QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.3K subscribers
21.5K photos
3.68K videos
287 files
8.82K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#JARAYON

⚠️ Xabar berganimizdek, inspeksiya rahbari Sirojiddin Eshquvvatov boshchiligidagi ishchi guruhi ayni paytda Samarqand viloyatida bo'lib turibdi.

Bugun viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida Bosh prokuratura, inspeksiya mutasaddilari, hokimlik vakillari hamda buyurtmachi, pudaratchi va loyiha tashkilotlari mas'ullari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Unda Samarqand viloyatida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlarning bugungi kundagi holati, qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish, bu borada sifatiga e’tibor qaratish, davlat nazoratisiz qurilayotgan bino hamda inshootlarga keskin choralar ko'rish va obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari muhokama qilindi. Muloqot so'nggida hududdagi mas'ullarning hisoboti tinglandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "Kommunal ta‘minoti markazi" mutaxassislari tomonidan hududlarda "Mening uyim" billing tizimidan foydalanish bo’yicha o‘quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda.


Xususan, Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarida bo’lib o’tgan o’quv seminarlarida ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari ishtirok etib, mutaxassislarga tizimdan foydalanish qoidalarini o’rganmoqdalar.

Mazkur o‘quv kursi "Mening uyim" tizimida ishlash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‘z ichiga olib, billing tizimi bo‘yicha ishlayotgan xodimlarni malakasini oshirishni nazarda tutadi.

Seminar yakunida boshqaruv servis kompaniyalari xodimlariga maxsus sertifikatlar topshirilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, "Mening uyim" billing tizimi bo’yicha o‘quv seminari boshqa viloyatlarda ham davom etadi.
 
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌳Obodlik ostonadan boshlanadi

Bugun mamlakatimizda yashil tabiatni asrash, hududlarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirishga har qachongidanda ko’proq e’tibor qaratilmoqda.

🏘 Shu ma’noda bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi ishchi xodimlari tomonidan vazirlik binosi atrofida manzarali ko’chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Muhimi, umummilliy harakatga aylanib ulgurgan “Yashil makon” loyihasi doirasidagi bu ishlar mamlakatimizning yashilligini oshirishga xizmat qilmoqda.

 
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM