QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.4K subscribers
21.4K photos
3.66K videos
286 files
8.78K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
Forwarded from Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti (Matbuot xizmati)
"Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi" kafedrasida ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Bino va inshootlar qurilishi fakulteti "Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi" kafedrasining 2022-2023-o‘quv yili uchun tasdiqlangan rejasiga muvofiq "Mexanika va inshootlar nazariyasining dolzarb masalalari" mavzusida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarga raislik qilgan professor Rustamxon Abdikarimov yangi o‘quv yilidagi dastlabki seminar ishini kirish so‘zi bilan ochib, kafedrada ilmiy muhit yaratilishida fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, kafedra dotsenti Abdulaziz Buriyevga "Elastik muhitda to‘lqin tarqalishining nostatsionar masalalarida sonli dispersiyani minimallashtirish" mavzusida o‘tkazgan ilmiy tadqiqotlari natijalariga to‘xtaldi.

Seminarda kafedra professori Sayidislom Saidiy, katta o‘qituvchilar Botir Raxmonov va Dilmurod Axundjanov o‘zlarining taklif va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.

TAQI Matbuot xizmati

#seminar
@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

📢 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi mutaxassislarning xalqaro standartlar asosida malakasi oshiriladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SEMINAR

Respublika byudjeti tomonidan moliyalashtirilayotgan obyektlarda soha yoʻnalishi boʻyicha buyurtmachi xizmatlari hamda loyiha tashkilotlari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish maqsadida oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Bu haqida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Jalol Arashov rahbarligida oʻtkazilgan amaliy-seminarda maʼlum qilindi.

Unda respublikada yetakchi loyiha institutlari va xususiy loyiha tashkilotlari ishtirokida qurilish sohasida mualliflik nazoratini tashkil etish, loyihalashtirishda shaharsozlik norma va talablariga qatʼiy rioya etilishi va loyiha tashkilotlarining salohiyatini oshirish maqsadida mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish masalalari muhokama qilindi.

➡️Oʻquv kurslarida obyektni loyihalashtirishda, loyiha yechimlarini qoʻllashda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, binoning issiqlik va energiya samaradorligi, yongʻin xavfsizligi, seysmologiya talablari hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni binolarga toʻsiqsiz kirib chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishi koʻzda tutiladi.

Muloqot davomida loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash va ish samaradorligini oshirish maqsadida ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar berildi.

🔵Shuningdek, loyihalashtirishda yangi texnologiyalarni joriy etish (BIM), ularni keng qoʻllanilishida mutaxassislarning malakasini oshirish va tayyorlash, malakali xorijiy konsultantlarni jalb qilinishi belgilab olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

    
❗️“Koʻp kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining mazmun-mohiyatini hududlardagi boshqarish organlariga yetkazish hamda ijrosini sifatli tashkil qilish maqsadida  Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

🔰Ushbu seminarda boshqarmaning shahar, tuman mas'ullari , boshqaruv servis kompaniyalari rahbar va ishchi xodimlari hamda viloyatdagi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

   Tadbirda qarorning mazmun-mohiyati, uni sohani takomillashtirish jarayonidagi o'rni haqida so'z bordi. Shuningdek, mutasaddilar yig'ilganlarning savollariga batafsil javob berdilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

🗣 “Koʻp kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining mazmun-mohiyatini hududlardagi boshqarish organlariga yetkazish hamda ijrosini sifatli tashkil qilish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminarda boshqarmaning shahar, tuman mas'ullari, boshqaruv servis kompaniyalari rahbar va ishchi xodimlari, viloyat Adliya boshqarmasi, Soliq inspeksiyasi, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda boshqa mutassaddi tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

💠Tadbirda qarorning mazmun-mohiyati, uning sohani takomillashtirish jarayonidagi o'rni haqida so'z bordi. Shuningdek, mutasaddilar ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berdilar.

#XORAZM

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn
  #Seminar

Birozdan so’ng Navoiy shahrida ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari uchun tashkil etilgan seminarga start beriladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

🏠 Ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari uchun tashkil etilgan seminar barcha ishtirokchilarga tajriba va ko’nikma almashish maydoni sifatida xizmat qildi.

Boshqaruv tashkilotlari sohani yanada yaxshilash yo’lidagi yangi g’oya va maqsadlarga ega bo’ldilar. Bunday keng miqyosdagi tadbirlarni ko’proq tashkil etish soha takomillashuvi yo’lida xizmat qilishi ko’p bora ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

📌 Uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasi va energiya tejamkorlik boʻyicha Respublika seminari tashkil etildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

📍Respublikaning bir qator viloyatlaridan kelgan sektor rahbarlari uchun “Olmazor holding grand” boshqaruv tashkiloti faoliyatiga bag’ishlangan amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Mazkur seminar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi, Prokuratura va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan ayni damda Davlat boshqaruvi akademiyasida malakasini oshirayotgan, respublikaning turli viloyatlaridan kelgan 300 nafarga yaqin sektor rahbarlari uchun tashkil etildi.

🏘 Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva so’zga chiqib, bugungi kunda kommunal sohani rivojlantirishga qaratilgan keng islohotlar, bunda davlat organlarining ishtirokiga alohida urg’u berdi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash, ularga ko’mak berish yo’nalishida Prokuratura, Ichki ishlar va hokimlikning muhim ahamiyatini e’tirof etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar kompaniya binosi, moddiy-texnika bazasi, qo’shimcha servis xizmatlar, tadbirkorlik faoiyatlari bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo’ldilar.

Shuningdek, seminar qatnashchilariga Chilonzor tumanidagi ikkita mahalla iste’molchilarini elektr va issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur ilg’or tajribalarni respublika miqyosida keng qo’llash bugungi xalqchil islohotlarning borishida xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

📌 Ta’kidlaganimizdek, respublikaning bir qator viloyatlaridan kelgan sektor rahbarlari uchun “Olmazor holding grand” boshqaruv tashkiloti faoliyatiga bag’ishlangan amaliy seminar tashkil etib kelinmoqda.

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi, Prokuratura va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan o’tkazilayotgan tadbirda Davlat boshqaruvi akademiyasida malakasini oshirayotgan, respublikaning turli viloyatlaridan kelgan sektor rahbarlar ishtirok etmoqda.

Vazirlik boshqarma boshlig’i Obidjon Mo’minov Olmazor tumanida faoliyatini namunali tashkil etgan “Olmazor Holding Grand” boshqaruv servis kompaniyasida qish mavsumini betalofat oʻtkazish uchun olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham maʻlumot berdi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar kompaniya binosi, moddiy-texnika bazasi, qo’shimcha servis xizmatlar, tadbirkorlik faoiyatlari bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo’ldilar.

Seminar qatnashchilariga Chilonzor tumanidagi ikkita mahalla iste’molchilarini elektr va issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi haqida ham ma’lumot berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM