QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
22.7K photos
3.97K videos
292 files
9.34K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#JARAYON

🚨 Inspeksiya rahbari o'rganish ishlarini ijtimoiy soha obyektlarida ham davom ettirdi.

Xususan, Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida Chiroqchi tumanida qurilayotgan 28-maktab ko'zdan kechirilganda bir qator kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi.

Jumladan, maktab sinfxonalarining devorlarida bajarilgan pardozlash ishlari yuzalarida notekisliklar mavjudligi, undan tashqari 1-qavatda  terilayotgan marmar toshlar choklari qorishmalar bilan to‘ldirilmasdan qilinayotganligi ma'lum bo'ldi
.

Rahbar tomonidan qurilish ishlarida eng asosiy masala sifat ekanligi ta'kidlandi hamda aniqlangan kamchiliklar bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.

🔗 Keyingi manzil Ko‘kdala tumani “Oltin dala” MFY hududida barpo etilayotgan Madaniyat markazi binosining qurilishi bo‘ldi.

Xususan, inspeksiya rahbari tomonidan qurilish jarayonidagi ijobiy tomonlar alohida qayd etilib, xavfsizlik talablariga yetarli darajada amal qilinmaganligi, jumladan, ishchilar maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanmagan holda ish olib borayotgani hamda qurilish maydoni chiqindilardan tozalanmaganligi  tanqid qilindi.

Mavjud kamchiliklarni oldini olish va qurilish sifatini yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#JARAYON

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Toshkent viloyatida bo‘lib, qurilish obyektlarida monitoring ishlarini amalga oshirmoqda.

Dastlab Yangiyo’l shahri “Turkiston” MFY, Niyozboshi ko’chasidagi “Saidazim ota” MCHJga tegishli 8 qavatli 56 xonadonli obyekt tahlil qilindi. Jarayonda binoga bazalt to’g’ri qoplanmaganligi, pol plitalarining orasi ochilib, chiqindi bilan to’lgani, g’ishtlar sifatsiz terilgani qattiq tanqid qilindi.

Shuningdek, “Oriyent invest injinering” buyurtmachiligida qurilayotgan “Yangi bog’” MFY, Beruniy ko’chasidagi 7 qavatli obyekt o’rganildi.

Binoni joriy yil oxirigacha qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan bo’lib, vazir o’rinbosari obyekt loyihasi va sifatiga doir barcha masalalarni mutasaddilarga tushuntirdi.

Shundan so’ng Yangiyo’l shahri Navro’z dahasidagi 5 qavatli 45 xonadonli qurilish obyekti ko’rib chiqildi. “Doston house” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan obyektda ichki devorlarning metal ustunlari ishchi loyihaga zid ravishda bajarilgani ma’lum bo’ldi va joyida mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

“Navro’z” MFY, Ibn Sino ko’chasidagi  5 qavatli bino ham Toir Alimatov e’tiboridan chetda qolmadi. Obyektda gidroizolyatsiya ishlari belgilangan tartibda qilinmagani jiddiy e’tirozga sabab bo’ldi.

Navbatdagi manzil “Bahor" MFYdagi 4 qavatli 72 xonadondan iborat ko’p qavatli uyning qurilishi bo’ldi. “Bilol 777" MCHJga tegishli obyektda deyarli kamchiliklar ko‘zga tashlanmadi.

Kuzatuvlar davomida vazir o‘rinbosari tegishliligi yuzasidan mas’ullarga yana bir qator vazifalarni belgilab berdi.

Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh monitoringlari Olmaliq shahrida davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

☯️ Bugun Toshkent viloyati Olmaliq shahri hokimligi binosida Vazirlar Mahkamasining 654-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov va shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda Olmaliq shahrini arxitekturaviy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama etildi.

Xususan, shahar ko’chalarini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va qayta rekonstruksiya qilish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etishga doir masalalar ko’rib chiqildi. Bu borada tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

🏢 Bundan tashqari koʻp qavatli uylarning fasad qismlariga eʼtibor berish, shahardagi "Oltin olma" xiyobonini alleya qilib qurilishi, shuningdek, shahar markaziy ko‘chasini rekonstruksiya qilishga doir ishlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM