soha iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlaridan biri desak, ayni haqiqat bo’ladi. Iqtisodiy o‘sish, urbanizatsiya va investitsiyalarning ortishi hisobiga har ikki davlatda qurilish jadal sur’atlar bilan rivojlanishda davom etmoqda. Bugungi uchrashuvimiz ham mamlakatlarimizning bu boradagi boy tajribasini ommalashtirishda va tajriba almashishda muhim qadam bo’lishiga ishonch bildiraman, - dedi Toir Alimatov.

😇 Muzokaralarda delegatsiya a'zolari qurilishda yashil texnologiyalar va ilg’or texnik yechimlarni birgalikda amalda qo’llashdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi. Tomonlar yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🟥 Tadbirda ta’kidanganidek, yuqori togʻli hududlar va murakkab geologik sharoitlarda inshootlarni loyihalash hamda zilzilabardosh yechimlarni ishlab chiqish sohalarida xalqaro hamkorlik ustuvor yoʻnalishlardan biridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bu borada xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish orqali sohani yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Shu bilan birga xalqaro hamkorlikning eng muhim tomoni shundaki, bu bizga xorijiy tajribalarni oʻrganish hamda eng soʻnggi ilm-fan yutuqlari bilan tanishish imkonini beradi.

Hozirda qiyaliklar va tunnellarning barqarorligini oshirish, yangi monitoring tizimlarini joriy etish va milliy standartlarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirishni rejalashtirilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🗺 Fargʻona viloyati va Dushanbe shahri oʻrtasida arxitektura va shaharsozlik boʻyicha hamkorlik aloqalari yanada kengayadi

Fargʻona viloyatida arxitektura va shaharsozlik sohasini yanada takomillashtirish, qoʻshni davlatlarning shaharsozlik va kommunal sohadagi tajribalari, yutuqlari bilan tanishish, shaharsozlik sohalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlash, ijtimoiy va iqtisodiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish maqsadida joriy yil 17-19-dekabr kunlari Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi Lazizxon Pozilov boshchiligida davlat xizmatchilari, tuman va shahar arxitektorlari bosh arxitektorlari hamda yetakchi loyiha tashkilotlaridan iborat delegatsiya qoʻshni Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida boʻlib turishibdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi vakillaridan iborat delegatsiya Moskva shahrida uchrashuvlar o’tkazdi.

Maqsad Rossiya Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda buyurtmachi xizmati faoliyatini va arxitektura-qurilish nazorati jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat.

☺️ Uchrashuvda sohada shaffoflikni ta’minlash va raqamlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#XALQARO_HAMKORLIK 🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi vakillaridan iborat delegatsiya Moskva shahrida uchrashuvlar o’tkazdi.…
#XALQARO_HAMKORLIK

🔗 Xabaringiz bor, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi vakillaridan iborat delegatsiya Moskva shahrida uchrashuvlar o’tkazmoqda.

Bugun Rossiyaning Omskning viloyatida amalga oshirilgan raqamlashtirish ishlarining o‘ziga xosligi, Moskva viloyatida davlat nazorati yuritish va raqamlashtirish borasida erishilgan yutuqlar muhokama qilindi.

🟢 Kun tartibidagi masalalar orasida obyektlarning qurilish narxini belgilash tartibi, turlari, qurilish materiallariga indekslarni shakllantirish va qo‘llash yo‘nalishlarida ham tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

☯️ Turk ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya ayni paytda Fargʼona viloyatida boʼlib turibdi. Xususan, ular ishtirokida turli sohalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasida uchrashuvlar oʼtkazilmoqda.

Bugun Belgin Taniverdi boshchiligidagi sanoat va qurilish sohasi delegatsiyasi vakillari hamda viloyat Qurilish va uy-joy Kommunal xoʼjaligi boshqarmasi boshligʼi Laziz Pozilov ishtirokida muhokamalar boʼlib oʼtdi. Unda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Oʼzbekiston-Turkiya munosabatlari yangi bosqichda davom etayotganligi, buning natijasida hududlararo aloqalar faollashayotgani taʼkidlandi. Jumladan, viloyatda sanoat va qurilish sohasi yoʼnalishida bir qator loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida soʼz yuritildi.

Mehmonlar Fargʼona shahrida barpo etilayotgan Eko shahar - "Yangi Oʼzbekiston" massivida boʼlib, u yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

Yangi Toshkent – yangi imkoniyatlar

🔵 Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi mutasaddi rahbarlari va China state construction engineering corporation vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik, qurilish jarayonlarini yanada jadallashtirish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash masalalarini muhokama qildi. Xususan, Yangi Toshkentning infratuzilmasini rivojlantirishda xalqaro tajribani tatbiq etish va resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi rejalarga oid yo‘nalishlarni belgilab olishdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vakillari va Xitoyning O‘zbekistondagi Tadbirkorlari uyushmasi raisi Liu Yu rahbarligidagi Tianjin provinsiyasining yetakchi qurilish hamda loyiha tashkilotlari vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Xitoy o'rtasidagi hamkorlik munosabatlari ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuv hamda muloqotlari asosida turli sohalarda rivojlanib borayotganligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Jumladan, qurilish sohasida ham hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilib, yurtimizda Xitoyning Shanxay Construction, CAMCE, CITIC, China State Construction va boshqa qator yetakchi pudrat tashkilotlari ishtirokida yirik loyihalar amalga oshirilayotganligi e’tirof etildi.

Delegatsiya 1 hafta davomida O'zbekistonda bo'lishadi va muzokaralar davom ettiriladi.
 
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM